Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GIDROGEOLOGIK JARAYONLARNING MODELLASHTIRILISHI VA BASHORATLASH IMKONIYATLARI
GIDROGEOLOGIK JARAYONLARNING MODELLASHTIRILISHI · VA BASHORATLASH IMKONIYATLARI · Nazira Abroqulova · Jamoljon Djumanov · Ma’rufjon Bolbekov
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada gidrogeologik monitoring tizimlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish, ularni modellashtirish va bashoratlash imkoniyatlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Yer osti suvlarining harakati, sathi, sifati va ularning fazoviy-vaqtinchalik o‘zgarishlarini aniqlash uchun IoT sensorlaridan, sun’iy intellekt algoritmlaridan, geoinformatik tizimlar (GIS) va bulutli hisoblash texnologiyalaridan foydalanish taklif etiladi. Ekologik xavflarni oldindan aniqlash, yer osti suvlarini boshqarish samaradorligini oshirish hamda ilmiy bashoratlashning aniqligini ta’minlash imkoniyati o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Gidrogeologik monitoring, yer osti suvlari, modellashtirish, IoT, sun’iy intellekt, GIS, ESP32, sensorlar, bashoratlash, bulutli platformalar, real vaqt monitoringi, ekologik xavfsizlik. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 59 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Yer osti suvlari insoniyat hayotining ajralmas manbai bo‘lib, ichimlik suvi ta’minoti, qishloq xo‘jaligi sug‘orish tizimlari, sanoat ehtiyojlari hamda ekologik muvozanatni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Aholi sonining ko‘payishi, iqlim o‘zgarishi, texnogen bosimning ortishi kabi omillar yer osti suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirib yubormoqda. Ayniqsa, yarim qurg‘oqchil va suv tanqisligi mavjud bo‘lgan hududlarda bu resurslarni samarali boshqarish dolzarb masalaga aylangan. Mazkur holat gidrogeologik jarayonlarni chuqur o‘rganish, ularning dinamikasini tahlil qilish va bashoratlash zaruratini yuzaga keltiradi. So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi gidrogeologik monitoring tizimlariga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish imkonini yaratdi. Jumladan, IoT (Internet of Things) texnologiyalari, sun’iy intellekt (AI), geoinformatik tizimlar (GIS), bulutli hisoblash, hamda energiyaga mustaqil qurilmalar yordamida yer osti suv holatini real vaqt rejimida kuzatish, bashorat qilish va boshqarish imkoniyati yuzaga kelmoqda. Bu esa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va favqulodda holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ilmiy tadqiqot ishida gidrogeologik jarayonlarni modellashtirish va bashoratlashning nazariy asoslari, zamonaviy texnologiyalar yordamida monitoring tizimi arxitekturasi, shuningdek, ushbu tizimlarning istiqbollari va amaliy qo‘llanilish sohalari o‘rganiladi. Gidrogeologik jarayonlarni modellashtirish va bashoratlash masalalari bugungi kunda geofizika, ekologiya, geoinformatika va axborot texnologiyalari sohalarining kesishgan nuqtasida faol rivojlanayotgan ilmiy yo‘nalishlardan biridir. Ilmiy adabiyotlarda bu boradagi tadqiqotlar ko‘plab uslubiy va amaliy yondashuvlar asosida olib borilgan. Masalan, Bear (1979) va Freeze & Cherry (1979) tomonidan taklif etilgan klassik gidravlik va geologik modellar yer osti suvlari harakatining asosiy fizik qonuniyatlarini tushuntirishga qaratilgan. [1] Ular tomonidan ishlab chiqilgan Darcy qonuni asosida yaratilgan deterministik https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 60 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 modellar bugungi kunda ham ko‘plab simulyatsion tizimlarda asosiy hisoblanadi. So‘nggi yillarda GIS (Geographic Information Systems) va masofaviy zondlash (remote sensing) texnologiyalari yordamida gidrogeologik modellarni fazoviy tahlil qilish imkoniyati sezilarli darajada oshdi. Bu borada [Rodriguez-Galiano et al., 2014] tomonidan taklif etilgan metodologiyalar, fazoviy bashoratlash modellari va landshaft indikatorlari asosida suv zaxiralarini monitoring qilishda qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari, sun’iy intellekt (AI) va mashina o‘rganish (ML) algoritmlarining qo‘llanilishi ham bu yo‘nalishda yangi bosqichga olib chiqdi. [2] Random Forest, Support Vector Machine (SVM), va Deep Neural Networks asosida yer osti suvlarining sathi, oqimi, ifloslanishi bo‘yicha yuqori aniqlikdagi bashoratlar olish imkoniyati yaratilmoqda (Qi et al., 2019; Ali et al., 2020). IoT sensorlari orqali uzluksiz ma’lumot yig‘ish imkoniyati (Chowdhury et al., 2021) esa bu modellarni real vaqt rejimida ishlashiga asos yaratdi. O‘zbekiston olimlari ham bu yo‘nalishda muhim tadqiqotlar olib bormoqda. Jumladan, D.J. Jumanov, O.B. Mardiyev va boshqalarning yer osti suvlarining monitoringi, gidrodinamik bosimlarni tahlil qilish va mintaqaviy bashorat modellarini ishlab chiqish borasidagi ishlari e’tiborga loyiq. Ular respublika hududlarida mavjud gidrogeologik sharoitlarni hisobga olgan holda amaliy model yaratish muammolarini yoritib bergan. Shu bilan birga, zamonaviy mikrokontrollerlar (ESP32, Arduino), simsiz aloqa texnologiyalari (LoRa, Wi-Fi) va bulutli platformalar (Firebase, Thingspeak) asosidagi monitoring tizimlari yordamida tadqiqotlar sohasida yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Bu texnologiyalar ilmiy modellashtirishdan tashqari, amaliy boshqaruv va ekologik xavfsizlikni ta’minlashda keng qo‘llanil
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada gidrogeologik monitoring tizimlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish, ularni modellashtirish va bashoratlash imkoniyatlari ilmiy asosda tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada gidrogeologik monitoring tizimlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish, ularni modellashtirish va bashoratlash imkoniyatlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bashoratlash, IoT, sensorlar, Gidrogeologik monitoring, bulutli platformalar, ESP32, modellashtirish, ekologik xavfsizlik., yer osti suvlari, sun’iy intellekt, real vaqt monitoringi, GIS
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025