К содержанию
РецензированоUZ2025

MA’MURIY-HUQUQIY NORMALAR VA MA’MURIY-HUQUQIY MUNOSABATLARNING HUQUQ FANLARINI O’RGANISHDA TUTGAN O’RGAN

Ko’chkinova Adolat

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqola huquq normalari,ma’muriy huquq normalari,huquqiy munosabatlar,ma’muriy huquqiy munosabatlar,Ma’muriy huquq normalarining mazmuni,turlari,tuzilishiga bag’ishlanadi. Kalit so’zlar:Norma,ma’muriy,gipoteziya,dispozetsiya,sanksiya,tuzilish,huquq normasi,huquq manbai,imperative,yuridik fakt,farmon. Huquq sohalarida huquq normasi xalqaro huquq normalari, konstitutsiyaviy- huquqiy normalar, fuqaroviy-huquqiy normalar, ma’muriy-huquqiy normalar, jinoyat- huquqiy normalar va boshqa shu singari turlarga ajratilib o‘rganiladi. Norma so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “me’yor”, “o‘lchov”, “qoida”, “qonun” ma’nolarini anglatib, umum tomonidan tan olingan, barcha uchun majburiy sanalgan, qonun kuchiga kirgan tartib qoidalardir. Ma’muriy-huquqiy normalar muayyan xatti-harakat qoidalaridan iborat bo‘lib, davlat tomonidan o‘rnatilgan va bajarilishi alohida belgilangan maxsus davlat vositalari bilan ta’minlanadigan me’yoriy xulq- atvor qoidalaridir. Ma’muriy-huquqiy normalar boshqa ijtimoiy normalar (axloq normalari va h.k.)dan farqlanib, unga rioya qilish majburiy hisoblanadi. Rioya qilmaslik yoki ma’lum bir huquq normasi buzilgan hollarda, davlatning yuridik majburlov (intizomiy, ma’muriy, moddiy, jinoiy javobgarlik) choralari qo‘llaniladi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 205 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Huquq normasi – davlat tomonidan belgilangan va ma’qullangan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy xulq-atvor qoidalari hisoblanadi. Ma’muriy-huquqiy normalar – boshqa huquq tarmoqlarining normalaridan farqli ravishda, davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va amalga oshirish hamda boshqaruv jarayonida amal qilishi shart bo‘lgan xatti-harakatlar yig‘indisini tashkil etadi. Ma’muriy-huquqiy normalar quyidagi masalalarni tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi: 1) davlat boshqaruvi sohasidagi vakolatli organlar faoliyatini, ya’ni ularning o‘z vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini bevosita amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar; 2) tashkilotning ichki munosabatlari, ya’ni tizimda davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar; 3) ma’muriy sud ishlarini yuritish va tashkil etish bilan bog‘liq munosabatlar \ Ma’muriy-huquqiy normalar davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan birga davlat tomonidan o‘rnatiladigan va qo‘riqlanadigan umumiy xulq-atvor qoidalarini ham o‘z ichiga oladi. Ma’muriy-huquqiy normalar turli mezonlar, ya’ni tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlari, vazifasi, funksiyalariga va boshqa jihatlariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: moddiy ma’muriy-huquqiy normalar – ma’muriy huquq bilan tartibga solinadigan boshqaruvga oid ijtimoiy munosabat qatnashchilarining huquqlari va majburiyatlarini, ularning javobgarligi, ya’ni ma’muriy- huquqiy holatini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 206 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 nazoratni ta’minlaydi. Mazkur norma moddiy ma’muriy-huquqiy norma bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatini belgilab beradi; protsessual ma’muriy-huquqiy normalar – davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual masalalarni tartibga soladi. Masalan, vakolatli organlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlarni yuritish tartibini va ish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini belgilaydi; vakolat beruvchi ma’muriy-huquqiy normalar – davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlar subyektlariga huquqiy normalar doirasida ixtiyoriy ravishda harakat qilishni nazarda tutadi. Masalan, qonunchilik normalariga muvofiq, fuqarolarning davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqini amalga oshirishi; taqiqlovchi ma’muriy-huquqiy normalar – ushbu normalar u yoki bu xatti- harakatlarni bajarishning taqiqlanishini nazarda tutadi. Masalan, fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish yoki xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan ma’lum axborotlarni oshkor qilish taqiqlanadi; majburiyat yuklovchi ma’muriy-huquqiy normalar – qonun normalariga muvofiq, shaxs qandaydir xatti-harakatlarni amalga oshirishga majbur bo‘ladi. Masalan, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr- qimmatini hurmat qilishga, belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lashga majbur. Ma’muriy-huquqiy normalar O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga hamda chet el yu

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola huquq normalari,ma’muriy huquq normalari,huquqiy munosabatlar,ma’muriy huquqiy munosabatlar,Ma’muriy huquq normalarining mazmuni,turlari,tuzilishiga bag’ishlanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola huquq normalari,ma’muriy huquq normalari,huquqiy munosabatlar,ma’muriy huquqiy munosabatlar,Ma’muriy huquq normalarining mazmuni,turlari,tuzilishiga bag’ishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dispozetsiya, ma’muriy, huquq manbai, yuridik fakt, gipoteziya, tuzilish, farmon., huquq normasi, Norma, sanksiya, imperative
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники