К содержанию
РецензированоUZ2025

ONA TILINING KASBIY FAOLIYATDA TUTGAN O‘RNI.

Nurbayeva Umidaxon Erkinovna

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada ona tilining kasbiy faoliyatdagi ahamiyati, turli sohalarda to‘g‘ri va taʼsirli nutq madaniyatini shakllantirishdagi o’rni tahlil etilgan. Shuningdek, o‘zbek tilida sohaga xos atamalardan foydalanish, kasbga oid hujjat yuritish, muloqot, xizmat madaniyatidagi taʼsiri yoritilgan. Kalit so‘zlar Ona tili, kasb madaniyati, nutq madaniyati, hujjat yuritish, o‘zbek tili, kasbiy kommunikatsiya, til kompetensiyasi. Ona tili –har bir insonning milliy va ma’naviy asosidir.Inson o’z tafakkuri ,dunyoqarashi ,his-tuyg’ulari va fikrlari aynan ona tili orqali ifoda etadi. Ona tili har bir millatning maʼnaviy boyligi, ruhi va davlatchilik asosidir. U nafaqat shaxsiy, balki kasbiy hayotda ham muhim o‘rin tutadi. Turli sohalarda samarali faoliyat yuritish uchun mutaxassis o‘z sohasiga oid bilimlardan tashqari, yuksak nutq madaniyatiga, til kompetensiyasiga ham ega bo‘lishi lozim. Ayniqsa, kasb-hunar egallayotgan yoshlar uchun ona tilining o‘rni beqiyosdir.Chunki har qanday kasbda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish, to‘g‘ri va aniq muloqotga, hujjat yuritishga, mijozlar bilan muloqot qilishga bog‘liq. Bularning barchasi ona tilini chuqur egallashni talab qiladi. Har qanday kasbiy muhitda mutaxassislar o‘rtasidagi muloqot aniq, ravon va mazmunli bo‘lishi talab qilinadi. Masalan, shifokor bemor bilan, o‘qituvchi o‘quvchi bilan, muhandis buyurtmachi bilan to‘g‘ri muloqot qilmasa, ishda muammolar yuzaga kelishi mumkin. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 21 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Bugungi kunda davlat muassasalarida hujjatlar o‘zbek tilida yuritilmoqda. Bu jarayonda kasbiy terminologiya, rasmiy uslub, til meʼyorlarini bilish talab etiladi. Masalan, notarius, huquqshunos yoki bank xodimi o‘z sohasiga oid yozma nutqni to‘g‘ri qo‘llashi kerak. Har bir kasbning o‘ziga xos lug‘ati va atamalari mavjud. Elektrik, ustalar, qurilish muhandislari, IT mutaxassislar o‘z sohalarida aniq va tushunarli tilda fikr yuritishlari kerak. Bu atamalarni ona tilida to‘g‘ri qo‘llash kasbiy yetuklik belgisidir. Xizmat ko‘rsatish sohasida ishlovchi xodimlar (masalan, savdo, turizm, davlat xizmatlari) mehr va odob bilan muloqot qilishlari kerak. Bu madaniyat to‘g‘ri tanlangan so‘z, muomala, nutqning taʼsirchanligiga bog‘liq. Ona tilida to‘g‘ri so‘zlashish mijozlar bilan munosabatni mustahkamlaydi. Kasb-hunar kollejlari va texnikumlardagi taʼlim jarayonida o‘zbek tilini chuqur o‘rgatish o‘quvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyatiga zamin yaratadi. Ular sohaga oid matnlar, yo‘riqnomalar, texnik tavsiflar bilan ishlash uchun til bilimiga muhtoj. Ona tili – faqat muloqot vositasi emas, balki har bir kasbda yuqori samaraga erishishning kafolatidir. Har bir mutaxassis ona tilida erkin, to‘g‘ri va taʼsirchan so‘zlashishni o‘rgansa, bu nafaqat uning faoliyatiga, balki butun jamiyat taraqqiyotiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Shu bois, kasbiy faoliyatda ona tilni unutmaslik, balki uni rivojlantirish ham har bir fuqaroning burchi hisoblanadi.Quyida ona tilini kasbiy faoliyatdagi o’rni haqida misollar ko’rib chiqamiz: 1.Kasbiy sohada til madaniyati Texnikum o‘quvchilari bo‘lajak muhandislar, texniklar, dasturchilar yoki boshqa mutaxassislar bo‘lishadi. Ularning kasbiy faoliyatida texnik hujjatlar yozish, hisobotlar tuzish, ko‘rsatmalar berish yoki jamoada ishlashda samarali muloqot qilish zarurati tug‘iladi. Bunday hollarda ona tilida ravon, mantiqiy va aniq fikr bildirish ko‘nikmasi muhim ahamiyat kasb etadi. 2.Hujjat yuritishda ona tilining roli Kasbiy faoliyatda turli hujjatlarni to‘g‘ri yozish va yuritish zarur. Masalan, xizmat xatlari, texnik tavsiflar, loyihaviy hujjatlar, yo‘riqnomalar va rejalashtirish hujjatlari https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 22 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 ona tilida yoziladi. Ularni to‘g‘ri tuzish va ifoda qilish uchun ona tilini mukammal bilish zarur. 3.Mijozlar va hamkasblar bilan muloqot Ona tilini yaxshi bilgan mutaxassis mijozlar bilan ochiq, ravon va tushunarli muloqot qila oladi. Bu esa mijozning ishonchini qozonish, ish samaradorligini oshirish, jamoada yaxshi muhit yaratish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, ona tilida madaniyatli muloqot qilish xodimning intellektual saviyasi va kasbiy madaniyatini ko‘rsatadi. 4.Ona tili va texnik tafakkur Texnik yo‘nalishdagi mutaxassislar uchun tafakkurning aniqligi muhim. Matematik, fizik, dasturiy yechimlarni to‘g‘ri tushunish va izohlash uchun fikrni aniq ifoda eta olish lozim. Ona tili orqali shakllangan mantiqiy tafakkur bu borada asosiy vositadir. Ona tilini chuqur o‘rganish va uni to‘g‘ri qo‘llay olish kasbiy muvaffaqiyat kalitidir. Politexnikum o‘quvchilari o‘z mutaxassisliklariga doir bilimlarni egallash bilan birga, ona tilida savodli yozish, muloqot qilish va fikr bildirish malakasini ham rivojlantirishlari lozim. Zero, ona tiliga hurmat bilan qaragan inson o‘z kasbiga ham mas’uliyat bilan yondashadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. “O‘zbek tili” darsl

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ona tilining kasbiy faoliyatdagi ahamiyati, turli sohalarda to‘g‘ri va taʼsirli nutq madaniyatini shakllantirishdagi o’rni tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ona tilining kasbiy faoliyatdagi ahamiyati, turli sohalarda to‘g‘ri va taʼsirli nutq madaniyatini shakllantirishdagi o’rni tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
til kompetensiyasi., Ona tili, hujjat yuritish, nutq madaniyati, kasbiy kommunikatsiya, kasb madaniyati, o‘zbek tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники