К содержанию
РецензированоUZ2025

TUPROQ BONITIROVKASI TABIIY GEOGRAFIK KOMPLEKSLARNI QISHLOQ XO‘JALIK UCHUN BAHOLASH ASOSI SIFATIDA (BUXORO VILOYATI VOHALARI MISOLIDA)

Tashov Xudoynazar Ramazonovich · Nasullaeva Kamola Sharofovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

maqolada Buxoro viloyatining Buxoro, Qorako‘l va Qorovulbozor vohalari sug‘oriladigan yerlarida tuproq bonitirovkasi asosida tabiiy geografik komplekslarning qishloq xo‘jalik uchun baholashda asos bo‘lishi bo‘yicha munosabatlar bildirilgan. Kalit so‘zlar: Buxoro viloyati, Buxoro, Qorako‘l, Qorovulbozor, voha, sug‘oriladigan yerlar, tuproq bonitirovkasi, hosildorlik, tabiiy geografik kompleks, qishloq xo‘jalik, baholash. Kirish. Mamlakatimiz olimlari va yosh ilmiy tadqiqotchilar tomonidan keyingi 20-30 yil ichida bajarilayotgan ko‘plab ishlar jumladan, iqtisodiyotni rivojlantirish, aholining yashashi va sog‘ligi nuqtai nazaridan tabiiy geografik komplekslarni baholash, geografik bashorat qilish va tabiat muhofazasiga qaratilgan. Shular orasida, tabiiy geografik komplekslarni qishloq xo‘jaligi nuqtai nazaridan o‘rganish dolzarb masalalardan sanaladi. Bugun yuqoridagi tadqiqotlar mazmunida tabiiy geografik komplekslarlarning strukturasi va hayotiy faoliyatiga bo‘ladigan inson ta’sirini har tomonlama tahlil qilish hamda ularni muhofaza qilish, yaxshilash va oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ustuvorlik qiladi [1]. Darhaqiqat, bu kabi tavsiyalarni Buxoro viloyatining Buxoro, Qorako‘l va Qorovulbozor vohalari sug‘oriladigan yerlarida qishloq xo‘jaligining rivojlanishi bo‘yicha ishlarda ko‘p bor uchratdik. Yoki Buxoro viloyati yer resurslarini o‘rgangan iqtisodchilar tomonidan bajarilgan ishlarda esa tabiiy asosni ko‘p ham hisobga olmaslik hollari mavjud. Demak, asosiy muammo bu tabiiy geografik komplekslarni baholashning umumilmiy geografik asoslaridan biri tuproq bonitirovkasi hisoblanadi [2,3]. Asosiy qism. Muayyan hududdagi yer resurslarini doimiy kuzatib, yerning tabiiy, iqtisodiy va huquqiy holati to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plashga va shu asosda yerni sifat jihatdan baho berishga yer kadastri deyiladi. yer kadastri yerdan foydalanishni va foydalaniladigan yerlarni hisobga oladi, yerlarni iqtisodiy jihatdan baholaydi va ularning qishloq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlarini ifodalaydi. Yer kadastri yer tuzish, qishloq xo‘jaligini rejalashtirish, melioratsiya va soliqlarni hisoblashning ilmiy negizidir [2]. Bugungi kunda yer kadastri yerning tabiiy holati, xo‘jalik va huquqiy ahvoli to‘g‘risidagi uzluksiz takomillashib boradigan ishonchli ma’lumotlar tizimi hisoblanadi. Yerning sifati tuproqning muayyan vaqtdagi holati (unumdorligi, shamol va suv eroziyasi, sho‘rlashishga moyilligi, meliorativ holati)ga qarab baholanadi. Mana shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlari va ekinlar maydonidagi tegishlicha o‘zgarishlar yil nihoyasidagi yakuniy hisobotlarga kiritib boriladi va qat’iy tartibga solib turiladi. Yer kadastrining asosiy maqsadi yerning sifatini baholash hisoblanadi. Yerning muayyan davrda tuproq holati (uning turi, ko‘rinishi, unumdorligi), qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va ekinlar tarkibining o‘zgarishi (shamol va suv eroziyasi, yerning meliorativ holatining yomonlashishi, sho‘rlashishi)ga qarab belgilanadi. yer kadastrining asosini tuproq bonitirovkasi 24 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” tashkil etadi. Tuproq bonitirovkasi deb, yer resurslarini sifat jihatdan qiyosiy baholashga aytiladi. Tuproq bonitirovkasi tuproq hosildorligiga qarab belgilanadi va odatda 100 balli shkala asosida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda bonitirovka asosini paxta hosili tashkil etadi. Paxtadan gektariga 40 s hosil beradigan yerlar 100 balli bonitetga teng deb olinadi. Tuproq bonitirovkasi yuqori, o‘rta va past bonitetga bo‘linadi. Eroziyaga uchramagan tipik va bo‘z tuproqlar yuqori bonitet (80-100 ball), daryo deltalarida joylashgan sho‘rlashgan, sug‘oriladigan o‘tloq-qayir tuproqlar o‘rtacha bonitet (40-60 ball), kuchli sho‘rlangan, toshloq, taqirli, sur-qo‘ng‘ir va gilli tuproqlar past bonitet (10-39 ball) bilan baholanadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda donli ekinlar yetishtirish ham ixtisoslashgan sohaga aylandi. Demak, endi tuproq bonitirovkasida bu soha imkoniyatlarini ham hisobga olish lozim. Taniqli olimlardan I.Stepanov (1970) “O‘rta Osiyo - gidrotermik keskinliklar va rang-barang tuproq qoplamiga ega bo‘lgan o‘lka”, - deb ta’riflagan. Buxoro viloyati hududi mamlakatimizning Zarafshon daryosi deltasi va terrasalarida joylashgan. Shuning uchun sho‘rlashgan, sug‘oriladigan o‘tloq-qayir tuproqlar shakllangan. Albatta, uzoq o‘tmishdan beri aholining xo‘jalik faoliyati tufayli Buxoro viloyati sug‘oriladigan yerlarining sifati o‘zgarib turibdi. Jumladan, keyingi yillarda bu sifat ko‘rsatkichlarini vohalar va tumanlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, asosan 1990, 1999, 2004, 2011 va 2020 yillar orasidagi o‘zgarishlarda muammolar darhol ko‘zga tashlanadi. Dastlab, viloyatning shimoliy tumanlari (Buxoro, Romitan, Vobkent, Shofirkon, G‘ijduvon, Peshku) boniteti 2004 yilda o‘rtacha VI klass, 51-60 ball bonitetida bo‘lgan. Buxoro tumanida 2004 yil 54 ballni, 2011 yilda 55 ball bo‘lgan. Vobkent tumanida 2004 yilda 52 ball, 2011-yilda esa 54 ball. Shofirkon, Peshku, Romitan

Доказательный фрагмент

«maqolada Buxoro viloyatining Buxoro, Qorako‘l va Qorovulbozor vohalari sug‘oriladigan yerlarida tuproq bonitirovkasi asosida tabiiy geografik komplekslarning qishloq xo‘jalik uchun baholashda asos bo‘lishi bo‘yicha mu…»

Образец извлечения

Демо-превью

maqolada Buxoro viloyatining Buxoro, Qorako‘l va Qorovulbozor vohalari sug‘oriladigan yerlarida tuproq bonitirovkasi asosida tabiiy geografik komplekslarning qishloq xo‘jalik uchun baholashda asos bo‘lishi bo‘yicha mu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
baholash., Buxoro, tabiiy geografik kompleks, qishloq xo‘jalik, tuproq bonitirovkasi, sug‘oriladigan yerlar, Qorako‘l, Buxoro viloyati, hosildorlik, Qorovulbozor, voha
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники