Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLARDA RAHBARLIKKA XOS QOBILIYATLARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI
Mallayeva Feruza Sanjar qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda ishlab chiqarish, sanoat, korxonalar va boshqa koʻplab sohalar faoliyatini talab darajasida tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda rahbarning oʻrni katta ekanligi haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: rahbar, yoshlar, jamiyat, ishlab chiqarish, sanoat, korxona, faoliyat. Annotation. This article provides information about the great role of the leader in organizing and coordinating the activities of production, industry, enterprises and many other sectors at the required level in ensuring the development of society. Keywords: leader, youth, society, production, industry, enterprise, activity. Yosh rahbarlar muhokama va qaror qabul qilish jarayonida yuksak aqliy salohiyatga ega boʻlishlari kerak. Ular tashabbuskor, muayyan siyosiy va ijtimoiy mavqega ega, ishga aloqador tanish-bilishlari koʻp, intuisiya (ichki his-tuygʻu, sezgi)si rivojlangan va tashkilot faoliyati yoʻnalishini tezda tushunishlari kerak. Bunday salohiyat kutilmagan vaziyatni tahlil etishda, muammoni toʻgʻri hal qilish jarayonida bir necha vazifani bir vaqtning oʻzida boshqarish zaruratidan kelib chiqadi. Masalan, tashkilotchilik, masalaga oid echimni taklif etish, guruh manfaatlari haqida gʻamxoʻrlik va h.k. Shaxsiy xislatlar bu yuqorida aytib oʻtilgan umumiy qobiliyatlar muvaffaqiyatli boshqaruvni ta'minlovchi zarur shaxs xislatlarini aniqlash va ularni rahbarlikda rivojlantirish masalasini dolzarb qilib qoʻyadi. Yosh rahbarlarning muvaffaqiyatli boshqaruviga oid shaxs xislatlari yuzasidan chet el olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga murojaat etamiz. Amerika va yaponiyalik menejerlarni oʻrganish asosida samarali rahbarlikka oid, jumladan, quyidagi xislatlar ajratib koʻrsatiladi: 1.Strategik rejalashtirishga moyillikning kuchliligi; 2.Xodimlarni, mehnat resurslarini taqsimlash boʻyicha toʻgʻri va oʻz vaqtida maqbul qaror qabul qilish; 3.Faoliyat doirasini kengaytirish yoki yuksak tartibda mehnat qilish orqali mas'uliyatni chuqur his qilish; 4.Xxavfli vaziyatda ijodiy va rasional qaror qabul qila olish; 5.Oʻz huquqlarini anglash; 6.Muloqot darajasini mukammallashtirishga intilish; 7.Murakkab va inqirozli vaziyatdagi jarayonlarni tahlil etish hamda bashorat qila olish; 8.Mehnatga yuksak qadriyat sifatida qarash va unga butun kuch-gʻayratni safarbar etish; 9.Aaybdorni izlash emas, balki muammoni hal etishga intilish, tavakkal qilishdan qoʻrqmaydigan va mustaqil fikrlaydigan xodimlar bilan ishlash istagi; 10.Aamalga oshirilayotgan gʻoya va uning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishga shaxsiy mulkdek qarash. Yaponiyalik va amerikalik menejerlarning qiyosiy oʻrganish natijasida olingan xulosalari shundan iborat boʻldiki, yapon menejerlari oʻz boshqaruv faoliyatida ijtimoiy psixologik jihatlarga koʻproq e'tibor berishar, ularda jamoa faoliyatini tashkil etish qobiliyati etakchi oʻrinda turar ekan. Amerikalik menejerlar esa xodimlarda yakka tartibdagi tashabbusni koʻproq ragʻbatlantirishar ekan. 370 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Koʻp tadqiqotchilar diqqat-e'tiboridagi asosiy jihatlardan biri –rahbar shaxsiga xos ustunlikka intilish. Aynan shu sifat rahbarning tashabbusni oʻz qoʻliga, murakkab vaziyatda mas'uliyatni oʻz boʻyniga olishiga va guruhga etakchilik qilishiga zamin yaratadi. Bu holat olim Ralf Stogdillning «Rahbar qoʻllanmasi»da boshqaruvga oid zarur xislatlar roʻyxatida birinchi oʻringa qoʻyiladi. “Dominantlik” soʻzi bir necha ma'noni bildiradi. Rahbarlik mavzusidan kelib chiqilsa, “oʻzgalarga ta'sir etish” degan ma'noni anglatadi. Yuqorida ta'kidlangan ma'nodagi «ta'sir etish» iborasi hissiyot tufayli oʻzgalarni oʻziga jalb eta bilish, oʻzaro munosabat natijasida oʻziga nisbatan xayrixohlik tuygʻusini shakllantirishni anglatadi. Chunki tashkilotning ilgʻor faoliyati uchun rahbar zimmasidagi majburiyat va vakolatlarning oʻzi etarli emas. Boshqaruv sohasi mutaxassislari G.Kuns va S.Donnelning fikricha, “Agar xodimlar rahbariyat tomonidan oʻrnatilgan tartib-qoidalargagina rioya etib mehnat qilganlarida, ular imkoniyatlarini 60–65 % ishlata olar va oʻz majburiyatlarini bajarib, ishdan boʻshamaslikka bahona topar edilar. Xodimlarning qobiliyatidan toʻla foydalanish niyatida boʻlgan rahbar ularda shunga loyiq his-tuygʻuni uygʻota olishi lozim”. Bu oʻrinda rahbarning etakchilik qobiliyati namoyon boʻladi. Tashkilot doirasidagi norasmiy munosabatlar tizimida peshqadam rahbargina oʻz xodimlari qobiliyatini jamoa ishiga toʻliq, ya'ni 100 foiz jalb eta olishi mumkin. Rahbarga xos fazilatlardan yana biri vazminlik va sabr-bardoshlilik. Ma'lumki, rahbar turli dunyoqarashga ega boʻlgan odamlar bilan ishlaydi. Binobarin, oʻzaro kundalik muloqotda unga atrofdagilarning salbiy yoki ijobiy his-tuygʻulari tez «yuqishi» mumkin. Shuning uchun rahbar ziddiyatli vaziyatlarda boshqalarning ta'siriga berilmaslik, balki ogʻir-bosiqlik bilan, oqilona qaror qabul qilish bilan ta'sir eta olishi kerak. Shaxsning bu fazilati, bir tomondan, tugʻma boʻlsa, ikkinchi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda ishlab chiqarish, sanoat, korxonalar va boshqa koʻplab sohalar faoliyatini talab darajasida tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda rahbarning oʻrni katta ekanligi haq…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda ishlab chiqarish, sanoat, korxonalar va boshqa koʻplab sohalar faoliyatini talab darajasida tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda rahbarning oʻrni katta ekanligi haq… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- leader, youth, society, production, industry, enterprise, activity, korxona, yoshlar, faoliyat., sanoat, rahbar, jamiyat, ishlab chiqarish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025