Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BRONXIAL ASTMA KASALLIGIDA O’PKA TO’QIMALARINING GISTOSTRUKTURAVIY O’ZGARISHLARI VA UNING ETIOLOGIYASI, PATOGENEZI, KLINIK MANZARASI, DIAGNOSTIK TEKSHIRUVLARI, KECHISHI , ASORATLARI VA UNI DAVOLASH
Mahmudov Hojimurod Muzaffar O’g’li · Kimsanboyev Jamshidbek Jasurbek O’g’li
Для учителей · 2026
Аннотация
Bronxial astma [yun. asthma bo'g'ilish], mayda bronxlarning torayishi,shilliq pardasining ko'chishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial o'tkazuvchanlikningbuzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqt-bevakt nafas qisishi vabo'g'ilish xuruji bilan o'tadigan allergik kasallik.So’nggi yigirma yil ichida astma bilankasallanish holatlari ko’paydi va bugungi kunda VOZ maʼlumotlariga qaraganda bukasallikdan 100 million kishi aziyat chekadi. Bu jins va yoshdan qa’tiy nazar, insonlarda eng keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biridir. Branxia lastma bilan kasallanganlar orasida o’lim darajasi yuqori, xuruj darakchilari davri, avj olgan davr, xurujning ortga qaytish davri. Kalit so'zlar: Ekzogen, endogen, immun tabiatli, allergenlari, medikamentoz, biogen,immunoglobulin IgE, PgD2 prostaglandin va LTD4 leykotrien, gistamin, H1 retseptor,AQB, SAMF, prostoglandin F2, bronxospazm, immunokompleks, xolinergik retseptorlar,alfa-adrenoretseptorlar, betta- adrenoretseptorlar, status astmaticus, yengil, o'rta og'ir,og'ir, Kurshman spirallari va Sharko- Leyden kristallari. Bronxial astma Bronxial astma (asthma bronchiale)- surunkali kechuvchi allergik kasallik bo'lib, unga bronxlarning o'zgargan reaktivligi xos bo'lib, asosiy klinik belgilaridan biri bo‘g‘ilish xurujlaridir. Uning og'irlik darajasidan qatʼiy nazar surunkali kasallik bo'lib asosida allergik yallig'lanish yotadi. U aholi orasida ko'p uchraydigan kasalliklar guruhiga kiradi. Turli ma’lumotlarga ko'ra Yevropa va Amerika mamlakatlarida aholining 3-7 % ushbu kasallikka chalingan. Bu kasallikning bolalar orasidagi ko'rsatkich ancha yuqori. Rossiyada har 10000 ta boladan 97 tasi ushbu kasallik bilan og'riydi. Xususan Sank-Peterburgda har 10000 ta boladan 240 tasiga to'g'ri kelsa, O'zbekistonda har 10000 kishiga 17ta odam to'gri keladi. Asosiy belgilari: - Xurujsimon yo'tal; - Xansirash, qiyinlashgan nafas; - Balg'am ajralishi; - Nafas olganda xirillash; - Ko'krak qafasida og'irlik. 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 212 Ustozlar uchun pedagoglar.org Etiologiyasi Bronxial astmani keltirib chiqaradigan sabablariga qarab bu kasallikning ikkita asosiy qismi tafovut qilinadi: 1) ekzogen omillar sabab bo'ladigan omillar, immun tabiatli bronxial astma; 2) endogen yo'l bilan paydo bo'ladigan, immunitetga bog'liq bo'lmagan bronxial astma. Kasallikni rivojlanishida eng avvalo turli ekzogen allergenlar muhim rol o'ynaydi: - Kelib chiqish asosi o'simliklar bo'lgan allergenlar (o'simliklar changgib va boshqalar); - Maishiy allergenlar — uy va kitob changi, shuningdek, akvariumdagi baliqlar ozuqasi, uy hayvonlari qazg’oqi; - Oziq-ovqat yoki nutritiv allergenlar (tuxum, sitruslilar, oziq-ovqat bo'yoqlari va konservantlar) hozir keng tarqalgan hisoblanadi. - Medikamentoz (doriga) alergenlar, bronxial astmaga chalingan bemorlarning 22-40 % turli xil dorilarga reaksiyalar aniqlanadi - Biogen alergenlar: bakteriya, sodda hayvonlar, viruslar, zamburugʻlar ; - Turli kasbiy omillar (kosmetik vositalar, dorixonada ishlash va boshqalar) sababli yuzaga keladigan.. Bronxial astma etiologiyasida meteorologik omillar (sovuq havo), nasliy moyillik, 40-80 % (ko'pincha bolalarda) ruhiy omillar va stress holatlar ta’sirlari muayyan rol o'ynaydi. Patogenezi Immun tabiatli bronxial astmaga chalingan bemorlarning bronxlaridagi o'zgarishlar asosida organizmning sensibilizatsiyasi yotadi. Bunda anafilaksiya turida kechuvchi va reagenli antitelalar bilan bog'langan, IgE sinfiga mansub I(tezkor) tipdagi allergik reaksiyalar katta ahamiyatga ega. Bu antitelalar bronxlarning shilliq osti asosidagi semiz hujayralarda joylashgan. Allergenlar bronxlarga qayta tushganda ular semiz hujayralardagi reagenli antitelalar bilan bog'lanib bronxospazm, bronxlarning shilliq qavati gipersekretsiyasi va shishga olib keluvchi biologik aktiv moddalar - gistamin, anafilaksiyaning sekin javob beruvchi substansiyasi va boshqalar ozod bo'lishiga sabab bo'ladi. Bu ketma ketligi quyidagicha sodir bo'ladi: Organizmga 1-bor atigen tushganda plazmatik hujayralarda aynan shu antigenga nisbatan spetsifik immunoglobulin (IgE) hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan immunoglobulinlar semiz hujayralarga borib ularga maxsus oqsillar bilan birikadi va organizmda 1-bor tushgan antigenga nisbatan sebsibilizatsiya yuzaga keladi. Aynash o'sha antigen organizmga 2-bor tushganda organizmning maxsus immunoglobulini IgE bilan to'g'ridan to'g'ri birikadi. Bu esa o'z navbatida semiz hujayralardan gistamin va proteazalar atalishiga sabab bo'ladi. Ajralgan proteazalar bronx devoridagi qon tomir o'tkazuvchanligini oshiradi va shish 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 213 Ustozlar uchun pedagoglar.org paydo bo'lishiga zamin yaratadi. Gistamin esa bronx devoridagi silliq muskulning H1 retseptorlariga taʼsir qilib uni qisqarishiga sabab bo'ladi va natijada bronxospazm yuzaga keladi va qon tomirdagi H1 retseptorlariga taʼsir qilib vazodilatastsiyaga sabab bo'lib AQB ming tushishiga sabab bo'ladi. Allergenlar takror ta’sir ko'rsatganida sensibi
Доказательный фрагмент
«Bronxial astma [yun. asthma bo'g'ilish], mayda bronxlarning torayishi,shilliq pardasining ko'chishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial o'tkazuvchanlikningbuzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasid…»
Образец извлечения
Демо-превьюBronxial astma [yun. asthma bo'g'ilish], mayda bronxlarning torayishi,shilliq pardasining ko'chishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial o'tkazuvchanlikningbuzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasid… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ekzogen, endogen, immun tabiatli, allergenlari, medikamentoz, AQB, SAMF, immunoglobulin IgE, H1 retseptor, bronxospazm, status astmaticus, xolinergik retseptorlar, immunokompleks, gistamin, PgD2 prostaglandin va LTD4 leykotrien, betta- adrenoretseptorlar, o'rta og'ir, Kalit so'zlar: Ekzogen, biogen, og'ir, Kurshman spirallari va Sharko- Leyden kristallari., alfa-adrenoretseptorlar, prostoglandin F2, yengil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025