К содержанию
РецензированоUZ2026

RAUF PARFI IJODIDA MUXAMMAS JANRINING IFODALANISHI

Xushmanova Sevinch Ibraimovna

Педагоги · 2026

Аннотация

Muxammas janri aruzga oid bo'lib, o'ziga zos vazn va muayyan qofiya tizimiga egadir. O'zbek she'riyatining yangilangan ko'rinishdagi .muxammaslarida an'anaviy qofiya tizimi saqlanib qolganMaqolada Rauf Parfi ijodida muxammas janri namunalari va uning badiiy talqiniga oid fikr-mulohazalat bayon etiladi. Tadqiqot tahlillar bilan yoritiladi. Kalit so'zlar. Mumtoz she'riyat, muxammas janri, aruz, Xofiz Xorazmiy, Rauf Parfi, "Ko'ngil", "Yurak", tazmin muxammas. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, mumtoz she'riyatning musammat turkumiga kiruvchi mustaqil janrlaridan biri bo'lgan muxammasning paydo bo'lishi XV asrga to'g'ri keladi. Uning ilk namunasi Hofiz Xorazmiy ijodiga oid. Mustaqil muxammasning har bir bandi besh misradan tarkib topgan she'r shakli bo'lsa, shakl jihatidan unga o'xshash bo'lgan taxmis bir shoir tomonidan boshqa bir shoirning g'azal baytlariga uch misra orttirib beshlik shakliga keltirilgan she'r janridir. Muxammasning bu turi ikki shoir qalamiga oid desak, yanglish bo'lmaydi. Adabiyotshunos olim Yoqubjon Is’hoqovning ta’kidlashicha, “...taxmis usuli har bir shoir uchun mahorat sinovi, ilhomlantiruvchi kuch yoki biror muhim fikrni ro‘yobga chiqarish vositasi bo‘lishi mumkin”. Ko'pincha g'azal, bazida esa qasida va mustazod janrlari asosidan taxmis muxammas yuzaga keladi. Qa-chon kel-dim/ qa-yon ket-dim,/ yo'-lim-ga te-/mir to'-r et-ding,/ Yu-rak sen-mi,/ fa-lak sen-mi,/ zo-rim-ga bun/ cha zo'-r et-ding./ So-qov de-vor/ u-za yoz-dim/ qo'-lim-ni qon/ li bo'-r et-ding,/ Yu-rak sen-san,/ me-ning so-zim/ ti-lim-ni nay/ ga jo'-r etding,/ Yu-rak sen-san,/ ish-qi-bo-zim/ ko'-zim-ga oy/ ni ber-kit-ding./ :ParadigmasiV - - - / v - - - / v - - - / v - - - / :Afoyilima- fo- iy- lun/ ma- fo- iy- lun/ ma- fo- iy- lun/ ma- fo- iy- lun/ Rauf Parfining shoir Usmon Nosirning "Yurak" she'riga muxammas bog'lab yozgan ushbu aruz vaznidagi she'ri hazaji musammani solim bahrida yozilgan. Ushbu bahr bir asliy ruknning muayyan tartibda takrorlanib kelishidan tarkib topadigan solim bahriga oiddir. Bunda mafoiylun ruknining takrorlanishidan hazaj bahri paydo bo'lgan. Ushbu she'r muxammasning ikkinchi tipiga ya'ni taxmis muxammasga oiddir. Muxammasning yutuqlaridan biri uning qofiyalanish tartibida. Shoir qofiya tartibini a- https://scientific-jl.com/ped 8 4 Volume-85, Issue-1, July -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 a-a-a-a, b-b-b-b-b, v-v-v-v-v, d-d-d-d-d tarzida tuzgan. Bu esa muxammasning musqiy ritmini oshirishga xizmat qilgan. Qolaversa, taxmisning hazajda yozilganligining o'ziyoq uni hushohang va o'ynoqi vaznlardan tarkib topganligini ifodalaydi. Band misralaridagi "to'r etding", "zo'r etding", "bo'r etding", "jo'r etding", "berkitding" so'zlari qofiyadosh bo'lib, shu so'zlar yakunidagi "r" undoshi raviy, "etding" so'zi esa radif hisoblanadi. Ta'kidlash lozimki, she'r raviy harfsiz to'g'ri bo'lmaydi. Shu jihatdan bu harfni shunday takrorlash kerakki, har bir baytda muayyan bir o'ringa qo'yilsin. Muxammasning yana bir jihatiga e'tibor qaratish lozim, shoir qofiyadosh so'zlarni qo'llashda vaznga tushirishda ham o'z mahoratini namoyish etgan. Xususan, misra qofiyadoshlari "jo'- r et-ding", "to'-r et-ding" so'zlari v--- (qisqa+cho'ziq + cho'ziq + cho'ziq) tarzida ifodalangan. Muxammas janri yangi davr she'riyatida shoirning o'y va kechinmalarini keng ifodalash, poetik mahoratni namoyon etish, ijodiy-ruhiy bahs vositasi tarzida mashhur. Shoir Rauf Parfi ham mumtoz adabiyotimiz vakillari ijodidan ta'sirlangan holda an'anaviy usulda yaratgan muxammaslari yangi davr she'riyati uchun o'ziga xos adabiy hodisa sifatida mazmuniy novatorlikka egadir. Shoir muxammaslarida mumtoz adabiyotning tengsiz an'analari davom ettirilgan. Millat, insoniyat shoiri sifatida Cho'lponning "Ko'ngil" she'riga yozgan taxmisi fikrimiz isbotidir. U 1983- yilda yozilgan bo'lib, shoir unda "yo'llaring qaro tunmasmi" deya vatan ozodligi haqidagi havotirlari, " bulutdek bag'ri so'zon" bo'lib chekayotgan iztirob va zahmatlarini aks ettiradi. Ma'lumki, Cho'lpon xalqni uyg'otish va birlashtirishni tarannum etuvchi asarlar sohibidir. Professor Nurboy Jabborov ta'kidlaganlaridek, shoir ko'nglini o'rtagan cho'ng armonlarini poetik ramz va timsollar tiliga ko'chirib, poetik g'oyani simvollashtiradi. Cho'lpon she'rni hazaji musammani solim vaznida yozgan. Shoir Rauf Parfi ham bu an'anani davom ettirgan holda poetik mazmunni .yorqin ifoda etishning uddasidan chiqqan ,Yuzlashding balolarga, alamlar ichra ko'zlashding ,O'zing kuyding, o'zing yonding, o'zgalar haqqi o'zlashding ,Bu qul bozorinda izg'ib qumrilar kabi bo'zlashding ,Ko'ngil, sen bunchalar nega kishanlar birla do'stlashding [ ?Na faryoding, na doding bor, nechub sen buncha sustlashding8;97] Sheʼrdagi lirik kechinma koʼngilga qaratilgan. Kishanlar birla doʼstlashgan ko'ngilga qarata aytilgan savollar, oʼtli nidolar haqoratlardan dili ogʼrigan Insonga qaratilgan. Kishan bilan koʼngil timsollari orasida tazodiy bogʼlanish bor. Kishan va koʼngil hech bir zamonda bir-bi

Доказательный фрагмент

«Muxammas janri aruzga oid bo'lib, o'ziga zos vazn va muayyan qofiya tizimiga egadir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Muxammas janri aruzga oid bo'lib, o'ziga zos vazn va muayyan qofiya tizimiga egadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mumtoz she'riyat, muxammas janri, aruz, Xofiz Xorazmiy, Rauf, Rauf Parfi, Kalit so'zlar. Mumtoz she'riyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники