Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI, UNING VUJUDGA KELISH TAMOYILLARI VA TARIXI
TAMOYILLARI VA TARIXI · Zoirova Dodar
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
medical psychology is a scientific direction that combines the fields of medicine and psychology, studying how the human mental state is related to health and diseases. This field studies the influence of psychological factors on physical health, https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 183 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 as well as the influence of physical diseases on the psychological state. The emergence of medical psychology is based on several principles. Key words: medical psychology, mental state, physical health, psychological factors, treatment process, psychosomatic diseases, individual approach, psychological assistance. Insoniyat paydo bo’libdiki, turli kasalliklarni boshdan kechiradi. Hamda bu kasalliklardan forig’ bo’lish maqsadida turli usullardan foydalanishgan. Asosan davolashdan turli giyohlardan va dorivor xususiyatga ega o’simliklardan foydalanishgan. Buyuk tabiblarimizning tibbiy yo’l bilan davolashlari to’g’risidagi ma’lumotlar barchamizga ma’lum, ammo ruhiy ta’sir o’tkazish yo’li bilan davolash qachon qo’llanila boshlagani to’g’risida ma’lumotlar yetib kelmagan. Shunday bo’lsada, ko’pchilik nomi ma’lum va mashhur tabiblarimiz bemorlarni davolashda ruhiy ta’sir o’tkazish usullaridan foydalanishgan. Tabiblarning aytishicha, birinchi navbatda organizmning o'zi va aynan u har qanday kasallikka qarshi kurashishi kerak, bizning vazifamiz esa unga yordam berish demakdir. Qadimgi davr adabiyotiga nazar tashlaydigan bo'lsak, tibbiyot, falsafa va psixologiya fanlarining chambarchas bog'lanib ketganligining guvohi bo'lamiz. Miloddan ilgari yashab o'tgan deyarli barcha faylasuflar tibbiyot va psixologiyaga oid o'z fikrlarini yozib qoldirishgan, chunki ular ruhiy kuchlarning manbaini inson miyasi bilan bog'lashgan. Aytib o’tish joizki, faoliyatimiz davomida biz klinik psixologiya va tibbiyot psixologiyasi terminlarini ko’p marotaba eshitganmiz. Bu atamalar o’rtasida qanday tafovutlar mavjudligi ustida hali ham bahslar davom etib kelmoqda. Aksariyat davlatlarda “Klinik psixologiya” tushunchasi keng tarqalgan. Biroq shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu fan qanday atalishidan qat’i nazar, u tibbiyot va psixologiya fanlari negizida paydo bo‘lganligiga shubha yo‘qdir. Klinik psixologiya – tibbiyot psixologiyasining bir bo'limidir. Tibbiyot psixologiyasi klinik psixologiyaga qaraganda kengroq ma’no kasb etuvchi fan bo'lib, u tibbiy yo'nalishdagi barcha fanlarni o'z ichiga qamrab oladi, ya’ni deontologiya, etika, psixodiagnostika, psixoterapiya, tibbiy-psixologik ekspertiza, psixogigiyena, psixoprofllaktika va h.k. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 184 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Umumiy tibbiyot psixologiyasi quyidagi muammolami o'rganadi: - tibbiy xodimlar (vrach, hamshira) va bemorlar orasidagi o'zaro munosabatlami; - odamning psixologik shakllanish bosqichlarini (bolalik, o'smirlik, katta va qarilik davri psixologiyasini); - temperament, xarakter va shaxs muammolarini. - deontologiya va etika tamoyillarini; - psixogigiyena va psixoprofilaktika muammolarini; - psixodiagnostika (psixometriya) va psixoterapiya (psixokorreksiya) tamoyillarini; - tibbiy-psixologik ekspertiza muammolarini. Tibbiyot psixologiyasi bilan yondosh bo'lgan bir necha fanlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Bular; - neyropsixologiya - psixologik metodlarni qo'llab bosh miya zararlanishlarida kuzatiladigan oliy ruhiy funksiyalaming buzilishlarini o‘rganadi. Ushbu fan nevrologiya va psixologiya fanlari negizida paydo bo'lgan; - psixonevrologiya - asab sistemasining funksional buzilishlarini o'rganuvchi fan bo'lib, psixiatriya va nevrologiya fanlari negizida paydo bo'lgan; - psixofiziologiya - ruhiy faoliyat va fiziologik jarayonlarni yagona jarayon sifatida ko'radigan fan bo'lib, psixologiya va neyrofiziologiya fanlari negizida paydo bo'lgan. - patopsixologiya - shaxs va ruhiyatning buzilishi qonuniyatlarini o'rganuvchi fan bo'lib, psixiatriya va psixologiya fanlari negizida paydo bo'lgan. Tibbiyot psixologiyasi ruhiy va jismoniy salomatlik o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni o'rganadi. Ruhiy holat jismoniy sog'likka ta'sir qilishi mumkin, shuningdek, jismoniy kasalliklar ruhiy holatni ham o'zgartirishi mumkin. Har bir bemorning psixologik xususiyatlari, shaxsiyati va hayot tarzi kasallikni qabul qilish va davolanish jarayonida muhim rol o'ynaydi. Bemorning stress darajasi, motivatsiyasi va ijtimoiy qo'llab- quvvatlashi uning sog'lig'iga ta'sir ko'rsatadi. Tibbiyot psixologiyasi turli psixoterapiya usullarini o'z ichiga oladi, masalan, kognitiv-behavioral terapiya, psixoanaliz, https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 185 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 gumanistik terapiya va boshqalar. Ushbu usullar bemorlarning ruhiy holatini yaxshilash va ularni jismoniy davolanish jarayonida qo'llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Stressning kasalliklar rivojlanishidagi roli tibbiyot ps
Доказательный фрагмент
«medical psychology is a scientific direction that combines the fields of medicine and psychology, studying how the human mental state is related to health and diseases.»
Образец извлечения
Демо-превьюmedical psychology is a scientific direction that combines the fields of medicine and psychology, studying how the human mental state is related to health and diseases. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- medical psychology, mental state, physical health, psychological, psixologik faktorlar, dav, jismoniy salomatlik, tibbiyot psixologiyasi, ruhiy holat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025