Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KASB-HUNAR TAʼLIMIDA OʻQITUVCHI VA ISHLAB CHIQARISH TAʼLIMI USTASINING OʻRNI
TAʼLIMI USTASINING OʻRNI · Israilov Furqat Saydumarovich · Aliyev Ozod Akmalovich
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada kasb-hunar taʼlimi tizimida oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustasining tutgan oʻrni, ularning kasbiy mahorati, pedagogik yondashuvi hamda zamonaviy talablar asosida taʼlim sifatini oshirishdagi roli haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Kasb-hunar taʼlimi, oʻqituvchi, ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, malaka, pedagogika, taʼlim sifati, amaliyot. Asosiy qism: Bugungi kunda kasb-hunar taʼlimi tizimida malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustasi asosiy o’rinni egallaydi. Oʻquvchilarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy koʻnikmalarini shakllantirishda ustozlarning mahorati, tajribasi va yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻqituvchining vazifasi nafaqat dars oʻtish, balki oʻquvchiga kasbga boʻlgan mehrni uygʻotish, ularning fikrlash doirasini kengaytirish, amaliy muammolarni hal eta oladigan mutaxassislarni yetishtirishdan iboratdir. Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi esa https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 340 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 amaliy mashgʻulotlarda nazariy bilimlarni hayotiy tajriba bilan boyitadi. U o‘quvchilarga hayotiy ish sharoitlarini, zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kompetensiyaviy yondashuv, axborot- kommunikatsiya vositalaridan foydalanish ustozlarning kasbiy faoliyatini yanada samarali qiladi. Har ikki mutaxassis oʻzaro hamkorlikda ishlashlari kerak, kasb-hunar ta’limi tizimida kichik malakali mutaxassislarni tayyorlash ko’p jihatdan kasb ta’limi o’qituvchilari va o’quv ustasining iqtidorlariga bog’liqdir. Ishlab chiqarish ta’limi jarayonida maxsus fan o’qituvchisi va ishlab chiqarish ta’limi ustasining malakalar tizimi yaratiladi, o’quvchilar ulardan olgan bilimlari asosida kerakli ishlab chiqarish tajribasiga, kasbiy mahoratga ega bo’ladilar. Shuning uchun kasb-hunar politexnimuklarida maxsus fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishlab chiqarish jarayonining va o’z mehnat faoliyatining mazmunini aniq tashkillasagina taʼlim sifati yuqori darajada bo‘ladi. Chunki o’quv jarayoni faqatgina bilim berishga asoslanib qolmasdan, balki ta’lim va tarbiya psixologiyasi bilan uzviy bog’langan. Bu esa ulardan psixologiya, kasbiy pedagogika, iqtisod asoslarini, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish asoslari bo’yicha ham malakalarga ega bo’lishini talab etadi.Mutaxassislik va pedagogik malakalar bilan bir qatorda maxsus fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarida shaxsiy va ijtimoiy layoqatlarning ham bo’lishi talab etiladi. Kasb-hunar taʼlimi samaradorligi — bu oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustasining uzviy hamkorligi, ularning doimiy o‘z ustida ishlashi va yangilikka intilishi orqali ta’minlanadi. Yangi avlod kadrlarini yetishtirish uchun ustozlarning bilimli, fidoyi va malakali boʻlishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2. Ismoilov Z. "Kasb-hunar ta’limi metodikasi" – Toshkent: O‘qituvchi, 2021. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 341 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 3. Nuraliev A. "Ishlab chiqarish ta’limi asoslari" – Namangan, 2022. 4. Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ilmiy maqolalar to‘plami – 2023. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 342 Часть–5_ июня–2025
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada kasb-hunar taʼlimi tizimida oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustasining tutgan oʻrni, ularning kasbiy mahorati, pedagogik yondashuvi hamda zamonaviy talablar asosida taʼlim sifatini oshirishdagi…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada kasb-hunar taʼlimi tizimida oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustasining tutgan oʻrni, ularning kasbiy mahorati, pedagogik yondashuvi hamda zamonaviy talablar asosida taʼlim sifatini oshirishdagi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- taʼlim sifati, ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, amaliyot., malaka, oʻqituvchi, pedagogika, Kasb-hunar taʼlimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025