К содержанию
РецензированоUZ2025

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING XOTIN-QIZLAR MASALARLARI BO‘YICHA INSPEKTORI BILAN HAMKORLIGINING AHAMIYATI

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING XOTIN-QIZLAR · IIV Akademiyasi Kunduzgi ta’lim · G‘oyibnazarova Sevinchxon Baxodir qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori va profilaktika inspektorining samarali hamkorligini tashkil etish, hamkorlikda yuzaga kelayotgan muammolar, ikkala inspektor o‘rtasida kommunikatsiya kanallarini yaxshilash, malaka oshirish kurslarini tashkil etish, birgalikda ishlashda aniq vazifalarni belgilashda amaliy tavsiyalar va takliflar keltirilgan. Kalit so‘zlar: samarali hamkorlik, ayollarning huquq va erkinliklari, oiloa ichidagi muammolarni hal qilish, kommunikatsiyani yaxshilash, axborot almashish, malaka oshirish kurslari, birgalikdagi vazifalar Annotation. This article presents practical recommendations and suggestions for organinzing effective cooperation between the inspector on women's issues and the inspector of prevention, problems arising in cooperation, improving communication channels between the two inspectors, organizing tarining courses, and definng spesific tasks for joimt work. Keywords: effective cooperation, women's rights and freedoms, solving problems within the oiloa, improving communication, exchange of information, training courses, joint tasks. Profilaktika inspektorining xotin-qizlar masalarlari bo‘yicha inspektori bilan hamkorligi juda muhim ahamiyatga ega. Bunday hamkorlik bir nechta asosiy yo‘nalishlarda samarali bo‘lishi mumkin: huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, oila ichidagi muammolarni hal qilish, jamoat joylarida xavfsizlikni ta’minlash, ma’rifat https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 302 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 va ta’lim berish, favqulodda vaziyatlarda yordam, jamiyatda muvozanatni saqlash va shu kabilar. Xotin-qizlar masalarlari bo‘yicha inspektori va profilaktika inspektori o‘rtasidagi integratsiyalashgan faoliyat, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va zo‘ravonlikka qarshi kurashishda alohida ahamiyatga ega. Bu o‘rinda xotin-qizlar va profilaktika inspektorlari o‘rtasida kommunikatsiya kanalini yaxshilash, malaka oshirish kurslarini tashkil etish, birgalikda ishlashda aniq vazifalarni belgilash zarur. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar va profilaktika inspektorlari o‘rtasida samarali kommunikatsiya – bu ayollarning huquqlarini himoya qilish va oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashishda, jamiyatda ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Bunday yaxshilanish nafaqat o‘zaro tushunushni kuchaytiradi, balki zo‘ravonlik holatlariga tezkor va samarali javob berish imkonini yaratadi. Bugunki kunda kommunikatsiyaning to‘liq va aniq bo‘lmasligi bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan: axborot uzatishdagi kamchiliklar – vaqtida aralashuv amalga oshirilmasligi va zo‘ravonlikni davom etishiga olib kelishi mumkin, rol va mas’uliyatning noaniqligi – ular o‘rtasida tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi bu esa hamkorlik samaradorligini pasaytirishi mumkin, har ikki inspektorlar o‘rtasida ma’lumotlar almashish jarayonlari aniq va tartibli bo‘lmasligi, zarur choralar ko‘rilmasligiga olib kelishi mumkin. Ikkala inspektor o‘rtasida o‘zaro axborot almashish uchun yagona ma’lumotlar bazasi tashkil etish lozim. Bu platformada har bir holat, shikoyat, tergov jarayoni yoki yordamga muhtoj ayollar haqida ma’lumot to‘planadi. Shu tarzda har ikki guruh o‘zaro axborot olishda qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori o‘rtasida malaka oshirish kurslarini tashkil etish – o‘zaro tushunishni kuchaytirissh, ular o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashda ko‘proq samaradorlikka erishish imkonini beradi. Bunday kurslarda xotin-qizlar masalalari va gender tengligi, profilaktika inspektorlarining roli, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarning roli, hamkorlik va koordinatsiya, yangi texnologiyalarni qo‘llash kabi https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 303 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 yo‘nalishlarning bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ular o‘rtasida texnologiyalardan foydalanish ikki muhim sohaga xizmat qiladigan samarali hamkorlik ta’minlash uchun juda muhimdir. Profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori o‘rtasidagi hamkorlikda yangi texnologiyalardan foydalanish ijtimoiy muammolarni hal qilishda samarali vosita hisoblanadi. Yangi texnologiyalar yordamida vaqt va resurslardan tejomkor foydalanish, xavf-xatarlarni aniqlash va ta’sirchan choralarni ko‘rish mumkin. Bu esa o‘z navbatida, jamiyatdagi xavfsizlikni ta’minlash va ijtimoiy adolatni oshirish imkonini taqdim etadi. Ma’lumotlar bazalari va monitoring tizimlari, mobil ilovalar va GPS tizimlari, onlayn platformalar va elektron hijjatlar almashinuvi, sun’iy intellect va ma’lumotlar tahlili, ijtimoiy tarmoqlar va axborot almashish, virtual reallik va treyninglar, videokonferensiyalar va onlayn maslahatlar kabi yangi texnologiyalar ularning ishlarini samarali va tezkor qilish, huquqni muhofaza qilish, ijtimoiy muammolarni aniqlash va bartara

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori va profilaktika inspektorining samarali hamkorligini tashkil etish, hamkorlikda yuzaga kelayotgan muammolar, ikkala inspektor o‘rtasida kommunikatsiya kanalla…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori va profilaktika inspektorining samarali hamkorligini tashkil etish, hamkorlikda yuzaga kelayotgan muammolar, ikkala inspektor o‘rtasida kommunikatsiya kanalla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
effective cooperation, women's rights and freedoms, solving, oiloa ichidagi muammolarni hal qilish, birgalikdagi vazifalar, ayollarning huquq va erkinliklari, malaka oshirish kurslari, axborot almashish, samarali hamkorlik, kommunikatsiyani yaxshilash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники