К содержанию
РецензированоUZ2025

AQLLI SHAHAR TARMOQLARIDA KIBERXAVFSIZLIKNI TA’MINLASH USULLARI

TA’MINLASH USULLARI · Ma’rufjon Bolbekov · Muxammadzoir Xadjayev

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Aqlli shahar infratuzilmasi raqamli texnologiyalar orqali integratsiyalashgan tizimlar yig‘indisi bo‘lib, uning uzluksiz ishlashi va ishonchliligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot xavfsizligiga bog‘liq. Ushbu maqolada aqlli shahar tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar, jumladan, ko‘p qatlamli himoya strategiyasi (Defense- in-Depth), blokcheyn texnologiyasi, kriptografik algoritmlar (simmetrik va assimetrik), shuningdek sun’iy intellekt vositalarining integratsiyasi tahlil qilinadi. Shuningdek, har bir texnologiyaning amaliy qo‘llanilishi misollar bilan bayon etilib, ular orqali aqlli shahar tizimlarining axborot xavfsizligi samaradorligi yoritiladi. Kalit so‘zlar: Aqlli shahar, kiberxavfsizlik, Defense-in-Depth, blokcheyn, sun’iy intellekt, kriptografik algoritmlar, ma’lumotlar yaxlitligi, autentifikatsiya, ma’lumotlarni shifrlash, IoT xavfsizligi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 53 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Aqlli shahar (Smart City) infratuzilmalari raqamli texnologiyalar yordamida shaharning turli tizimlarini – transport, energiya, suv ta’minoti, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik va boshqalarni – markazlashtirib boshqarish imkonini beradi. Ushbu tizimlarning barchasi internetga ulanadi va ulkan miqdordagi ma’lumotlarni uzatadi, saqlaydi va qayta ishlaydi. Shu sababli, kiberxavfsizlik aqlli shaharlar uchun eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. [1] Aqlli shahar tarmoqlarini himoya qilishda ko‘p darajali himoya strategiyasi (Defense-in-Depth) eng samarali yondashuvlardan biri sifatida qo‘llaniladi. Bu strategiya xavfsizlikni yagona vositaga emas, balki bir necha qatlamli himoya vositalariga tayanib ta’minlaydi.[2] Blokcheyn texnologiyasi asosida ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash — bu aqlli shahar infratuzilmasida axborot ishonchliligi va o‘zgarmasligini kafolatlashning eng zamonaviy va ishonchli usullaridan biridir. Blokcheyn — bu markazlashtirilmagan, tarqatilgan reyestr texnologiyasi bo‘lib, har bir tranzaksiya yoki ma’lumot bloki raqamli tarzda kriptografik imzo bilan tasdiqlanadi va zanjir shaklida oldingi blok bilan bog‘lanadi. Bu zanjirli tuzilma tufayli biror blokdagi ma’lumotni o‘zgartirish uchun butun zanjirni buzish kerak bo‘ladi — bu esa amalda imkonsiz hisoblanadi. Aqlli shahar tizimlarida, masalan, transport harakati, elektr tarmoqlari, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmatlar kabi sohalarda blokcheyn yordamida ma’lumotlar ishonchli tarzda saqlanadi va har qanday noqonuniy aralashuv aniq iz bilan fosh qilinadi. Bundan tashqari, blokcheyn orqali foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsiz saqlanadi, tranzaksiyalarni kuzatish va audit qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. U markaziy serverga tayanmaydi, shu sababli markaziy xatolik yoki hujumga duchor bo‘lish ehtimoli sezilarli darajada kamayadi. [3] https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 54 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 1 – rasm Blokcheyn texnologiyasi asosida ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash arxitekturasi. Quyidagi 1 – rasmda aqlli shahar tizimlarida blokcheyn, sun’iy intellekt (AI) va kriptografik himoya orqali ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash jarayonini ko‘rsatadi. Rasm markazida foydalanuvchi – G‘olibjon – kompyuter orqali shahar infratuzilmasi bilan bog‘langan. U boshqarayotgan tizim blokcheyn asosidagi markaziy xavfsizlik qatlamiga ulanadi. Diagrammaning yuqori qismida blokcheyn texnologiyasi markaziy element sifatida tasvirlangan bo‘lib, undan sog‘liqni saqlash tizimi, shahar xizmatlari, va avtomobil boshqaruvi kabi aqlli shahar komponentlariga xavfsiz bog‘lanishlar mavjud. Aqlli shahar tizimlarida simmetrik va assimetrik kriptografik algoritmlar qo‘llanilishi. Aqlli shahar tizimlari orqali uzatiladigan ma’lumotlar hajmi ortib borar ekan, ularning xavfsizligi — ayniqsa, ma’lumotlarni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish dolzarb masalaga aylanmoqda. Shu boisdan kriptografiya, ya’ni ma’lumotlarni shifrlash texnologiyalari, aqlli shahar infratuzilmasida markaziy o‘ringa ega bo‘lmoqda. Kriptografik yondashuvlar ikki asosiy turga bo‘linadi: simmetrik (bir https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 55 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 kalitli) kriptografiya va assimetrik (ikki kalitli) kriptografiya. Simmetrik algoritmlarda ma’lumotni shifrlash va uni deshifrlash uchun bitta bir xil maxfiy kalit ishlatiladi. AES (Advanced Encryption Standard), DES (Data Encryption Standard) kabi algoritmlar shular jumlasidandir. Ular yuqori tezlik va samaradorlik bilan ajralib turadi, shu sababli real vaqtli video monitoring, aqlli chiroqlar yoki transport tizimlari kabi oqim ma’lumotlari bilan ishlovchi xizmatlar uchun juda mos keladi.[4-5] Boshqa tomondan, assimetrik kriptografik algoritmlar, masalan, RSA (Rivest– Shamir–Adleman), ECC (Elliptic Curve Cryptography) ikki xil kalitdan — ochiq (public) va yopiq (private) kalitlardan foydalan

Доказательный фрагмент

«Aqlli shahar infratuzilmasi raqamli texnologiyalar orqali integratsiyalashgan tizimlar yig‘indisi bo‘lib, uning uzluksiz ishlashi va ishonchliligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot xavfsizligiga bog‘liq.»

Образец извлечения

Демо-превью

Aqlli shahar infratuzilmasi raqamli texnologiyalar orqali integratsiyalashgan tizimlar yig‘indisi bo‘lib, uning uzluksiz ishlashi va ishonchliligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot xavfsizligiga bog‘liq. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
IoT xavfsizligi., blokcheyn, kiberxavfsizlik, Defense-in-Depth, Aqlli shahar, sun’iy intellekt, kriptografik algoritmlar, ma’lumotlarni shifrlash, autentifikatsiya, ma’lumotlar yaxlitligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники