К содержанию
РецензированоUZ2022

AUTSORSING NIMA VA U BILAN O 'ZARO HAMKORLIK.

ETAKCHILIK STRATEGIYASIDAN FOYDALANISH. · Azimova Xurshida Mirsamadovna

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2022

Аннотация

Maqolada mamlakatimiz fermer xo‘jaliklarida xarajatlarni boshqarishda etakchilik strategiyasidan foydalanish modellari, fermer erkin bozorga kirib kelishi, fermer xo‘jaliklari rahbarlari faoliyati to’g’ri tashkil qilinishi xaqida yoritilgan. Kalit so’zlar: fermer xo‘jaliklari, baholash me’zonlari, bug‘doyni etishtirish xarajatlari, etakchilik sifatlari, shaxsiy fazilatlar, korrelyasion taxlil, endogen o‘zgaruvchilar, egzogen o’zgaruvchilar. Bozorga olib chiqiladigan bug‘doy raqobatbardosh bo‘lishi uchun uning bahosi raqobatchilar baholaridan pastroq bo‘lsa, ustunlikga erishiladi. Buning uchun bug‘doyni etishtirish xarajatlari past bo‘lishi kerak. Aynan shu masalani echishda xarajatlar bo‘yicha etakchilik strategiyasini qo‘llash zarur bo‘ladi. O‘zbekiston Rsepublikasi Vazirlar Maxkamasi 2022 yil 30 mayda qabul qilgan “2022 yil hosilidan bug‘doyni xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra xosilning davlat buyurtmasidan ortiqcha qismini fermer erkin bozorda kelishilgan bahoda sotishi mumkin. Bozordagi ko‘pchilik xaridorlarning baholarga nisbatan talabchanligi kuchaygan sari past xarajatlar bilan maxsulot taklif etish kuchli raqobat mavqeini yaratadi. Bunday strtegiyani qo‘llashdan maqsad xarajatlar bo‘yicha raqobatchilarga nisbatan ustunlikkga erishib, bozordagi ulushni ko‘paytirishdan iborat bo‘ladi. Natijada qo‘shimcha foyda olishning ikki imkoniyati tug‘iladi: - sotuvlar xajmining ko‘payishi hisobiga; - bug‘doyni bozor baholarida sotish hisobiga. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 206 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Bu ustunlik raqobatchilar o‘z maxsulotlari baxolarini pasaytirib, bozordagi ulushlarini avvalgi xajmiga olib chiqquncha saqlanib turadi. Odatda, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning quyidagi usullari qo‘llaniladi: - ishlab chiqarish xajmlarini ko‘paytirish xisobiga maxsulot tannarxi pasayadi; - xarajatlarni tejash tajribasiga asoslangan ishlab chiqarishda “o‘qitish/tajriba” egri chizig‘i vaqt o‘tgan sari mexnat unumdorligining o‘sishiga olib keladi, natijada mexnatga xaq to‘lash xarajatlari darajasi pasayadi; - qadriyatlar zanjirida faoliyatning boshqa turlari bilan aloqa o‘rnatish zanjirning bir bo‘g‘inida xarajatlar yuqori, boshqa bo‘g‘inida past bo‘lsa, bu bo‘g‘inlarni o‘zaro muvofiqlashtirish natijasida jami xarajatlar darajasini pasaytirish mumkin bo‘ladi; - korxona ichidagi turli ishlab chiqarish birliklari imkoniyatlaridan birgalikda foydalanish turdosh bo‘linmalar bilan birgalikda xarakatlanish xarajatlarini sezilarli darajada pasaytiradi; - noturdosh faoliyat turlarini autsorsingga chiqarib, turdosh faoliyat turlarini vertikal integratsiyalash natijasida tranzaksiya xarajatlarini bartaraf etish xisobiga jiddiy tejamkorlikkga erishish mumkin bo‘ladi; - jug‘rofiy joylashuv qulayligidan foydalanish xodimlarning maoshiga, soliqlar darajasiga, maxsulotlarni tashish, ortish, tushirish xarajatlariga bevosita ta’sir qiladi. Xarajatlar bo‘yicha etakchilik strategiyalarini qo‘llashda yuqorida keltirilgan usullardan tashqari inson omilini ham xisobga olish lozim. Bug‘doy etishtirish xarajatlariga fermer xo‘jaligi raxbarining etakchilik salohiyati va shaxsiy fazilatlari bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Raxbarning etakchilik salohiyati tushunchasi o‘z mazmuniga ko‘ra bir necha ko‘rsatkichlardan shakllanadi. Etakchilik sifatlariga tirishqoqlik, bilim va tajribani tez o‘zlashtirib olish, kasb ustasi bo‘lish, ishchanlik, muammolarni oldindan ko‘ra bilish, ishchilarni ilxomlantirish, notiqlik, dadillik kabi sifatlarni; shaxsiy fazilatlarga to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, odamiylik, ishchilarga g‘amxo‘rlik, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik, o‘zgarishlarga moslashuvchanlik kabi sifatlarni kiritish mumkin. Bizning fikrimizcha, qobiliyatlar va fazilatlar ro‘yxati cheklanmagan, ularning barchasini o‘zida https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 207 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 mujassamlashtirgan etakchi bo‘lishi mumkin emas, chunki mutlaqo kamchiliksiz inson bo‘lmaydi. SHuning uchun biz etakchilik salohiyati ko‘rsatkichlari sifatida shartli ravishda muammolarni oldindan ko‘ra olish, ishchanlik, ishchilarni ilhomlantirishni tanlab oldik. - muammolarni oldindan ko‘ra bilish - tabiyat va jamiyat rivojlanishining ob’ektiv qonuniyatlarini chuqur bilish va taxlil qilish natijasida yuzaga kelishi muqarrar bo‘lgan voqea, xodisa, o‘zgarishlarni aql bilan oldindan ko‘ra olish; - ishchanlik – mexnatga ijobiy, jo‘shqin munosabatda bo‘lish xususiyati, mehnatsevarlik, ishchanligi bilan mexnat jamoasida obro‘ qozonish; - ishchilarni ilhomlantirish – odamlarning ruxiy xolatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, ulardagi ijodiy kuchlarning quyilib kelishiga undash, ruxiy jarayonlarni faollashtirib, qo‘yilgan vazifalarni astoydil bajarishga safarbar eta olish. Fermer xo‘jaligi raxbarlarining shaxsiy fazilatlarini baholash uchun ishchilarga g‘amxo‘rlik, od

Доказательный фрагмент

«Maqolada mamlakatimiz fermer xo‘jaliklarida xarajatlarni boshqarishda etakchilik strategiyasidan foydalanish modellari, fermer erkin bozorga kirib kelishi, fermer xo‘jaliklari rahbarlari faoliyati to’g’ri tashkil qili…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada mamlakatimiz fermer xo‘jaliklarida xarajatlarni boshqarishda etakchilik strategiyasidan foydalanish modellari, fermer erkin bozorga kirib kelishi, fermer xo‘jaliklari rahbarlari faoliyati to’g’ri tashkil qili… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
autsorsing usullari, uni mamlakatimizda qo’llanishni boshlangani va autsorsing boyucha qonunlar yoritib o’tilgan., Mazkur maqolada autsorsing va autstaffig tushunchasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники