К содержанию
РецензированоUZ2025

XORIJIY MAMALAKATLARDA KADASTR TIZIMIGA GEOGRAFIK YONDASHUVLAR HAQIDA

YONDASHUVLAR HAQIDA · Karimov I.E. · Qarshiboeva Burma Turgʻunboy qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqolada Yer kadastrining qoʻllanilishi va yer maydonlarini oʻlchash bilan doimiy ravishda yer kadastrining usul va shakllariga mos holda oʻzgarib kelganligi hamda har bir davlatning qudrati soliqqa bogʻlik boʻlib, foydalanadigan yerlar oʻlchangan va hisobga olingan ma’lumotlarga bogʻlikligi haqidagi ma’lumotlar tahlil qiligan Kalit soʻzlar: Yer kadastri, yer maydonlari, Milan kadastri, relyef omili, gidrogeologik omil, parsellyar , kadastr, iqlim, antropogen ta’sir Yer kadastrining qoʻllanilishi, yer maydonlarini oʻlchash bilan doimiy ravishda uzviy bogliq boʻlib kelgan. Vaqtning oʻtishi bilan yer kadastrining usul va shakllari tarixan oʻzgarib kelgan. Har bir davrning kadastri hukmron sinfning manfaatini ifodalagan. Qadimda ham, oʻrta asrlarda ham barcha mamlakatlarda ekin maydonlariga soliq solish odat tusiga kirgan. Chunki, xar bir davlatning qudrati soliqqa bogʻlik boʻlib, foydalanadigan yerlar oʻlchangan va hisobga olingan. Qadimda ham, oʻrta asrlarda xam barcha mamlakatlarda ekin moydonlariga soliq solish odat tusiga kirgan. Zero, davlat qudrati soliqqa bogʻliq. Ishni bajarish uchun esa foydalaniladigan yerlar oʻlchangan hisobga olingan. Demak yer hisobi, undan olingan hosil hisobi boʻlgan. Rim kadastri haqidagi maʼlumotlar eramizdan oldingi V - asrlarga mansub hosoblanadi. Angliyada yer soligʻi 991 yildan boshlab joriy etilgan 1066 yilda esa kadastr tuzilgan. Fransiyada birinchi kadastr “hisob kitobi” 1269 yildan boshlab yozilgan. Yer kadastrining qoʻllanilishi, yer maydonlarini oʻlchash bilan doimiy ravishda uzviy bogʻlik boʻlib kelgan [7]. Vaqtning oʻtishi bilan yer kadastrining usul va shakllari tarixan oʻzgarib kelgan. Har bir davrning kadastri hukmron sinfning manfaatini ifodalagan. Qadimda ham, oʻrta asrlarda ham barcha mamlakatlarda ekin maydonlariga soliq solish odat tusiga kirgan. Chunki, xar bir davlatning qudrati soliqqa bogʻlik boʻlib, foydalanadigan yerlar oʻlchangan va hisobga olingan. Yer kadastri Qadimiy Rimda mavjud boʻlib, yerdan olinadigan soliqlar belgilanib borilgan. Qadimiy Misr va Vizantiya mamlakatlarida yer resurslarini hisobga olish va yerlarning haqiqiy bahosini belgilash uchun kadastr ma’lumotlaridan foydalanilgan. Sharqiy Yevropada yerni ilk bor kadastrli baholash XVIII asrning boshlarida amalga oshirila boshlangan. Yevropa mamlakatlarida koʻrgazma sifatida “Milan kadastri” deb nomlangan dastur qabul qilingan. Ushbu dasturda kadastrning quyidagi vazifalari koʻrsatilgan edi: har bir yer chastkalarining rejalari tuzilib, yer maydonlarining chegaralari, yerlarning sifati, yerdan olinadigan oʻrtacha hosildorligi va olinadigan sof foyda miqdori aniqlanib borilgan va kadastr kitobiga kiritilgan. Angliyada yer soligʻi 991-yildan boshlab joriy etilgan [6]. Fransiyada birinchi“kadastr xisob kitobi”1269-yildan boshlab yozila boshlagan. 1790 yilda Fransiyaning Milliy majlisi tomonidan oʻta nomutanosib boʻlgan soliqlar bekor qilinib, xar bir yer uchastkalaridan olingan sof foydaga nisbatan yer soligʻini olish qabul qilindi. Boshida baholash 46 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” komissiyasi tomonidan yer egalarining fikrlari bilinib, haqiqiy yer holati aniqlangan, hamda qoʻshimcha soliqlar belgilanib, daromad miqdoriga qarab teng ravishda taqsimlangan. Ammo sof vijdonlilikka qaratilgan hisob-kitoblar oʻzini oqlamadi. Shu sababli 1798 yilda bu mamlakatda yerni baholashning yangi usuli belgilandi: ya’ni yerni baxolash baholovchilarning vijdoniyligiga qarab emas, balki sof foydani aniqlash orqali amalga oshiriladigan boʻldi [3]. Mamlakatning har bir joylaridan bir nechta yer uchastkalari ajratilib olinib suratga tushirilar va yerlar baholanar edi. Tez orada yerlarni suratga olish va baholash tanlab emas, balki barcha yer uchastkalarida amalga oshirila boshlandi. Bu esa, ular orasida soliqlarni teng ravishda boʻlinishiga imkon yaratdi. Shu sababli 1807 yilda qabul qilingan qonunga asosan “parsellyar” li yer uchastkalarini “hisobkitob” qilish kadastriga oʻtildi. Yer uchastkalari toʻliq suratga tushirilib, rejalari tuzilgandan keyin, hujjatlar baxolash-ekspert komissiyasiga berilgan. Baxolash ekspertlari yerning haqiqiy holatini kuzdan kechirib, yerning sifatini, qaysi ekin turi ekilishini va qaysi sinfga mansubligini aniqlab, oʻrtacha sof foyda miqdorini belgilab bergan. Bunda qishlok xoʻjalik maxsulotlarining baxosi keyingi 15 yildagi oʻrtacha miqdoriga karab olingan. Kadastr xizmatiga Moliya vazirligi raxbarlik qilgan. Kadastr bilan shugʻullanuvchilar ikki guruhga boʻlingan: birinchi guruhga yerni oʻlchab beruvchi geometrlar, ikkinchisiga solik nazoratchilari va yerlarni sinflarga boʻluvchi shaxslar kirgan. Avstriyada yer kadastri XIX asrning birinchi yarmida ilk bor oʻtkazilgan. U paytlarda bu mamlakatda qonuniy ravishda yerlarni chegaralash kadastr bilan bogʻliq emas edi. Kadastr tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida soliqlar boʻlinar va har bir shaxsga yetqizilar edi. Fransuz va Avstriyaliklarning eng katta va asosiy kamchiliklari shun-dan iborat ediki, ular h

Доказательный фрагмент

«Maqolada Yer kadastrining qoʻllanilishi va yer maydonlarini oʻlchash bilan doimiy ravishda yer kadastrining usul va shakllariga mos holda oʻzgarib kelganligi hamda har bir davlatning qudrati soliqqa bogʻlik boʻlib, fo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Yer kadastrining qoʻllanilishi va yer maydonlarini oʻlchash bilan doimiy ravishda yer kadastrining usul va shakllariga mos holda oʻzgarib kelganligi hamda har bir davlatning qudrati soliqqa bogʻlik boʻlib, fo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yer maydonlari, iqlim, relyef omili, Milan kadastri, Yer kadastri, parsellyar, gidrogeologik omil, antropogen ta’sir, kadastr
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники