К содержанию
РецензированоUZ2025

POLITEXNIKUMDA O’QUV JARAYONINI ISHLAB CHIQARISH BILAN INTEGRATSIYALSH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Muminov Farhod Kobiljonovich

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada politexnikum o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishning, metodik yondashuvlar va pedagogik tadbirlarning samaradorligi tahlil etilgan. Shuningdek, o’quv jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg’unlashtirishning dolzarbligi ,mavjud muammolar va ularning amamliy yechimlari tahlil qilinadi.Integrasiyalashgan ta’lim jarayoni o’quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi,o‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan kasb va hunarlarga yo‘naltirishdagi muammo va yechimlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: Kasbga yo‘naltirish, politexnikum, kasbiy ta’lim,integrasiya,ishlab chiqarish, metodika, bozor talabi, o‘quvchi qiziqishi, ixtisoslik, amaliy mashg‘ulot. Bugungi ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni jamiyatda munosib o‘rin egallashga tayyorlashdir. Xususan, politexnikumlarda bu vazifa kasbga yo‘naltirish orqali amalga oshiriladi. Kasbiy yo‘naltirish — bu o‘quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlari va zamonaviy bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularga mos kasb tanlashlariga ko‘maklashuvchi pedagogik jarayondir. Ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg’unlashtirish ,ayniqsa kasb-hunar ta’lim muassasalarida o’ta dolzarb masala bo’lib bormoqda.O’zbekiston yoshlarini zamonaviy ishlab chiqarish talablariga mos kadrlar qilib tayyorlash –politexnikum oldida turgan asosiy vazifadir.Shu sababli ta’lim tizimini ishlb chiqarish muhitiga yaqinlashtirish ,amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish orqali mutaxassis tayyorlash zarurati ortib bormoqda. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 337 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 O’quv jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiyasi nima? Integratsiyalash-bu o’quv rejalari,dasturlar va o’qitish metodikalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan uyg’un holda olib borilishi demakdir.Bu jarayonda talababalar nazariy bilim bilan bir qatorda ,amaliy ko’nikmlarni ham egallaydi. Bu jarayonda quyidagi muammolar mavjud: 1.Ishlab chiqarish bazalarini yetishmasligi; 2.Ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish korxnalari bilan hamkorlik ishlarini susutligi; 3.O’qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini malakasi kamligi; 4.Darslar asossan nazariyaga yo’naltrilganligi; O’quv jarayonini tashkil etishdagi bu muammolarni yechimlari: 1.Politexnikum va ishlab chiqarish korxonalari o’rtasida hamkorlik shartnomasini tuzish; 2.Amaliy mashg’ulotlar uchun zamonaviy jihozlangan ustaxonalar tashkil etish; 3.Ishlab chiqarish korxonalaridan mutaxassislarni ta’lim jararyoniga darslarga jalb etish; 4.Maxsus fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini korxonalarga amaliy malaka oshirishga yuborish; 5.Dual ta’lim tizimi asosida o’qitish tizimini rivojlantirish; Politexnikumlarda o’quv jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiyalash – nafaqat ta’lim sifati ,balki bitiruvchilarni ishga joylashtirish imkoniyatini ham oshiradi.Bu yondashuv raqobatbardosh,bilimli va malakali mutaxassislar tayyorlashda asosiy omil hisoblanadi. Politexnikumda kasbga yo‘naltirish ishlari rejalashtirilgan tarzda olib borilishi lozim. Bu borada kasb tanlashga oid psixologik testlar, sohaga oid seminarlar, tajribali mutaxassislar bilan uchrashuvlar, amaliyot darslari va ekskursiyalar ham katta ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilar real ishlab chiqarish muhiti bilan tanishganida ularning kelajak kasbiga bo‘lgan ishonchi ortadi. Shuningdek, ustozlar o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 338 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 yo‘naltirish ishlarini olib borishlari kerak. Bu esa ularning kelajakda o‘z kasbida muvaffaqiyatli bo‘lishlarini ta’minlaydi. Xulosa: Kasbga yo‘naltirish — bu oddiygina targ‘ibot emas, balki o‘quvchining hayotidagi muhim tanlovga asos yaratishdir. Politexnikumda bu jarayon samarali tashkil etilsa, yoshlar o‘z kasbini sevib tanlaydi va mehnat bozorida faol ishtirok eta oladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni. 2. Sharipov A. "Kasbga yo‘naltirish asoslari". – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. 3. Xusanov N. "Kasbiy pedagogika". – Samarqand, 2021. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 339 Часть–5_ июня–2025

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada politexnikum o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishning, metodik yondashuvlar va pedagogik tadbirlarning samaradorligi tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada politexnikum o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishning, metodik yondashuvlar va pedagogik tadbirlarning samaradorligi tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bozor talabi, metodika, o‘quvchi qiziqishi, ixtisoslik, Kasbga yo‘naltirish, kasbiy ta’lim, amaliy mashg‘ulot., politexnikum, integrasiya, ishlab chiqarish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники