К содержанию
РецензированоUZ2025

BOLA HUQUQLARI: KASB-HUNAR TAʼLIMI KONTEKSTIDA

Mirzayeva Muqaddasxon Abduhalikovna · Cho’lliyeva E’liza Ural qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bola huquqlari, ularning xalqaro va milliy qonunchilikdagi o‘rni, shuningdek, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘quvchilar huquqlarining ta’minlanish masalalari tahlil qilinadi. Bola huquqlarining amalda himoya qilinishi, yoshlar tarbiyasi, ta’lim olishi va xavfsiz muhitda rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Politekhnikum sharoitida o‘quvchi-tinglovchilarning shaxsiy daxlsizligi, fikr erkinligi, tenglik huquqlari konstitutsion va pedagogik jihatdan yoritiladi. Kalit so‘zlar: Bola huquqlari, ta’lim, konstitutsiya, kasb-hunar, huquqiy madaniyat, xavfsizlik, shaxsiy daxlsizlik, tenglik. Inson huquqlari ichida alohida o‘rinni egallaydigan — bola huquqlaridir. Chunki bola hali to‘liq shakllanmagan shaxs sifatida alohida himoyaga muhtoj. O‘zbekiston Respublikasida bola huquqlari Konstitutsiya, Oila kodeksi, “Bola huquqlari kafolati to‘g‘risida”gi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar orqali mustahkamlab qo‘yilgan. Ayniqsa, ta’lim tizimi, jumladan, kasb-hunar ta’lim muassasalarida bu huquqlarning ta’minlanishi yosh avlodning jamiyatda munosib o‘rin egallashida muhim omil hisoblanadi. Bola huquqlarining xalqaro va milliy asoslari https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 347 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Bola huquqlari BMTning 1989-yilgi “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi” asosida xalqaro miqyosda e’tirof etilgan. O‘zbekiston 1992-yildan boshlab ushbu konvensiyaning to‘liq ishtirokchisidir. Ushbu hujjatda bolalarning quyidagi asosiy huquqlari mustahkamlangan: - Hayot va rivojlanish huquqi - Shaxsiy daxlsizlik va zo‘ravonlikdan himoyalanish - Ta’lim olish huquqi - Fikr bildirish va eshitilish huquqi - Sog‘lom turmush tarziga ega bo‘lish Milliy qonunchilikda ham bu huquqlar batafsil yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, 41- va 43-moddalarda, har bir bolaning ta’lim olish va huquqiy himoyaga ega bo‘lishi kafolatlanadi. Kasb-hunar ta’limida bola huquqlari Politekhnikum va boshqa kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar ham bola maqomiga ega (18 yoshgacha bo‘lganlar). Shuning uchun ularning huquqlarini ta’minlash, ularga nisbatan hurmat, tenglik va shaxsiy erkinlikka amal qilish pedagogik jarayonning ajralmas qismidir. Quyidagilar kasb-hunar tizimida bola huquqlari ta’minlanishining muhim yo‘nalishlaridir: 1. Teng huquqlilik 2. Zo‘ravonlikka qarshi himoya 3. Fikr erkinligi 4. Qonuniy tartibda jazo 5. Ta’limga teng kirish imkoniyati Politekhnikumda huquqiy madaniyatni shakllantirish: Kasb-hunar ta’limida o‘quvchilarda nafaqat kasbiy ko‘nikmalar, balki huquqiy madaniyatni shakllantirish muhim vazifalardan biridir. Bu borada quyidagilar samarali vosita bo‘la oladi: - “Huquq darslari” o‘tkazish https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 348 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 - Huquqshunoslar ishtirokida davra suhbatlari - Huquqiy burchaklar tashkil etish - Elektron ta’lim platformalarida huquqiy modul qo‘shish O‘quvchilar o‘z huquqlari va majburiyatlarini bilsa, ta’lim muhiti ham adolatli, tinch va xavfsiz bo‘ladi.Bola mehnatidan foydalanishga qarshi kurash Zamonaviy jamiyatda bolalar huquqlarini himoya qilishda eng dolzarb masalalardan biri — bola mehnatidan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashdir. Bola hali jismonan va ruhan to‘liq shakllanmagan bo‘lishi sababli, ularni majburiy mehnatga jalb qilish nafaqat ularning sog‘lig‘i, balki kelajakdagi rivojiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi bolalarni ekspluatatsiyaga qarshi qonuniy asoslarni belgilab bergan. Ammo ayrim hududlarda, ayniqsa iqtisodiy jihatdan rivojlanmagan hududlarda, bolalarning maktab o‘rniga ishlab, o‘z oilasiga moddiy yordam ko‘rsatishga majbur bo‘layotgani achinarli holatdir. Ta’lim muassasalari, xususan, kasb-hunar ta’limi maskanlarida ushbu muammoni yoritish, o‘quvchilar orasida targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish, bolalarning mehnat huquqlari bo‘yicha seminar va darslar tashkil qilish — kelajakda huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir pedagog va ota-ona bola hayotining to‘liq va xavfsiz shakllanishi uchun mas’uldir. Xulosa Bola huquqlarini ta’minlash — bu faqat qonunchilikka amal qilish emas, balki har bir pedagog, ota-ona, jamiyat a’zosining vijdoniy burchidir. Kasb-hunar ta’limi tizimi bu masalaga mas’uliyat bilan yondashsa, yosh avlod nafaqat malakali mutaxassis, balki huquqiy ongli, vatanparvar, ijtimoiy faol fuqaro bo‘lib voyaga yetadi. Bola huquqlariga hurmat — kelajak poydevorini mustahkamlash demakdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 349 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 2. “Bola huquqlari kafolati to‘g‘risida”gi Qonun, 2008-yil. 3. BMT “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”, 1989-yil. 4. G'. Xudoyberganov. Inson huquqlar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bola huquqlari, ularning xalqaro va milliy qonunchilikdagi o‘rni, shuningdek, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘quvchilar huquqlarining ta’minlanish masalalari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bola huquqlari, ularning xalqaro va milliy qonunchilikdagi o‘rni, shuningdek, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘quvchilar huquqlarining ta’minlanish masalalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xavfsizlik, konstitutsiya, ta’lim, huquqiy madaniyat, Bola huquqlari, shaxsiy daxlsizlik, tenglik., kasb-hunar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники