К содержанию
РецензированоUZ2026

XUDOYORXON DAVRIDA QO’QON XONLIGIDA TA’LIM TURLARI

Hotamova Sevara Sulaymon qizi

Педагоги · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Qo’qon xoni Xudoyorxon davrida madrasa qurilishi va ta’lim sohasida katta islohotlar qilinganligi va mazkur davr madrasalaridagi ta’lim xususida so’z boradi. Kalit so’zlar: madrasa, ta’lim, masjid, ijtimoiy hayot, shoir, uyezd, volost, mahalla, maktab, muarrix, imom, otinoyi, XIX asr boshlarida Qo‘qon xonligida boshlangan ilmiy, madaniy adabiy muhitning shakllanishi va rivojlanishida bevosita xonlikdagi maktab va madrasalarning o‘rni beqiyosdir. Bu ilm o‘choqlari xalqni ma'rifatli qilish, an'anaviy ta'limni va madaniy-ma'naviy hayotni yuksaltirishda katta rol o‘ynagan. E.S.Vulfson mahalliy aholining bola tarbiyasi borasidagi an'analarini kuzatib, o‘zining tahliliy fikrlarini bildirib o‘tgan. Unga ko‘ra, mahalliy aholi, bola 4 yoshdan o‘tib, gapirishni boshlaganda, uning kamolot tarbiyasi bilan shug‘ullanishga kirishgan. Bu paytda, asosan, diniy tushunchalar, salomlashish odobi o‘rgatilgan1. Qizlar esa erta turmushga chiqishi bois 8 – 9 yoshga yetmay uy-ro‘zg‘or ishlarini o‘rganishni boshlaganlar. Turkiston general-gubernatorligi arxiv fondlari va kuzatuvchi tadqiqotchilarning fikricha, XIX asrda mahalliy maktablar ikki xil bo‘lgan. Birinchisi quyi maktablar bo‘lib, yuqorida aytilganidek, masjidlarda faoliyat yuritgan. Ikkinchisi yuqori maktablar bo‘lib, faqat shaharlarda, katta qishloqlarda ish olib borgan2. Lekin aksariyat tadqiqotchilar maktablarni faoliyat xarakteriga ko‘ra jamoat, xususiy, shahar va qishloq maktablariga bo‘lganlar. Xususiy maktablar, odatda, o‘ziga to‘q oilalar tomonidan o‘z farzandlari ta'limi uchun tashkil etilgan va ularda 4 – 5 nafar bola o‘qigan. Masjidlarda maktab, odatda, masjidni qurdirgan shaxs tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, 10 – 30 ta bola joylashadigan xonadan iborat edi. Bu maktabda o‘qish 2 – 5 yil davom etgan. O‘qish erta tongda boshlangan, soat 10 – 11 da uyga nonushta qilishga qaytganlar. Tushda esa yana maktabga qaytib, kechgacha yurishgan. Masalan, Toshkent, Qo‘qon va Buxoroning bir qator madrasalarida tahsil olgan muarrix Muhammad Solihxo‘janing o‘zi shahar ziyolilari toifasidan bo‘lib, uzoq yillar o‘zi imomlik qilgan masjid qoshidagi maktab – dabiristonda bolalarga ta'lim berish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Mazkur asardagi ma'lumotlarga qaraganda, u o‘zi maktabdorlik 1 O‘zR MDA. I.1-fond, 18- ro‘yxat, 29-ish, 37-varaq.. 2 Nabiev R. Vakfnoe xozyaystvo Kokandskogo xanstva... – S.276 – 277. https://scientific-jl.com/ped 7 3 Volume-85, Issue-1, July -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 qilgan masjidda imomlik qilish bilan birga shu yerda istiqomat qilgan. Uning maktabi faqatgina dars beriladigan ta'lim o‘chog‘i emas, balki maktabdor (ya'ni Muhammad Solihxo‘ja)ning madrasada birga saboq olgan do‘stlari yig‘ilib ilm-ma'rifat borasida bahslar uyushtiradigan va o‘sha zamon ijtimoiy-siyosiy voqealarini muhokama qiladigan maskan ham edi.3 Maktab dasturi quyidagi kitoblardan iborat bo‘lgan: 1. “Chahor kitob” (to‘rt kitob) – diniy urf-odatlarni o‘rgatuvchi mazkur darslik to‘rt kitobdan iborat bo‘lgan: a) Sharaf Buxoriyning “Nomi xaq” asari bo‘lib, unda tahorat, uning tartiblari va namoz tartib – qoidalari; Ramazon oyida Ro‘za tutish qonun qoidalari haqidagi asoisy tushunchalarni bergan; b) “Kulliyot – Chaxor Fasl” – o‘quvchini islom dinining imon, ahkom va arkon kabi tushunchalar bilan tanishtirishga mo‘ljallangan. v) “Muhimmat ul-muslimin” (Musulmonchilikning muhim masalalari) musulmon kishi uchun farz bo‘lgan asosiy tushunchalar haqida ma'lumot bergan; g) Farididdin Attorning “Pandnomai Attor”. Kitob mashhur so‘fiy shoir Shayx Faxrididin Muhammad bin Abu Bakr Ibrohim Attor qalamiga mansub. 2. “Xaftiyak” – forscha so‘z bo‘lib, “Qur'oni Karim”ning yettidan biri degan ma'noni anglatadi va bu o‘quvchilarga atroflicha o‘rgatilgan.. 3. “Ahloqnoma” – ahloq-odob qoidalari bayon etilgan. 4. Fors va turk tillarida bitilgan So‘fi Olloyor, Fuzuliy, Bedil, A. Navoiy va F. Attor she'rlari va asarlari Ayrim maktablarda yosh, balog‘atga yetmagan o‘g‘il bolalar va qizlarni domulla yoki otinoyi istisno tarzida birga o‘qitgan. Arxivda saqlanayotgan “Farg‘ona viloyati Andijon uezdi o‘quv yurtlarining 1886 yilgi ro‘yxatida” faqat otinoyilar dars beradigan qizlar maktablari ro‘yxatga olingan. Odatda, otinoyilar qizlarni o‘z xonadonlarida o‘qitgan. Bunday qizlar maktabi ko‘p edi. Lekin ularni rus ma'murlari tomonidan hisobga olish qiyin bo‘lgan. Shu sababli bunday qizlar maktablari ro‘yxatga kiritilmagan. Ro‘yxatga olingan qizlar maktablari yettita, balog‘atga etmagan yosh o‘g‘il bolalar va qizlar birga o‘qigan maktablar to‘rtta bo‘lgan. Biz quyida shunday maktablar ro‘yxatini keltiramiz: 1.1836 yili barpo etilgan Qo‘qon qishloq volosti Xayrobod qishlog‘idagi Bahriniso maktabida 5 nafar qiz bola o‘qigan va bir nafar otinoyi dars bergan; 2. 1851 yili qurilgan O‘zgan volosti O‘zgan qishlog‘idagi Sotvoldi xalifa maktabida 15 nafar qiz bolaga bir nafar otinoyi dars bergan; 3. 1861 yili barpo etilgan Xakan volosti Darxon qishlog‘idagi Mulla Kabir xalifa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Qo’qon xoni Xudoyorxon davrida madrasa qurilishi va ta’lim sohasida katta islohotlar qilinganligi va mazkur davr madrasalaridagi ta’lim xususida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Qo’qon xoni Xudoyorxon davrida madrasa qurilishi va ta’lim sohasida katta islohotlar qilinganligi va mazkur davr madrasalaridagi ta’lim xususida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktab, volost, muarrix, ta’lim, imom, uyezd, otinoyi, shoir, masjid, mahalla, Kalit so’zlar: madrasa, ijtimoiy hayot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники