К содержанию
РецензированоUZ2025

ZAMONAVIY SIYOSIY YETAKCHILIKDA KADRLAR SIYOSATINING O‘RNI VA DOLZARBLIGI

Nazarova Madina Husen qizi · Mirzo Ulug’bek nomidagi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

This article explores the concept of leadership in modern political processes and examines the relationship between political leadership and personnel policy. It is substantiated that an effective personnel strategy strengthens leadership and directly impacts the success of political reforms. Keywords: political leadership, leader, personnel policy, governance, political reforms. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 295 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 KIRISH: Siyosiy liderlik muayyan bir jamiyatda hokimiyatni egallash va uni boshqarish jarayonida boshqaruv subyekti sifatida qatnashuvchi shaxs yoki guruhning rolini anglatadi. Bugungi globallashuv davrida mamlakatlarda samarali boshqaruv tizimini shakllantirishda siyosiy liderlarning salohiyati va ularning kadrlar siyosatini olib borishdagi yondashuvi alohida ahamiyat kasb etadi [1]. Siyosiy elitani shakllantirish, davlat xizmatini modernizatsiyalash, boshqaruv kadrlari zaxirasini yaratish kabi strategik masalalar aynan yetakchilarning kadrlar siyosatiga bo‘lgan munosabati bilan bog‘liqdir [2]. Kadrlar siyosati esa davlat organlarida malakali, fidoyi va professionallarni aniqlash, tarbiyalash va joylashtirish tizimidir. ASOSIY QISM: Siyosiy liderlik va kadrlar siyosati o‘rtasidagi bog‘liqlik- Kadrlar siyosatining muvaffaqiyati birinchi navbatda rahbarning strategik tafakkuriga, boshqaruv ko‘nikmalariga va jamiyat ehtiyojlarini to‘g‘ri anglashiga bog‘liqdir. Zamonaviy siyosiy lider — bu nafaqat jamiyatni harakatlantiruvchi kuch, balki professional va siyosiy kadrlarga baho beruvchi asosiy mezondir [3]. Lider shunchaki topshiriq beruvchi emas, balki bo‘ysunuvchilarini tanlashda, ularga ishonch bildirishda va rag‘batlantirishda faol bo‘lishi kerak. Ayniqsa, davlat idoralarida qaror qabul qiluvchi lavozimlarga tayinlovlarda yetakchining dunyoqarashi va kadrlar siyosatiga doir pozitsiyasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarda kadrlar siyosati yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Prezident Administratsiyasi huzurida faoliyat yuritayotgan Kadrlar zaxirasi tizimi, “Yoshlar – kelajagimiz” loyihasi, mahalliy hokimiyat vakolatlarining kengayishi kadrlar tanloviga doir yondashuvlarni chuqurlashtirdi[4]. Kadrlar siyosatida ochiqlik, shaffoflik, meritokratiya (qobiliyat asosida lavozim berish) kabi mezonlar yetakchilikning haqiqiy bahosini ko‘rsatmoqda. Bunda siyosiy liderlar zamonaviy boshqaruvga oid bilimlarga ega bo‘lishi, inson kapitalini rivojlantirishda yetakchi rol o‘ynashi zarur. Ko‘plab davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, kadrlar siyosati sust yuritilgan mamlakatlarda siyosiy islohotlar samara bermaydi. Masalan, Janubiy Koreya yoki Singapurda kadrlar siyosatiga alohida e’tibor berilishi islohotlarning muvaffaqiyatli bo‘lishiga asos bo‘lgan. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 296 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-apreldagi PQ–121-son qarori asosida “Yangi avlod kadrlar siyosati” konsepsiyasi tasdiqlandi. Unda boshqaruv tizimiga yosh, bilimli va innovatsion fikrlovchi mutaxassislarni jalb qilish ustuvor vazifa etib belgilangan. 2022-yildan boshlab davlat xizmatiga tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi kuchaytirildi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, 8000 dan ortiq rahbarlik lavozimiga ochiq tanlov asosida nomzodlar tayinlandi. Ayniqsa, hokimlar zaxirasiga 500 dan ortiq yoshlar kiritilgani davlat siyosatida kadrlar muhim o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi. Yetakchilar uchun maxsus “Liderlik maktabi” tashkil etilib, bu yerda har yili yuzlab kadrlar strategik boshqaruv yo‘nalishida tayyorlanmoqda. Raqamli boshqaruv tizimi joriy etilishi bilan kadrlar haqida yagona ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Bularning barchasi siyosiy yetakchilikda kadrlar siyosati natijalarga bevosita ta’sir ko‘rsatishini isbotlaydi. O‘zbekiston misolida esa, tuman va shahar hokimlari, vazirliklar rahbarlari tanlov asosida belgilanayotgani, bu jarayonda yetakchilarning shaxsiy pozitsiyasi muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rish mumkin. Davlat xizmatlari agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda davlat boshqaruvi tizimiga 12 458 nafar yangi kadr jalb qilingan. Shundan 67% ini 40 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar tashkil etdi. Rahbarlik lavozimlariga tayinlanganlarning 38% ayollar bo‘lib, gender tenglikka e’tibor ortgani kuzatilmoqda. Shuningdek, 2500 dan ortiq kadr “Liderlik kompetensiyalari” bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini tamomlagan. Ushbu ko‘rsatkichlar kadrlar siyosati samaradorligining bosqichma- bosqich oshib borayotganini tasdiqlaydi [5]. XULOSA VA TAVSIYALAR: Zamonaviy siyosiy yetakchilik samarali kadrlar siyosatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Kadrlarni tanlash, ularni tarbiyalash va ularga imkon berish orqali lider jamiyatda ishonch uyg‘otadi va islohotlarga tayanch yaratadi. O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosiy islohotlar muvaffaqiyati aynan kadrlar s

Доказательный фрагмент

«This article explores the concept of leadership in modern political processes and examines the relationship between political leadership and personnel policy.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the concept of leadership in modern political processes and examines the relationship between political leadership and personnel policy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
political leadership, leader, personnel policy, governance, political, siyosiy yetakchilik, boshqaruv, kadrlar siyosati, lider, siyosiy islohot.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти