К содержанию
РецензированоUZ2026

OILADA KONFLIKTLARNING PAYDO BO’LISHI, PSIXOLOGIK SABABLARI VA YECHIM STRATEGIYALARI

Nigora Yo’ldasheva Sodiqjon qizi · Umida To’laganova Xabibilla qizi

Педагоги · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada oilada paydo boʻlayotgan konfliktlarning psixologik sabablari hamda ularning rivojlanish omillari va bu muammolarni bartaraf qilishning samarali yechimlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, Oilada kelib chiqayotgan nizolarni oldini olish orqali sogʻlom muhitni shakllantirish haqida soʻz yuritilgan. Kalit so’zlar: Oila, konfliktlar, bolalik travmalari, psixik zo’riqish, moliyaviy muammolar, stress, ziddiyatlar, oiladagi nizolar, Zigmund Freyd, Yoqubjon To’rayev, Hozirgi zamonaviy jamiyat miqyosida oilaning psixologik barqarorligi bu oila a’zolarining shaxsiy farovonligi, balki butun jamiyatning ijtimoiy salomatligi uchun muhim omil hisoblanadi. Oila ichidagi munosabatlar tizimi juda murakkab bo‘lib, bu tizimda yuzaga keladigan muvozanatsizliklar turli ijtimoiy-psixologik ziddiyatlarga sabab bo‘ladi. Oila – jamiyatning asosiy ijtimoiy boʻgʻini bo‘lib, uning barqarorligi va sog‘lomligi jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Biroq har qanday oila ichida turli ijtimoiy, emotsional va psixologik omillar taʼsirida nizolar yuzaga kelishi mumkin. Bunday konfliktlarni o‘z vaqtida nazorat qila olish oila mustahkamligini saqlab qolishga xizmat qiladi. Konfliktlar – bu tabiiy ijtimoiy hodisa bo‘lib, ular insonlar o‘rtasidagi ehtiyojlar, qadriyatlar, qarashlar va emotsiyalardagi tafovutlardan kelib chiqadi. Yaʼni har kimning hohish istagi, talabi har hilligi va bir birini hohish istaklarini hurmat qilmagan holda yuzaga keladi. Ayniqsa, oilada konfliktlarning psixologik nuqtai nazardan kelib chiqishini aniqlash va ularni ijobiy yo‘nalishga burish bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir. Bu borada psixologik bilim va yondashuvlar asosida tahlil olib borib, oilada sog‘lom muloqotni yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyat kasb etadi. Oilada yuzaga kelayotgan konfliktlarning psixologik sabablari ko‘plab omillar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. - oilada erkin va ochiq muloqotning yetishmovchiligi yoki umuman yoʻqligi, - oilada birlik yoʼqligi, yani oila a’zolari o‘z his-tuyg‘ularini, ehtiyojlarini namoyon qilmaydilar. - oila aʼzolari bir birlarini tushunmasliklari yoki noto‘g‘ri tushunishlari https://scientific-jl.com/ped 6 0 Volume-85, Issue-1, July -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 - “menning - biz bo‘lmasligi” yani, insonning shaxsiy ehtiyojlari qondirilmasligi. Har bir insonda turli ehtiyojlar bo‘ladi: mehr, hurmat, e’tibor, dam olish va hokazo. Agarda ular qondirilmasa, ichki norozilik ortib boradi va bu oxir-oqibat oilada nizolarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, oilada koʻp hollarda guvoh boʻlamizki, er-xotin o‘rtasida yoki ota- ona bilan farzandlar o‘rtasida “kimning gapi o‘tadi” degan kurash bo‘ladi. Bu oilada psixologik kuch muvozanati buzilganda kelib chiqadi. Jamiyatdagi har bir shaxsda oʻzining turli kutuvlari boʻlgani kabi, albatta bu jamiyatning bir bo’g’ini boʻlgan oilada ham har bir oila a’zosining turli kutuvlari va umidlari bor ularni oila muhitiga mos kelmasligi ham turli nizolar yani oiladagi konfliktlarni keltirib chiqaradi. Har bir oila azosini atrofidagilardan kutgan roli va munosabati bor, bu uning koʻnglidagidek, kutilganidek bo‘lmaganda ranjish, alam va norozilik paydo bo‘ladi. Konfliktlarni keltirib chiqaradigan sabablardan eng katta va dolzarbi bu bolalikdagi travmalar hamda oiladagi tarbiyada tajriba yoʻqligi hisoblanadi. Baʼzi oilalar o‘z ota-onasidan ko‘rgan modelni ongsiz ravishda takrorlaydi yoki bolaligida mehrsiz, eʼtiborsiz va notoʻgʻri muomala ko‘rgan insonlar ham shunday muomala usulini oilada qoʻllashadi, bu notoʻgʻri hisoblanadi. Zamon oʻzgaryaptimi ushbu zamonga qarab oilada dunyoqarash ham muomala madaniyati ham oʻzgarib boradi. Konfliktlarni keltirib chiqaradigan yana bir muhim koʻp uchraydigan va kuchli taʼsir koʻrsatadigan sabablardan biri bu stress va tashqi bosimlar hisoblanadi. Avvalo moliyaviy muammolar natijasida, ishdagi charchoq yoki turli ziddiyatlar natijasidagi stress oʻz navbatida oilaga qattiq tasirini koʻrsatadi, oila aʼzolaridagi sog‘liq muammolari, qarindoshlar bilan kelishmovchiliklar - bular psixik zo‘riqishni oshiradi va natijada oila aʼzolari oʻrtasida turli mojarolarga sabab boʻladi. Yuqoridagi barcha oiladagi konfliktlarni vaqtida nazorat qilib, tahlil qilib, yoki psixolog yordamidan foydalanib, uni oldi olinmasa bu kattadan katta nizolarga olib borishi, jamiyat uchun noqobil farzandlar yetishib chiqishi va alal oqibat oila barbod boʻlishiga ham olib kelishi mumkin. Oilada paydo boʻlayotgan konfliktlar tabiiy holat bo‘lib, ularni samarali tarzda bartaraf etish uchun quyidagi turli yondashuv va yechimlarni qoʻllash mumkin. Avvalo oilada o‘zaro muloqotni yaxshilash lozim. Har bitta oila aʼzosi o‘z fikrini ochiq va erkin, lekin hurmat bilan ifoda etishi kerak.Oilada bir birlarini tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish zarur ya’ni, gapirayotgan kishini diqqat bilan tinglash, fikrini to‘g‘ri tushunishga harakat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Oila aʼzolari oʻz hissiyotlarini doim boshqara olishlari kerak,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada oilada paydo boʻlayotgan konfliktlarning psixologik sabablari hamda ularning rivojlanish omillari va bu muammolarni bartaraf qilishning samarali yechimlari haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada oilada paydo boʻlayotgan konfliktlarning psixologik sabablari hamda ularning rivojlanish omillari va bu muammolarni bartaraf qilishning samarali yechimlari haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: Oila, moliyaviy muammolar, Zigmund Freyd, ziddiyatlar, psixik zo’riqish, bolalik travmalari, stress, Yoqubjon To’rayev, oiladagi nizolar, konfliktlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники