Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IoT SENSORLARI ASOSIDA GIDROGEOLOGIK MONITORING TIZIMI
Nazira Abroqulova · Jamoljon Djumanov · Ma’rufjon Bolbekov
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada IoT (Internet of Things) texnologiyalari asosida gidrogeologik monitoring tizimini yaratish masalasi yoritilgan. Yer osti suvlarining sathi, harorati va namligi kabi parametrlarni masofadan real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi aqlli tizim ishlab chiqildi. Monitoring tizimi ESP32 mikrokontrolleri asosida loyihalashtirilib, unga DHT22 harorat va namlik sensori, HC- SR04 ultratovushli masofa o‘lchagichi, OLED displey va LED indikator ulandi. Qurilma Wokwi onlayn simulyatsiya muhiti orqali sinovdan o‘tkazildi. Natijalarda masofa 20 metr, harorat 20°C, namlik 69% ni tashkil etdi. Ushbu yechim orqali gidrogeologik parametrlarni avtomatik aniqlash, ogohlantirish tizimlarini yaratish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Tizim arzon, ishonchli va kengaytiriladigan bo‘lib, ilmiy izlanishlar va amaliy monitoring loyihalari uchun muhim ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: IoT, gidrogeologik monitoring, ESP32, DHT22, HC-SR04, yer osti suvlari, real vaqt rejimi, simulyatsiya, namlik, harorat, masofa o‘lchash, intellektual https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 68 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 tizimlar, Wokwi, aqlli monitoring, bulutli hisoblash, OLED displey, sensorlar, suv resurslari boshqaruvi, ekologik xavfsizlik. Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishlari, yer osti suvlari tanqisligi va ularning ifloslanishi gidrogeologik monitoring tizimlarining ahamiyatini yanada oshirmoqda. An’anaviy monitoring tizimlari ko‘p hollarda qimmat, murakkab va sekin ishlaydigan tizimlar hisoblanadi. Shu sababli zamonaviy texnologiyalar, xususan Internet of Things (IoT) texnologiyasi asosida real vaqtli, avtomatlashtirilgan va samarali monitoring tizimlarini yaratish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolada IoT texnologiyasi yordamida yer osti suv sathini, bosimini, haroratini va boshqa muhim gidrogeologik parametrlarni aniqlash va tahlil qilish imkoniyatini beruvchi raqamli monitoring tizimi ishlab chiqiladi. Bu tizim sensorlar orqali ma’lumotlarni to‘plab, ularni simsiz tarmoq orqali markaziy serverga uzatadi, tahlil qiladi va vizual interfeysda taqdim etadi. Gidrogeologik monitoring – bu yer osti suvlarining holatini, sathi, sifati va harakatini doimiy yoki davriy tarzda kuzatish, o‘lchash va tahlil qilish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi – suv resurslarining barqaror holatini saqlab qolish, ularning ekologik xavfsizligini ta'minlash va suvdan oqilona foydalanish imkonini yaratishdan iborat. Monitoringning asosiy vazifalari: ✓ Yer osti suvlarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash; ✓ Suv sathining o‘zgarishini vaqt bo‘yicha kuzatish; ✓ Ifloslanish darajasi va manbalarini aniqlash; ✓ Suv oqimi va yoyilish yo‘nalishlarini belgilash; ✓ Ekstremal holatlarda (masalan, qurg‘oqchilik, toshqin) tezkor axborot yetkazish. Zamonaviy gidrogeologik monitoring tizimlarini ishlab chiqishda Internet of Things (IoT) texnologiyasi muhim rol o‘ynaydi. IoT — bu turli fizik qurilmalarni internet orqali bir-biriga bog‘lab, axborot almashuvini va masofadan boshqarishni https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 69 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 ta’minlovchi texnologiyalar to‘plamidir. Gidrogeologik monitoringda IoT sensorlari suv sathi, harorat, bosim, pH darajasi kabi muhim parametrlarni aniqlaydi va ularni mikrokontroller orqali ma’lumot uzatish modullariga (masalan, Wi-Fi yoki GSM/LTE) yuboradi.[1-2] Bu ma’lumotlar real vaqt rejimida server yoki bulutli platformalarga uzatiladi va u yerdan foydalanuvchi interfeysiga chiqariladi. Tizim quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi: sensorlar moduli (DS18B20, HC-SR04, BMP180), mikrokontroller (ESP32, Arduino), aloqa moduli (Wi-Fi, NB-IoT yoki LoRa), ma’lumotlarni qabul qiluvchi va saqlovchi server (Thingspeak, Firebase, Mosquitto MQTT), hamda foydalanuvchi interfeysi (web-panel yoki mobil ilova). Ushbu arxitektura energiyatejamkor, kengaytiriladigan va ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi yechim sifatida ajralib turadi.[3] Loyihaning dastlabki prototipi Wokwi muhitida simulyatsiya qilinib, haqiqiy sharoitda ishlash imkoniyatlari tahlil qilinadi. IoT asosidagi yondashuv nafaqat monitoring jarayonini soddalashtiradi, balki avtomatik ogohlantirish tizimlari, sun’iy intellekt orqali bashoratlash va masofaviy boshqaruv imkoniyatlarini ham yaratadi. Buning arxitekturasi vizual tasviri 1 – rasmda keltirilgan. 1 – rasm IoT (Internet of Things) sensorlari asosida ishlab chiqilgan gidrogeologik monitoring tizimi https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 70 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 1 – rasmda tasvirlangan tizim – bu IoT (Internet of Things) sensorlari asosida ishlab chiqilgan gidrogeologik monitoring tizimi bo‘lib, u yer osti suv sathi, namlik, harorat va boshqa geofizik ko‘rsatkichlarni real vaqtda kuzatish imkonini beradi. Tizimning asosiy komponentlari — turli chuqurliklarga o‘r
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada IoT (Internet of Things) texnologiyalari asosida gidrogeologik monitoring tizimini yaratish masalasi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada IoT (Internet of Things) texnologiyalari asosida gidrogeologik monitoring tizimini yaratish masalasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- simulyatsiya, harorat, IoT, intellektual, HC-SR04, ESP32, yer osti suvlari, namlik, real vaqt rejimi, masofa o‘lchash, gidrogeologik monitoring, DHT22
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014