Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLAR ORASIDA STRESS VA DEPRESSIYA: ZAMONAVIY PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR
ZAMONAVIY PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR · Nigora Yo’ldasheva Sodiqjon qizi · Ilmiy rahbar: Zamira Bilolova Baxtiyarovna · Psixologlar Assotsiatsiyasi
Для учителей · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada stress va depressiya haqida umumiy tushuncha, va bularni bugungi kunda yoshlar orasida koʻpayib borayotganligining psixologik va ijtimoiy omillari bilan tahlil qilingan. Hamda maqolada yoshlarning ruhiy salomatligini saqlash va mustahkamlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy psixologik yondashuvlar — kognitiv- behevioral terapiya, art-terapiya, guruhli psixokorrektsiya mashg‘ulotlari va onlayn psixologik xizmatlar samaradorligi yoritilgan Shuningdek, mahalliy tadqiqotlar asosida yoshlar orasida stress va depressiyani erta aniqlash, oldini olish va yengillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berib oʻtilgan. Kalit so’zlar: stress, depressiya, kognitiv-behivioral terapiya, art-terapiya, guruhli psixokorreksiya, Gans Selye, perfektsionizm, xavotir, yoshlar markazlari, O’zbekiston Psixologlar Assotsiatsiyasi, Zamonaviy davrda yosh avlod oldida turgan muammolar soni ortib bormoqda. Texnologik taraqqiyot, informatsion oqimlar, ta’limdagi bosim, oilaviy va ijtimoiy muammolar – bularning barchasi yoshlar psixikasiga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda yoshlar orasida stress va depressiyaga chalinish holatlari ortib borayotgani kuzatilmoqda. Hozirgi kunda insonning salomatligi deb aytilganda faqatgina jismoniy salomatligi emas, balki ruhiy salomatliklari ham muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Hozirgi axborot va texnologiya davrida ijtimoiy bosim va hayotiy sinovlar inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatib bormoqda. Bunday omillar natijasida stress va depressiya kabi holatlar tobora keng tarqalmoqda. Stress — bu organizmga tahdid soluvchi omillarga organizmning qarshi javob reaksiyasi hisoblanadi. Uni 1936-yilda kanadalik olim Gans Selye birinchi bo‘lib ilmiy jihatdan izohlab bergan. U stressni uch bosqichli modelda tasvirlagan: 1. Alarm bosqichi – tananing favqulodda holatga tayyorlanishi; 2. Qarshilik bosqichi – organizm stressga moslashadi; 3. Charchoq bosqichi – uzoq davom etgan stress salomatlikka zarar yetkazadi. Stress ijobiy yoki salbiy holatlarda bo‘lishi mumkin. Ijobiy stress insonni harakatga undasa, salbiy stress esa uni ruhiy va jismoniy jihatdan charchatib qoʻyadi. 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 207 Ustozlar uchun pedagoglar.org Depressiya esa bu uzoq davom etuvchi ruhiy tushkunlik holati bo‘lib, odatda, insonning kundalik faoliyatiga, ishiga va ijtimoiy munosabatlariga salbiy ta’sir qiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti depressiyani XXI asrning eng keng tarqalgan ruhiy kasalliklaridan biri deb e’tirof etgan. Depressiya quyidagi turlarda namoyon bo‘lishi mumkin: Yengil depressiya – qisqa muddatli, ammo qaytuvchi holat; Klinik depressiya – tibbiy yordam talab qiluvchi jiddiy bosqich; Post-travmatik depressiya – ruhiy jarohatdan keyin paydo bo‘ladi; Yoshga oid depressiya – o‘smirlik yoki qarilik davrida yuzaga keladi. Stress va depressiya bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Uzoq davom etgan stress holatlari insonni ruhiy jihatdan zaiflashtiradi, bu esa depressiyaga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, insonni jamiyat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yetishmasligi, shaxsiy muammolari va o‘tmishdagi travmalar ushbu jarayonni tezlashtiradi. Yoshlar oʻrtasida Stress va depressiyani koʻpayishiga bir qator psixologik va ijtimoiy omillarni sabab qilib koʻrsatish mumkin. Har bir insonning psixologik o‘ziga xosliklari bular; O‘zini past baholash; Ijtimoiy qo‘rquv yaʼni omma oldida, sahna oldida gapirishdan qo‘rqish, baholanishdan cho‘chish; Ota-onaning haddan tashqari talabchanligi; Perfektsionizm yani har narsani mukammal qilish istagi. Emotsional yetuklikning yetishmasligi Emotsiyalarni nazorat qila olmaslik; Salbiy fikrlarga berilish; O‘z muammosini boshqalar bilan bo‘lishishni xohlamaslik. O‘zini anglashdagi va maqsadlar yoʻlidagi qiyinchiliklar yani; Hayotiy yo‘nalishni topa olmaslik; Kelajakka nisbatan ishonchsizlik kabilar kiradi. Stress va depressiyaga sabab boʻluvchi ijtimoiy omillarga esa; Oila muhitining yomonligi Oilaviy ajralishlar, ziddiyatlar; Ota-onaning befarqligi yoki qattiq nazoratchi bo‘lishi; Emotsional qo‘llab-quvvatlov yetishmasligi kabilar kiradi. Bundan tashqari yoshlar orasida stress va depressiyani kelib chiqishida ta’lim tizimidagi bosim ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Imtihonlar va reyting tizimi natijasida yuzaga keladigan stress; Ustozlar va tengdoshlar bilan munosabatdagi ziddiyatlar; Raqobatbardoshlik bosimi. Eng dolzarb hisoblanadigan esa internet va ijtimoiy tarmoqlar ta’siri hisoblanadi. 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 208 Ustozlar uchun pedagoglar.org Virtual dunyodagi ideal hayot obrazlari bilan solishtirish; Kiberzo‘ravonlik; Haddan tashqari ko‘p vaqtni ekran qarshisida o‘tkazish natijasida psixik charchash. Yana bir stressga sabab boʻluvchi vaziyatlarga do‘stlar va jamoadagi o‘rin ham hisoblanadi. Ijtimoiy izolyatsiya yoki e’tiborsizlik; Tashqi guruhlarga qo‘shilish istagi va unga moslasha olmaslik. Bularning barchasi insonni stress va depressiyaga tushirib, ruhiy zoʻriqish qiynalishlarga sababchi boʻladi. Shuning uchun doim har qanday yoshdagi ins
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada stress va depressiya haqida umumiy tushuncha, va bularni bugungi kunda yoshlar orasida koʻpayib borayotganligining psixologik va ijtimoiy omillari bilan tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada stress va depressiya haqida umumiy tushuncha, va bularni bugungi kunda yoshlar orasida koʻpayib borayotganligining psixologik va ijtimoiy omillari bilan tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Gans Selye, depressiya, art-terapiya, O’zbekiston Psixologlar Assotsiatsiyasi, guruhli psixokorreksiya, kognitiv-behivioral terapiya, perfektsionizm, yoshlar markazlari, xavotir, Kalit so’zlar: stress
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025