К содержанию
РецензированоUZ2025

INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISHDA –QONUN USTUVORLIGI

Yaxshiboyev Shahzod Abdurashidovich – · O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Insonning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlashda qonun ijodkorligi, mamlakatda demokratik islohotlarni kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman),Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, qonun hujjatlari monitoringi instituti,“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi va boshqalar Kalit so’zlar: huquq va erkinliklarini, shaxs huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, shaxsning huquqiy maqomini tartibga solish, Konstitutsiya inson huquqlarining bosh me’zoni va hakoza. Insonning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini, qonun ijodkorligi, islohotlarni kuchaytirish, milliy markaz, qonun hujjatlari monitoringi instituti, “Ijtimoiyfikr” jamoatchilik markazi va boshqalar. Mamlakatimizda demokratik yangilanishning bugungi bosqichidagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri–bu qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan. Bularning barchasiga Konstitutsiya va qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan talab va tamoyillarga amaliyotda og‘ish may rioya qilish orqali erishildi. Bugun inson huquqlari har qanday jamiyatning eng muhim konstitutsiyaviy instituti hisoblanadi. Bu institut shaxsning huquqiy maqomini tartibga soluvchi, unga ta’sir ko‘rsatish usullari va choralarini, siyosiy huquqlardan erkin foydalanish va ushbu jarayonda ishtirok etish imkoniyatlarini himoyalash va amalga https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 355 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 oshirishning yuridik kafolatlarini o‘rnatadi. Inson huquqlari murakkab va ko‘pqirrali bo‘lib, inson huquqlari va erkinliklari kafolati uchun kurash qadim-qadimdan mavjud bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ham uning dolzarbligi kamaymagan, mohiyati o‘zgarmagan. Inson huquqlari va erkinliklari insoniyat mavjudligining, birgalikda yashashning asosi bo‘lib, mavjud barcha dinlar, madaniyatlarga xos bo‘lgan tinchlik hamda taraqqiyot asosi, o‘zaro ahillik va bag‘rikenglik an’anasini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu borada ma’naviyati yuksak va olijanob xalqimiz o‘z oldiga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida belgilanganidek, fuqarolarning tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadini qo‘ygan. Inson huquqlari odamning tug‘ilishi va inson huquqlariga oid huquqiy normalarning yaratilishi bilan bog‘liq bo‘lib, shaxs va hokimiyat idoralari, ayniqsa, davlat muassasalari bilan bo‘ladigan munosabatlarning mohiyatini belgilab beradi. Inson huquqlari–huquqiy ongning o‘zagidir. Huquqiy ongdarajasi–bu odamlarning huquqlardan shunchaki xabardorligi, qonunlarni bilishi bilan kifoyalanmaydi. Bu eng avvalo, qonunlarga rioya etish va ularni so‘zsiz bajarish, qonunga itoatkorlik, huquqni va odil sudlovni hurmat qilishdir. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi adolatlilik, odillik, halollik, oshkoralik prinsiplari asosida Inson Huquqlari Umumjahonga tayanib, davlat va jamiyatda inson qadr-qimmati va huquqlarini qaror topishini qo‘zlagan holda qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlari, xozirgi va kelajak avlod oldidagi ma’suliyat, fuqarolarning jamiyatda munosib hayot kechirish, milliy totuvligimiz va tinchligimizni ta’minlash yo‘lida qabul qilinib, muqaddima, olti bo‘lim, yigirma yetti bob va bir yuz ellik beshta moddadan iborat ekanligi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida “Asosiy qomusimiz kafili sifatida Konstitutsiya va qonunlarimiz talablarini so‘zsiz bajarish, “inson qadri uchun”degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish bundan buyon ham faoliyatimning bosh mezoni bo‘lib https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 356 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 qoladi”, degan oliyjanob so‘zlari Konstitutsiyamizning qudratini anglatadi.Inson huquqlarini ro‘yobga chiqarish davlat organlari faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri ekan, ushbu vazifani to‘laqonli ado etishning bir tomoni jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasiga borib taqaladi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Hozirgi vaqtda dunyoda turli kuchlar o‘rtasida qarama- qarshilik va ziddiyatlar kuchaymoqda, resurslar uchun shafqatsiz kurash ketmoqda. Mintaqamizdagi tinchlik va xavfsizlikka nisbatan yangi-yangi tahdidlar paydo bo‘lmoqda”, deya ta’kidlagani huquqni muxofaza qilish organlarining oldiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taminlashda ma’suliyat bilan burchni ado etish lozimligi bilan bir qatorda, zamonaviy xavf va tahdidlarni oldini olish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligini anglatmoqda. Hozirgi kunda ommaviy madaniyat, internet, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy xarakterlari rivojlanishi bilan bir qatorda, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarning zamonaviy ko‘rinishlari ko‘paymoqda. Misol uchun, milliy menta

Доказательный фрагмент

«Insonning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlashda qonun ijodkorligi, mamlakatda demokratik islohotlarni kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombuds…»

Образец извлечения

Демо-превью

Insonning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlashda qonun ijodkorligi, mamlakatda demokratik islohotlarni kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombuds… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquq va erkinliklarini, shaxsning huquqiy maqomini tartibga solish, shaxs huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, Konstitutsiya inson huquqlarining bosh me’zoni va hakoza.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники