Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“DIGITAL ANTICORRUPTION AMBASSADORS”: O‘ZBEKISTON VA TURKIYA YOSHLARI ISHTIROKIDAGI RAQAMLI PLATFORMALAR ORQALI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING INNOVATSION MODELI
Xudoyberdiyev Diyorbek Xasan o‘g‘li
Для учителей · 2026
Аннотация
In recent years, tourism promotion in Uzbekistan has experienced a shift driven by the growing influence of social media platforms. Local bloggers and content 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 248 Ustozlar uchun pedagoglar.org creators have emerged as influential actors in shaping the national image of Uzbekistan as a tourist destination. This study examines the level of media literacy among Uzbek bloggers and analyzes how it contributes to national brand formation, drawing comparisons with international practices from the United States, Indonesia, and Turkey. The research employs qualitative methods including interviews, content analysis, and discourse-based approaches. Findings reveal that while many bloggers play an important role in promoting tourism, their media literacy remains inconsistent and lacks strategic structure. The paper proposes internationally informed recommendations for strengthening Uzbekistan’s digital tourism branding through enhanced media competence among content creators. Keywords: Tourism, blogger, social media, media literacy, national branding, content creator, international experience I. KIRISH VA MAVZUNING DOLZARBLIGI Global axborot maydonining keskin kengayib borayotgan hozirgi davrida turizm sohasi ham raqamli kommunikatsiya texnologiyalarining bevosita ta’sirida shakllanmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy media platformalarining (Instagram, YouTube, Telegram, TikTok va boshqalar) ommaviylashuvi turistik kontent iste’mol qilinishi va ishlab chiqarilishida tub burilish yasadi. Shu nuqtai nazardan, blogerlar va kontent yaratuvchilar hozirgi kunda turizmni targ‘ib qilishda muhim kommunikatorlar sifatida shakllanmoqda. Ular rasmiy marketing vositalaridan farqli ravishda, auditoriya bilan bevosita va ishonchli muloqotga kirishib, ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakat imijini shakllantirishda faol rol o‘ynamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Turizmni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–81- son)da ijtimoiy tarmoqlar orqali zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini turizmda qo‘llash muhim vazifa sifatida belgilangan. Ushbu siyosiy hujjat milliy turizm targ‘ibotini faqat rasmiy manbalar emas, balki fuqarolik jamiyati subyektlari — blogerlar va ijtimoiy media foydalanuvchilari orqali rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. Ammo bu jarayonda ijtimoiy media savodxonligi muhim determinant sifatida hali yetarlicha tahlil qilinmagan [2/101-107]. Ijtimoiy media savodxonligi — bu shunchaki texnik vositalardan foydalanish emas, balki kontentni tanqidiy baholash, ishonchli ma’lumotlar bilan ishlash, vizual va matnli brending strategiyalarini anglash va foydalanuvchi bilan maqsadli muloqotni olib borish qobiliyatidir. O‘zbekistonlik blogerlarning turizmga oid kontentlari son jihatdan ortib borayotgan bo‘lsa-da, ularning aksariyati professional savodxonlik mezonlariga javob bermaydi. Kontent ko‘pincha hissiy, epizodik yoki faktologik xatolarga boy bo‘lib, milliy brendni tizimli shakllantirishga xizmat qilmaydi. Shu bilan birga, xalqaro tajriba — xususan AQSH, Indoneziya, Turkiya va Yaponiyada — ijtimoiy media vositalari asosida milliy turistik brendlar qanday 75-son 1–to’plam Iyul-2025 Sahifa: 249 Ustozlar uchun pedagoglar.org shakllantirilgani va blogerlar bu jarayonda qanday rol o‘ynagani haqida aniq dalillar mavjud. Masalan, Indoneziyada #WonderfulIndonesia kampaniyasi doirasida yuzlab blogerlar ishtirokida raqamli brending muvaffaqiyatli amalga oshirildi. O‘zbekistonda esa bunday tajriba tizimli tahlil etilmagan. Mazkur tadqiqotning dolzarbligi shundaki, u ijtimoiy media savodxonligini milliy turizm strategiyasining tarkibiy elementi sifatida tahlil qilib, O‘zbekistonlik blogerlar va kontent yaratuvchilarning real salohiyati, zaif jihatlari va rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qiladi. Bu esa O‘zbekistonning xalqaro raqamli maydondagi turistik brendini mustahkamlash uchun nazariy va amaliy asos yaratadi. Shunday qilib, ushbu maqola nafaqat mavjud bozor realiyalarini aks ettiradi, balki ijtimoiy media savodxonligi orqali milliy turizm brendini shakllantirishning xalqaro amaliyotlarini o‘rganib, O‘zbekiston uchun mos model ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu mavzu ilmiy jihatdan kam o‘rganilgan va amaliy natijalarga yo‘naltirilganligi sababli, dolzarb va yangilikka boy ilmiy izlanishlardan biridir. II. METODOLOGIK YONDASHUV 1. Nazariy asoslar va yondashuv: Ushbu tadqiqot zamonaviy ijtimoiy media kommunikatsiyasi, raqamli savodxonlik va milliy brend nazariyalarining kesishgan nuqtasida joylashgan bo‘lib, uch asosiy nazariy asosga tayanadi: a) Media savodxonlik nazariyasi (Media Literacy Theory) Media savodxonlik – bu nafaqat texnik vositalardan foydalanish, balki axborotni tanqidiy tahlil qilish, kontentni baholash va uni ijtimoiy kontekstda to‘g‘ri talqin qilish qobiliyatidir. Bu nazariya o‘z ichiga informatsion xabardorlik, vizual savodxonlik va axloqiy-ijtimoiy mas’uliyatni ham oladi (Potter, 201
Доказательный фрагмент
«In recent years, tourism promotion in Uzbekistan has experienced a shift driven by the growing influence of social media platforms.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn recent years, tourism promotion in Uzbekistan has experienced a shift driven by the growing influence of social media platforms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tourism, blogger, social media, media literacy, national branding, yoshlar, raqamli faollik, O‘zbekiston, Turkiya, mafkuraviy immunitet, Kalit so‘zlar: korrupsiya, raqamli elchilar, ijtimoiy tarmoqlar, innovatsion model.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026