К содержанию
РецензированоUZ2025

NIKOH TUSHUNCHASI , NIKOH TUZISH SHARTLARI VA NIKOHNING TUGATILISHI

NIKOHNING TUGATILISHI · IIV Surxondaryo akademik · Ko’chkinova Adolat · munosabatdir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining -moddasida

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada nikoh tushunchasi,nikoh tuzish shartlari,mulkiy munosabatlarning vujudga kelishi,nikohning tugatilishiga bayon etiladi Kalit so’zlar:Nikoh,oila,mulkiy munosabat,shaxsiy nomulkiy munosabat,kodeks,aliment,jarima. Nikoh — bu ikki jinsdagi shaxslarning o‘zaro ixtiyoriy roziligi, teng huquqliligi va belgilangan nikoh yoshiga yetganlik asosida tuzilgan huquqiy va ijtimoiy munosabatdir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 76-moddasida nikohning ixtiyoriylik va tenglikka asoslanganligi ta’kidlangan. Oila kodeksining 15- moddasida esa nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh deb belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasida Nikoh tuzish tartibi Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. Uzrli sabablar bo‘lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. Alohida hollar (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 216 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Nikoh tuzish fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi nikohni ro‘yxatga olishni rad etganda, shikoyat bilan bevosita sudga yoki bo‘ysunishiga ko‘ra yuqori turuvchi organga murojaat qilinishi mumkin. Nikoh tuzish ixtiyoriydir ,Oila kodeksining 15-moddasida nikoh Yoshi belgilab qo’yilgan. 15-modda. Nikoh yoshi Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilanadi. Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin. Nikoh tuzishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: 1. Ixtiyoriy rozilik: Nikohlanuvchi shaxslarning o‘zaro roziligi, majburiy nikohga yo‘l qo‘yilmaydi. 2. Teng huquqlilik: Erkak va ayol o‘rtasida huquqiy tenglik ta’minlanadi. 3. Nikoh yoshi: Erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi 18 yosh deb belgilangan. 4. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish: Nikohlanuvchi shaxslar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari talab etiladi, 50 yoshdan katta shaxslarning nikohini ro‘yxatdan o‘tkazish bundan mustasno . https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 217 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 5. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida ro‘yxatdan o‘tish: Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida tuziladi va ro‘yxatdan o‘tilgan kundan boshlab kuchga kiradi . 16-modda. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar Nikoh tuzishga: loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida; nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida; loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi. Nikoh tuzilishi natijasida er-xotin huquq va majburiyatlarining vujudga keladi. Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e’tiboran ular o‘rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga egadirlar. Nikoh tuzish vaqtida er va xotin o‘z xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bo‘lgan o‘z familiyasini saqlab qoladi. Er va xotindan birining o‘z familiyasini o‘zgartirishi boshqasining ham familiyasi o‘zgarishiga olib kelmaydi. Er va xotinning har biri mashg‘ulot turi, kasb va turish hamda yashash joyini tanlashda erklidir. Nikohning tugatilishi Oila kodeksining 7-bobida belgilab qo’yilgan. Nikohning tugatilish asoslari Oila kodeksining 37-moddasiga muvofiq quyidagicha https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 218 Часть–4_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Er-xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan deb e’lon qilishi oqibatida nikoh tugaydi. Nikoh er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratish yo‘li bilan, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb top

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada nikoh tushunchasi,nikoh tuzish shartlari,mulkiy munosabatlarning vujudga kelishi,nikohning tugatilishiga bayon etiladi Kalit so’zlar:Nikoh,oila,mulkiy munosabat,shaxsiy nomulkiy munosabat,kodeks,aliment…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada nikoh tushunchasi,nikoh tuzish shartlari,mulkiy munosabatlarning vujudga kelishi,nikohning tugatilishiga bayon etiladi Kalit so’zlar:Nikoh,oila,mulkiy munosabat,shaxsiy nomulkiy munosabat,kodeks,aliment… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jarima., mulkiy munosabat, shaxsiy nomulkiy munosabat, Nikoh, oila, kodeks, aliment
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники