К содержанию
РецензированоUZ2025

MUSTAQILLIK YILLARIDA SURXONDARYO VILOYATI AHOLI SONI VA DINAMIKASIDAGI O‘ZGARISHLAR

DINAMIKASIDAGI O‘ZGARISHLAR · Tojiyeva Zulxumor Nazarovna · Pardayev Nodirbek Saidahmadovich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqolada Surxondaryo viloyati aholisi soni dinamikasining mustaqillik yillarida o‘zgarishi tahlil qilingan. Shuningdek, aholi sonidagi o‘zgarishlar viloyat tumanlari bo‘yicha o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Surxondaryo viloyati, aholi soni, dinamikasi, o‘sish sur’ati, tug‘ilish, o‘lim, o‘rtacha yillik ko‘payish, aholi tabiiy va mexanik harakati. Aholi soni va dinamikasi miqdorining o‘sib yoki kamayib borishi tabiiy jarayon bo‘lib, u doim turg‘un holatida bir xil bo‘lib turmaydi. Bu jarayon iqtisodiy qoloq va rivojlanayotgan mamlakatlarda xususan, Respublikamizda ham aholi soni va dinamikasi ortib borishi nisbatan yuqoriligi bilan ham xarakterlidir. Sababi, aholi orasida o‘limga nisbata tug‘ilishning sezilarli ko‘pligi va tabiiy o‘sishning yuqoriligi hisoblanadi. Jumladan O‘zbekistonda 2012-yilda tug‘ilish ko‘rsatkichi respublika bo‘yicha har ming kishiga 20,8 ‰ ni tashkil etib, o‘lim ko‘rsatkichi 4,9 ‰, tabiiy o‘sish esa 15,9 ‰ ga teng bo‘lgan bolsa, 2020-yilga kelib bu ko‘rsatkich respublika bo‘yicha 24,6 ‰ ni, o‘lim ko‘rsatkichi 5.1 ‰, tabiiy o‘sish esa 19.5 ‰ ga hamda 2024-yilda esa bu raqamlar mos holda tug‘ilish 24,9 ‰ ni, o‘lim ko‘rsatkichi 4,7 ‰, tabiiy o‘sish esa 10,2 ‰ ga teng bo‘ldi. Bu esa aholining tabiiy yo‘l bilan jadal ko‘payib borayotganligini yaqqol misoli bo‘ladi. Ushbu holat turli viloyatlarda turlicha ko‘rinish kasb etadi. Respublikada bu borada yuqori o‘rinni egallalab kelayotgan Surxondaryo viloyati misolida аholi soni dinamikasini ilmiy tadbiq etishda aholining davriy va o‘rtacha yillik o‘sish koeffisientlari ham xizmat qiladi. Respublikada jami aholi soni 37,5 mln. kishi (2025-y.) dan ko‘proqni tashkil etadi. Bu ayniqsa, janubda joylashgan Surxondaryo viloyatida esa doimiy aholi soni 2025-yilda 1-yanvar holatiga ko‘ra 2945,5 ming kishini tashkil etdi. Ya‘ni viloyat aholisi o‘rtacha bir yilda 102,2 foizga kopaygan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha viloyat respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori ko‘rsatkichga ega. Aholining jami soni uning tabiiy va mexanik xarakatlari asosida muntazam o‘zgarib turadi. Aholi soni davrlar bo‘yicha ko‘payib borsa, aholi absolyut soni dinamikasidagi o‘zgarishlar ijobiy, kamayib borsa salbiy xususiyatga ega boladi [1]. Bu borada Surxondaryo viloyati aholi soni dinamikasi bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichga egadir. Aholi soni yil sayin ortib bormoqda. Viloyat aholisi tug‘ilish va tabiiy ko‘payish hisobiga ko‘paymoqda. Migratsiya viloyatda minus saldoga ega bo‘lib, aholi asosan tabiiy ko‘payish hisobiga ko‘paymoqda. Surxondaryo viloyati aholisi soni bo‘yicha hozirgi kunda Respublika bo‘yicha aholisi soni ko‘pligi bo‘yicha yettinchi o‘rinni egallaydi, hamda Respublika jami aholisining 7,84 % qismi aynan viloyat hududiga to‘g‘ri keladi. Xususan, Surxondaryo aholisi soni 2000-yilda 1736,7 ming kishi bo‘lgan bo‘lsa, 2005-yilga kelib bu ko‘rsatkich 1894,9 ming kishiga, 2010 yilda 2075,0 ming kishiga, 2015-yilda esa 2358,3 ming kishi va 2025-yilga kelib 2945,5 ming kishiga ko‘payib kelayotganini ushbu raqamlar orqali ko‘rish mumkin. 20 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Surxondaryo viloyati respublikamizning janubiy qismida joylashganligi va uzoq yillar mobaynida qolgan viloyatlarga nisbatan iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotganligi ham viloyat aholisi uning soni va dinamikasining o‘ziga xos shakllanishiga olib kelgan [4]. Surxondaryo viloyati aholisi hozirgi kunda ham respublika bo‘yicha eng tez ko‘payayotgan va tug‘ilish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan hudud hisoblanadi. Surxondaryo viloyati aholisini tumanlar kesimida 2021-yil 1-yanvar holatiga eng ko‘p aholi soni Denov tumani 430,5 ming kishini (viloyat aholisi sonidagi ulushi 14,6 % ni) va Qumqo‘rg‘on 261,6 ming kishini (8,9 %), Jarqo‘rg‘on 244,0 ming kishini (8,3 %), аksincha eng kam aholi soni Bandixon tumanida 85,3 ming kishi (2,9 %) tashkil etdi [11]. Ushbu ko‘rsatkichni viloyat tumanlari joylashuviga ko‘ra turlicha tavsiflash mumkin. Aholi o‘sish surati jihatdan viloyat tumanalari kesimida judayam sezilarli tafovutlar mavjud emas. Chunki, viloyatning hamma tumanlarida ham tug‘ilish miqdorining yuqori ekanligi va viloyat bo‘yicha aholisining asosiy qismi o‘zbeklardan va qolgan qismi esa tojiklardan tashkil topganligi hududda tug‘ilishning tafovutlar vujudga kelishiga olib kelmaydi. 1-jadval Surxondaryo viloyati tumanlari doimiy aholi soni (ming kishi) Ma’muriy hududiy Yillar birliklari 2010 2015 2020 2023 2024 2025 Surxondaryo viloyati 2075 2358,3 2629,1 2806,5 2877,1 2945,5 Termiz shahri 130,2 137,9 179,6 195,7 201,6 207,3 Oltinsoy tumani 134,4 157,2 176,4 187,9 192,6 197,4 Angor tumani 102,7 119 132,1 140,4 143,8 147 Bandixon tumani 0 0 74,3 80,8 83 85,3 Boysun tumani 95,4 108,5 115,4 122 124,6 127,1 Muzrabot tumani 112,5 127,1 141,4 150,4 153,6 156,8 Denov tumani 315,7 353,5 384,6 409,5 420,2 430,5 Jarqo‘rg‘on tumani 169,1 196,3 217,8 232,1 238,4 244 Qumqo‘rg‘on tumani 175 208,1 233,8 249,2 255,5 261,6 Qiziriq tumani 135,1 152,2 114,1 121,3 124 126,9 Sariosiyo tumani 164,6 184,1 20

Доказательный фрагмент

«Maqolada Surxondaryo viloyati aholisi soni dinamikasining mustaqillik yillarida o‘zgarishi tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Surxondaryo viloyati aholisi soni dinamikasining mustaqillik yillarida o‘zgarishi tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Surxondaryo viloyati, o‘rtacha yillik ko‘payish, aholi soni, aholi tabiiy va mexanik harakati., dinamikasi, tug‘ilish, o‘lim, o‘sish sur’ati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники