Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SANGZOR DARYO HAVZASI TABIATIDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI
G‘o‘dalov Mirkomil Ravshanovich · Qosimov Nurmuxamad Dursinovich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
ushbu tezisda tabiatdan foydalanishning geografik asoslari turli manbalarni tahlil qilgan holda, Sangzor daryo havzasi tabiatidan foydalanish masalalari havzaviy yondoshuv asosida ochib berilgan. Kalit so‘zlar: tabiatdan foydalanish, Sangzor daryo havzasi, havzaviy yondoshuv, tabiatdan foydalanish turlari. Kirish. Tabiat va uning resurslaridan oqilona foydalanish hozirgi kunning muhim dolzarb vazifalaridan biri hisonlanadi. Shu o‘rinda tabiatdan foydalanish termini haqida to‘xtalib o‘tish joiz. Bu termin dastlab ХХ asrning 50-yillari oхirida ekolog Y.N.Kurajkovskiy tomonidan taklif qilingan. U o‘zining 1969 yilda nashr ettirgan “Tabiatdan foydalanish asoslari” kitobida quyidagicha tarif bergan. Tabiatdan foydalanish - bu tabiat va uning resurslaridan bevosita foydalanish, yoki uning ta’siridagi o‘zgarishlar bilan amalga oshadigan barcha faoliyatlarining umumiy tamoyillarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan mustaqil ilmiy-ishlab chiqarish fanidir” [3]. Shuningdek, R.Ballieva, I.Turdimambetovlarning (2020) "Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari" deb nomlangan darsligida, tabiatdan foydalanish deb - inson tomonidan tabiatning barcha foydali tomonlarini o‘ziga olish jarayoni natijasida yuz beradigan jamiyat va tabiat o‘rtasidagi aloqalarning turlariga aytiladi [1]. Geograflar har doim tabiatni muhofaza qilish va uning resurslaridan oqilona foydalanish hamda tabiatni qayta o‘zgartirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelgan. Jumladan, tabiatdan foydalanish masalalari bo‘yicha ishlar olib borgan xorij olimlaridan V.A.Anuchin, Y.K.Efremov, A.A.Komar, A.A.Mins, T.G.Runova, V.S.Preobrajenskiy va boshqalarni keltirish mumkin. Mamlakatimiz geograflari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ham tabiatdan kompleks foydalanish masalalarida ham bir qancha tadqiqotlar olib borilgan, Jumladan, V.N.Federko (2018) tabiatdan foydalanishning ixtisoslashuvi va hududiy tarkibiga ko‘ra, O‘zbekiston qishloq tumanlarining 14 ta tipologiyasi ishlab chiqilgan [2]. Shuningdek, tumanlar doirasida ham tabiatdan foydalanish masalalari turli yondoshuvlar asosida olib borilgan. Shunday tadqiqotlardan biri K.A.Xakimov (2022) tomonidan olib borilgan, Baxmal tumani tabiatidan foydalanishni landshaft rejalashtirish asosida takomillashtirishga oid tadqiqot ishlari muhim axamiyatga ega. K.A.Xakimov tuman landshaftlarini xo‘jalikda foydalanish nuqtai nazaridan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarida baholash ishlarini olib borgan. Asosiy qism. Yuqorida olib borilgan tadqiqotlardan ko‘proq ma’muriy birliklar bilan chegaralangan hududlarda tabiatdan foydalanish masalalari tadqiq qilinganligini anglash mumkin. Bu esa ma’lum bir statistik ma’lumotlarni olish va tahlil qilishni bir muncha osonlashtiradi. Biz olib borayotgan tadqiqotimizda esa aynan bitta viloyat yoki tuman doirasida emas, balki o‘ziga xos tabiiy chegaraga ega bo‘lgan geotizim Sangzor daryo havzasi doirasida olib borilishi 38 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” bilan ajralib turadi. Bu esa tadqiqot davomida oziga xos bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, aynan bitta ma'muriy birlikdagi tarmoq tashkilotlari ma’lumotlaridan emas ularning bir qanchasi ma’lumotlarini olish; ikkinchidan, olingan ma’lumotlar va statistik ko‘rsatkichlarni havza doirasida saralash; uchunchidan, tahlillar asosida keltirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish. Hozirgi kunda Sangzor daryo havzasi tabiati va uning resurslaridan quyidagi maqsadlarda foydalanib kelinmoqda: 1-rasm. Sangzor daryo havzasida tabiatdan foydalanish turlari Sangzor daryo havzasi hududining katta qismidan dehqonchilik maqsadlarida foydalaniladi. Hudud tog‘ va tog‘oldi hududlaridan tashkil topganligi sababli, bu hududlarning katta qismidan dehqonchilik maqsadlarida foydalaniladi. Bizga ma'lumki dehqonchilikning sug‘orma va lalmi turlari mavjud. Havza hududida Sangzor daryosi bo‘ylarida, soy suvlarining konus yoyilmalarida, G‘allaorol tumani hududining Tuyatortar kanali oqib o‘tgan hududlarda dehqonchilikning sug‘orma turi rivojlangan. Shuningdek, havzaning adir, tog‘oldi mintaqalarining oddiy bo‘z, och tusli bo‘z va jigarrang tuproq turlari tarqalgan hududlarida lalmi dehqonchilikda keng foydalaniladi. Sangzor daryo havzasida yerdan foydalanish darajasiga ko‘ra, ekin ekiladigan (861 km2) maydonlar, eng katta hududlarni egallagan bo‘lib, umumiy havza hududining 33 % dan ortiq qismini tashkil qiladi (1-jadval). 1-jadval Sangzor daryo havzasida yerdan foydalanishning ayrim ko‘rsatkichlari (2000-2020) Maydon, km2 T/r Yer foydalanish turi 2000 2020 o‘zgarish, % 1 Ekin maydonlari 781 861 10 Semiarid (yarim 2 868 785 -9 qurg‘oqchil) yerlar Qalin o‘sgan past bo‘yli 3 730 655 -10 o‘simliklar 4 Bino va inshootli maydonlar 107 181 69 Daraxtlar bilan qoplangan 5 82 81 -1 hududlar Havza hududida Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov va Bulung‘ur tumanlari va Jizzax shahar hududlari joylashgan. Shu sababli havza tabiatidan foydalanish masalalari ham shu ma‘muriy birliklar doirasida amalga oshiriladi. 39 RESPU
Доказательный фрагмент
«ushbu tezisda tabiatdan foydalanishning geografik asoslari turli manbalarni tahlil qilgan holda, Sangzor daryo havzasi tabiatidan foydalanish masalalari havzaviy yondoshuv asosida ochib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu tezisda tabiatdan foydalanishning geografik asoslari turli manbalarni tahlil qilgan holda, Sangzor daryo havzasi tabiatidan foydalanish masalalari havzaviy yondoshuv asosida ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- havzaviy yondoshuv, tabiatdan foydalanish turlari., tabiatdan foydalanish, Sangzor daryo havzasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025