К содержанию
РецензированоRU2026

DAVLAT QIMMATLI QOG‘OZLARI BOZORIDA TAKLIF VA TALAB TAHLILI: FISKAL SIYOSAT BILAN O‘ZARO BOG‘LIQLIK

Murotov Bekzod Normamatovich

Педагоги · 2026

Аннотация

В тезисе анализируется соотношение спроса и предложения на рынке государственных ценных бумаг, а также их взаимосвязь с фискальной политикой, особенно с доходами и расходами бюджета. Раскрывается роль рынка ценных бумаг в обеспечении фискального баланса. Ключевые слова: государственные ценные бумаги, фискальная политика, дефицит бюджета, спрос и предложение, макроэкономическая стабильность Bugungi global iqtisodiyotda davlat moliyasi tizimi, xususan davlat qimmatli qog‘ozlari bozori orqali resurslarni samarali taqsimlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Davlat qimmatli qog‘ozlari fiskal siyosatni amalga oshirish, byudjet taqchilligini moliyalashtirish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vositasi sifatida keng qo‘llanilmoqda. O‘zbekistonning moliya bozorida ham davlat obligatsiyalarining ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa bozor ishtirokchilarining faolligini oshirish, ikkilamchi bozorda likvidlikni ta'minlash hamda uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda. So‘nggi yillarda davlatning fiskal siyosati doirasida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi hajmining oshishi, investitsion muhitning o‘zgarib borishi, milliy va xalqaro investorlarning bozorga qiziqishining kuchayishi ushbu mavzuni o‘rganishni dolzarb qiladi. Shu bilan birga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda obligatsiyalar vositasi sifatida qo‘llanishining tahliliy bahosi zarur. Davlat qimmatli qog‘ozlari bozori orqali byudjet taqchilligini moliyalashtirish, soliq tushumlari yetarli https://scientific-jl.com/ped 4 1 Volume-85, Issue-1, July -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 bo‘lmaganda xarajatlarni qoplash kabi fiskal mexanizmlar ishga tushiriladi. Bu jarayonlarda talab va taklif muvozanatining rolini chuqur tahlil qilish muhim. Muammolar va ularning ilmiy yechimlari. Davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida quyidagi asosiy muammolar mavjud: Talabning notekis taqsimlanishi – investorlar soni cheklangan, asosan banklar ustunlik qiladi. Yechim: jismoniy shaxslar va xususiy investorlar ishtirokini rag‘batlantiruvchi fiskal va institutsional mexanizmlarni joriy etish. Ikkilamchi bozorning sust rivojlanishi – likvidlik past, investorlar o‘rtasida savdo kam. Yechim: ochiq va shaffof elektron savdo platformalarini joriy etish va ularni ommalashtirish. Axborot shaffofligining yetishmasligi – investitsion qaror qabul qilishda ma’lumotlar bazasi to‘liq emas. Yechim: Markaziy bank va Moliya vazirligi orqali investorlar uchun muntazam statistik va tahliliy hisobotlar e’lon qilish. Foiz stavkalari bo‘yicha barqarorlikning yetarli emasligi – investorlar uchun riskni oshiradi. Yechim: bozor mexanizmlariga asoslangan stavkalarni shakllantirish va fiskal barqarorlikni ta’minlash siyosatini izchil yuritish. Davlat qimmatli qog‘ozlari bozorining samarali faoliyati moliya bozorining ajralmas qismi bo‘lib, mamlakat fiskal siyosatini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vosita orqali hukumat byudjet taqchilligini moliyalashtirish, investitsion muhitni yaxshilash hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga intiladi [1]. Bugungi kunda qimmatli qog‘ozlar bozori orqali iqtisodiy o‘sishni moliyalashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Fiskal siyosat davlatning iqtisodiyotga soliq va byudjet xarajatlari orqali ta’sir ko‘rsatish usuli bo‘lib, bu tizimda davlat qimmatli qog‘ozlari asosiy moliyaviy vositalardan biridir [3]. Ular yordamida davlat qarzdorligi boshqariladi, likvidlik ta'minlanadi hamda iqtisodiy sikllar muvozanatga keltiriladi [4]. Ushbu tadqiqotning maqsadi davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida taklif va talabning fiskal siyosat bilan qanday oʻzaro bogʻliqligini aniqlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. 1. Davlat qimmatli qog‘ozlari bozorining mohiyati. Davlat qimmatli qog‘ozlari ikki asosiy turga bo‘linadi: Qisqa muddatli: G‘aznachilik majburiyatlari (T-bills) Uzoq muddatli: Davlat obligatsiyalari (bonds) [5] https://scientific-jl.com/ped 4 2 Volume-85, Issue-1, July -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Taklif tomon davlatning o‘zi bo‘lib, u moliyaviy resurslarni jalb etish maqsadida qimmatli qog‘ozlar chiqaradi. Talab esa asosan tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, pensiya jamg‘armalari, xalqaro investorlar va xonadonlar tomonidan shakllantiriladi [6]. 2. Fiskal siyosat va davlat qimmatli qog‘ozlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir. Davlat obligatsiyalari fiskal siyosatning muhim vositasi hisoblanadi. Agar byudjetda taqchillik yuzaga kelsa, bu kamomadni qoplash uchun obligatsiyalar chiqariladi [4]. Ekspansion (yumshoq) fiskal siyosat: Ko‘proq obligatsiyalar chiqariladi, foiz stavkalari pasaytiriladi, iqtisodiy faollik oshiriladi. Kontraksion (qattiq) fiskal siyosat: Obligatsiyalar chiqarilishi cheklanadi, xarajatlar qisqartiriladi [2]. Ushbu muvozanat fiskal barqarorlikka bevosita ta'sir qiladi. 3. O‘zbekiston misolida taklif va talab muvozanati. O‘zbek

Доказательный фрагмент

«В тезисе анализируется соотношение спроса и предложения на рынке государственных ценных бумаг, а также их взаимосвязь с фискальной политикой, особенно с доходами и расходами бюджета.»

Образец извлечения

Демо-превью

В тезисе анализируется соотношение спроса и предложения на рынке государственных ценных бумаг, а также их взаимосвязь с фискальной политикой, особенно с доходами и расходами бюджета. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
государственные ценные бумаги, фискальная политика, makroiqtisodiy barqarorlik, byudjet taqchilligi, Kаlit sо‘zlаr: davlat qimmatli qog‘ozlari, fiskal siyosat, talab va taklif
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники