К содержанию
РецензированоUZ2026

SUN’IY YO‘LDOSH TIZIMIDAGI GPSDA GEODEZIK O‘LCHASH ISHLARINI BAJARISHNING GEOGRAFIK JIHATLARI

BAJARISHNING GEOGRAFIK JIHATLARI · Karimov I.E. · Елисеева Н.А.

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi kundagi geodezik o‘lchash ishlarini bajarishda zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash ishlash tamoyillari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Geodezik asboblar, GPS, GLONASS, GPS signal qabul qiluvchi, antenna balandligi, operator kodi, sun’iy yo‘ldosh. Respublikamiz istiqlol yo‘lini tanlab, mustaqillikka erishganidan so‘ng sanoatda, qurilishda, ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa ko‘pgina tarmoqlarida barqaror ilmga asoslangan rivojlanishni talab etmoqda. Shuning uchun ishlab chiqarishning qator tarmoqlarida zamonaviy texnologilar talab sezirarli darajada ko‘paydi. Masalan, hozirgi kunda geodeziya sohasida ishlab chiqarish nazariyasi va amaliyoti misli ko‘rilmagan rivojlanish pog‘onasiga ko‘tarildi. U haqda zamonaviy texnologiyalar va elektron geodezik asboblarning xalq xo‘jaligiga tadbiq etilganligi va qo‘llanilishi guvohlik beradi. Topografik-geodezik ishlar tizimida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan GPS va GLONASS sun’iy yo‘ldosh tizimlarini, geoinformasion tizimlarni, raqamli va lazerli-elektron o‘lchash va hisoblash texnikalarini, shuningdek lazerli skanerlash texnologiyalarini ishlab chiqarishga tadbiq etilmoqda [1]. Geodeziya o‘z rivojlanishi mobaynida yangidan-yangi ma’no kashf etdmoqda, zamonaviy lazerli va elektron geodezik asboblarga, zamonaviy texnologiyalarga, geodezik o‘lchash va suratga olish usullariga hamda o‘lchash va suratga olish natijalarini qayta hisoblash usullariga ega bo‘ldi. Shu bilan birgalikda ko‘pgina boshqa muhandislik fanlari geodeziyaning yordami va yutuqlariga tayanib kelmoqdalar. Zamonaviy geodezik o‘lchash ishlari sanoat korxonalarida, qurilishda, ishlab chiqarish korxonalarida va xalq xo‘jaligining boshqa turli sohalarida sanoat va fuqaro qurilishida, yo‘llar, bino-inshootlar, truboprovodlar, kanallar, aerodrom, stansiya va boshqa ob’yektlarning o‘rnini aniqlash, ularning plan va kartalarda o‘rnini belgilash, loyihalarini chizish va ularni joyga ko‘chirish, qurish, ulardan foydalanish shular jumlasidandir. Katta ma’suliyat talab etadigan bunday murakkab ishlar avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishni taqozo etadi Shu sababdan, o‘lchash ishlarini bajarishda zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Geodezik o‘lchash ishlarini tez va sifatli bajarish maqsadida zamonaviy GPS signal qabul qiluvchini qo‘llash tavsiya etiladi Maxsus o‘lchash vositalari va usullari zamon talablarini e’tiborga olib, fan-texnikaning so‘nggi yutuqlariga tayangan holda ishlab chiqarilmoqda. GPS signal qabul qiluvchilari xozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasining barcha geodezik bulimlarida geodezik tarmoqlarni yaratishda, aerosuratlarni planli bog‘lashda, topografik va kadastr s’yemkalarini bajarishda keng qo‘llanib kelinmokda. GPS signal qabul qiluvchining yana bir afzalligi undan sutkaning 24 soatida ham foydalanishimiz mumkin. 49 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL Hozirgi kunda geodezik ishlarni bajaruvchi turli korxonalar zamonaviy geodezik asboblar bilan qurollangan. Bu borada respublikamiz rahbariyatining tashabbuslariga ko‘ra, zamonaviy geodezik asboblarni ishlab chiqaruvchi chet-el firma va kompaniyalari bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzilgan. Bu esa o‘z navbatida hozirda mutaxassislarimiz zamonaviy geodezik asboblar yordamida eng ma’suliyatli xalq xo‘jaligi ishlarini bajarishda qo‘llanilmoqda. Mazkur maqolada ikki chastotali Leica Geosystems (Shvesariya) firmasida ishlab chikarilgan Leica – 500 GPS signal qabul qiluvchining o‘lchov ishlarini «Statika» usuli yordamida amalda bajarish ko‘rsatildi. Leica Geosystems (Shveysariya) firmasida ishlab chikarilgan GPS signal qabul qiluvchining rasmi. (1- rasm) Statika usuli - sun’iy yo‘ldoshlar yordamida geodezik o‘lchash ishlarining «klassik» usullaridan biridir. Bu usulda bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq GPS signal qabul qiluvchi uzoq vaqt davomida o‘lchash ishlarini bajaradi [2, 4]. O‘lchash ishlari vaqtida sun’iy yo‘ldoshlarning geometrik joylashgan o‘rni o‘zgaradi, bu esa aniqlik masalasini yechishda muhim rol o‘ynaydi. Uzoq vaqt o‘lchash natijasida sikllarning uzulish oraliqlarini va ularni to‘g‘ri modellashtirishga imkon yaratadi. Statika usuli yuqori aniqlikdagi geodezik ishlarni bajarishda, 15-20 km.dan ortiq masofadagi vektorlarni o‘lchashda va sun’iy yo‘ldoshlarning minimal ko‘rinishida xam bajarish mumkin. O‘lchash ishlarining seans davomiyligi vektor uzunligiga, bir vaqtning o‘zida kuzatilayotgan sun’iy yo‘ldoshlar soni, signal qabul qiluvchilar tipiga (bir va ikki chastotali) va talab qilinayotgan aniqlikga bog‘lik. O‘lchash jarayonida ya’ni 90% vaqt mobaynida GPS signal qabul qiluvchi kamida to‘rtta sun’iy yo‘ldoshdan signal qabul qilishi shart [3]. Statika usuliga kuyiladigan asosiy talablar: - Signal jo‘natayotgan sun’iy yo‘ldoshlar soni 4 dan kam bo‘lmasligi kerak. - Informatsiya yig‘ish va qabul kilish intervali - 20 sek. bo‘lishi kerak. Stansiyada ish shtativga o‘rnatilgan antennani o‘rnatishdan va uning balandligini aniq o‘lchashdan bosh

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada hozirgi kundagi geodezik o‘lchash ishlarini bajarishda zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash ishlash tamoyillari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada hozirgi kundagi geodezik o‘lchash ishlarini bajarishda zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash ishlash tamoyillari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
GLONASS, sun’iy yo‘ldosh., Geodezik asboblar, antenna balandligi, operator kodi, GPS, GPS signal qabul qiluvchi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники