Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHUMQOR TOG‘ YONBAG‘RI SUV HAVZALARI VA ULARNING EKOLOGIK HOLATI
Mirkomil G‘o‘dalov · Dildora Ahmedova
Современная наука и исследования · 2000
Аннотация
Mazkur maqolada, Chumqor tog‘ yonbag‘ridagi Sangzor havzasiga yer usti va osti suvlarining hozirgi ekologik holat, ularga ta’sir etuvchi omillar va ularni yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan iborat. Kalit so‘zlar: Chumqortogʻning shimoliy yonbagʻrlari, Sangzor daryo havzasi, Guralash, Bayqo‘ng‘irsoy, Ko‘kjar, Oqqo‘rg‘on, Tangatoptisoy, Jo‘m-Jo‘m, ekologik holat, lokal doir. Suv – inson hayoti va tabiat uchun eng muhim tabiiy resurslardan biridir. U nafaqat ichimlik suvi sifatida, balki qishloq xo‘jaligi, sanoat va energetika kabi sohalarda ham keng qo‘llaniladi. Shu boisdan chuchuk suvga bo‘lgan talab ortib bormoqda, lekin uning manbalari cheklangan. Bu esa suv tanqisligi, ekologik muammolar va ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. Hozirgi kunda suv muammosi - global muammoga aylanib bormoqda. Tadqiqotlar jarayonida suv muammosini lokal masshtabda bo‘lgan Chumqortogʼning shimoliy yonbagʻrlari misolida o‘rganib va tahlil qilib chiqildi. Chumqortogʻi va uning shimoliy yonbag‘irlari - Jizzax viloyatining janubiy qismida joylashga togʻ bo‘lib, Turkiston tizmasining bevosita davomi hisoblanadi. Chumqortog‘ G‘o‘ralash dovonidan boshlanib, uzunligi 70 km ni tashkil qiladi. Chumqortog‘ g‘arbdan sharqqa qarab cho‘zilgan bo‘lib, Zarafshon va Sangzor daryo havzalari o‘rtasida suvayrig‘ich vazifasini bajaradi. Baxmal tumanidagi daryo va soylarning asosiysi Chumqortogʻning shimoliy yonbagʻrlaridan 2000-3300 m balandlikdan boshlanadi va tumanning asosiy qismini suv bilan taʼminlaydi. Bu daryolardan eng kattasi Sangzor daryosi boʻlib, u Chumqortogʻning shimoliy yonbagʻridan boshlanadigan irmoqlardan tashkil topgan. Chumqortog‘ning shimoliy qismidagi daryolarning oqim miqdori har 1 km2 maydonga 3,3 l/sek dan 11,7 l/sek gacha ortib boradi. Sangzor daryo havzasi ham o‘z navbatida bir qancha katta-kichik soy havzalarining o‘zaro qo‘shilishidan paydo bo‘ladi. Bu soy havzalarning eng sersuvlari Cumqorto‘gining shimoliy yonbag‘ridan oqib tushuvchi soylar hisoblanadi. Jumladan, Guralash, Bayqo‘ng‘irsoy, Ko‘kjar, Oqqo‘rg‘on, Tangatoptisoy, Jo‘m-Jo‘m, Suariqsoy, Baxmazor soy, Novqa, Quruqsoy, Qorasuv, Yonboshtutsoy va Tangi kabi soylarni kirishimiz mumkin. Soylarning atrofi o‘ziga xos tabiat manzaralarini hosil qilgan bo‘lib, har birini alohida-alohida kompleks sifatida o‘rganishni taqoza qilmoqda. So‘ngi yillarda ushbu hududlarda ekoturizmni tadrijiy rivojlanishi natijasida, Guralash, Bayqo‘ng‘irsoy, Ko‘kjar, Oqqo‘rg‘on, Tangatoptisoy va Jo‘m-Jo‘m kabi soylarning yuqori va o‘rta oqimlarida dam oluvchilar soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Soy bo‘ylarida dam oluvchilar tomonidan gulxan yoqib ovqat tayyorlashi, cho‘milish va tabiiy qirg‘oqlarning o‘zgartirilishi kabi holatlar kuzatilmoqda. Natijada, soy havzalarining ekologik holati lokal doirada yomonlashib bormoqda. Chumqortog‘ va uning tog‘ oldi tekisliklari soylar bilan bir qatorda, buloqlarga ham boy hisoblanadi. Buloqlarning asosiy oziqlanish manbayi erigan qor suvlari va yomg‘irlar bo‘lib, 35 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL ularning hosil bo‘lish sharoitida kuchli yemirilgan hamda yoriqlarga to‘la bo‘lgan paleozoy tog‘ jinslari muhim rol o‘ynaydi. Tog‘ tizmalari va yonbag‘irlari silur, ayniqsa, devon davrining ohaktoshlaridan tuzilgan. Bu tog‘ jinslari tektonik yoriqlar va nurash yoriqlaridan iborat. Shuning uchun past va o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar asosan yer osti suvini yig‘uvchi manba hisoblanadi. Kuchli yoriqlardan iborat bo‘lgan va karst jarayonlari taraqqiy etgan ohaktoshlarida juda ko‘p doimiy harakatdagi buloqlar paydo bo‘lgan. Ularning suv sarfi 50-70 l/sek yetadi. Buloqlarning sersuvligi va ularning sarfi ko‘proq tektonik yoriqlar bilan bog‘liq. Masalan, tektonik yoriqlar kuchli bo‘lgan ohaktoshlarda buloqlarning suv sarfi 40-50 l/sek ga oshadi. Tektonik yoriqlar kam bo‘lgan joylarda esa buloqlarning suv sarfi 20-30 l/sek ga ham yetmaydi. Bu buloqlar orasida eng kattalari O‘smat ota bulog‘i, Novqa ota bulog‘i, Malik Ajdar bulog‘i, Bibi Oysha bulog‘i, Saʼd ibn Abu Vaqqos, Qizilsuv bulog‘i, Bog‘imozor va Xo‘ja ko‘ndalang buloqlari hisoblanadi. Hududda ayniqsa buloqlar bilan bog‘liq bo‘lgan ziyoratgohlar alohida ajralib turadi. Sababi, ziyoratgoh hududidagi buloqlar yaxshi saqlanib qolingan. Ushbu buloqlar mahalliy aholi uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga, hududning ekologik muvozanatini saqlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Ammo antropogen omillar va iqlim o‘zgarishi tufayli bu buloqlarining ekologik holati yildan yilga yomonlashib bormoqda. Xulosa. Suv havzalari va buloqlarga antropogen omillarning taʼsiri yildan-yilga toboro kuchayib bormoqda. Bu o‘z navbatida suv havzalarining qurishi va ifloslanishiga olib kelmoqda. O‘tgan asrning 90 yillariga qadar, togʻ yonbagʻrlarida aholi va uning tabiatga kuchli taʼsir koʻrsatmagan edi. Ammo so‘ngi yillarda aholining keskin koʻpayishi, togʻ yonbagʻrlarining oʻzlashtirilishi, suv manbalaridan ayovsiz va tartibsiz foydalanish oqibatida yer us
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada, Chumqor tog‘ yonbag‘ridagi Sangzor havzasiga yer usti va osti suvlarining hozirgi ekologik holat, ularga ta’sir etuvchi omillar va ularni yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan i…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada, Chumqor tog‘ yonbag‘ridagi Sangzor havzasiga yer usti va osti suvlarining hozirgi ekologik holat, ularga ta’sir etuvchi omillar va ularni yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tangatoptisoy, ekologik holat, Bayqo‘ng‘irsoy, Ko‘kjar, Sangzor daryo havzasi, Guralash, Oqqo‘rg‘on, Chumqortogʻning shimoliy yonbagʻrlari, lokal doir., Jo‘m-Jo‘m
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026