Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OG‘IR VA TUZALMAS KASALLIKKA CHALINGAN BEMORLARGA YORDAM KO‘RSATISH JARAYONLARI – SHARQ MUTAFAKKIRLARINING YONDASHUVI
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING YONDASHUVI · Abduxalilov Abdullo Abduxamidovich · Ochilova Zilolaxon Absalom qizi
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
The article analyzes the approaches of Eastern thinkers and mystics Abu Ali ibn Sina, Abu Bakr ar-Razi, Al-Farabi, Jalaluddin Rumi, Abu-l-Hasan al- Jujani, Al-Ghazali, and Alisher Navoi to the processes of providing care to patients with serious and incurable diseases. Key words: Eastern thinkers, palliative care, medical-philosophical views, disease treatment, psychological support, health and happiness, pain reduction, philosophy of life and death. Bugungi kunda palliativ yordam tibbiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida kasallikning inkurabel bosqichlarida bemorning hayot sifatini yaxshilashga, og‘riq va jismoniy, ruhiy, ijtimoiy azoblarini kamaytirishga qaratilgan.1 Bu tushuncha XX asrda rasmiy shakllangan bo‘lsa-da, insoniyat tarixida azob-uqubatni 1 Saunders, C. Hospice and Palliative Care: An Interdisciplinary Approach. – Oxford University Press, 2001. – 320 p. (Pages: 90–110). https://scientific-jl.com/wsrj 1 0 0 Volume-41_Issue-1_July-2025 World scientific research journal yengillashtirish, bemorga e’tibor va mehr-muhabbat ko‘rsatish g‘oyalari qadimdan mavjud bo‘lgan. Sharq mutafakkirlari, xususan, Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr ar-Roziy, Al- Farobiy, Jaloliddin Rumiy, Abu’l-Hasan al-Juzjoniy,G‘azzoliy hamda Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar inson salomatligi, kasallik va o‘lim bilan bog‘liq masalalarda chuqur falsafiy va amaliy qarashlar bildirganlar. Ularning ta'limoti bugungi palliativ yordam tamoyillari bilan ma’naviy jihatdan bevosita bog‘liqdir. Sharq mutafakkirlarining palliativ yordamga oid qarashlari jismoniy dardni kamaytirishdan tashqari, bemorning ruhiy va ma'naviy holatini yaxshilashga ham qaratilgan. Tuzalmas kasalliklar, nafaqat jismoniy dard, balki ruhiy iztirob, umidsizlik, ba'zida esa vahima va qo‘rquvni keltirib chiqaradi. Sharq mutafakkirlari kasallikni yagona jismoniy fenomen sifatida ko‘rmasdan, bemorning ichki dunyosiga, ruhiy holatiga ham alohida e'tibor berishgan. Ibn Sino o‘zining "Tib qonuni" ("Al-Qonun fi’t-tibb") asarida inson salomatligi va kasallikni davolash masalalarini keng yoritgan. U nafaqat jismoniy dardni, balki bemorning ruhiy holatini ham e'tiborga olishni muhim sanagan. Ibn Sino fikricha, shifokor bemorning nafaqat tanasini, balki ruhini ham davolashi kerak. U kasallik davrida bemorga taskin berish, umid bag‘ishlash va uni ruhlantirishni davolashning ajralmas qismi sifatida ko‘radi. Shuningdek, Ibn Sino og‘riqni kamaytirish uchun tabiiy dorivor o‘simliklardan foydalanishni ham tavsiya qiladi. Uning nazarida shifokorning bemorga shirinso‘z, muloyim va mehribon munosabati bemorning ahvolini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. bemorning ruhiy kayfiyatini, uning umidini va yashash istagini qo‘llab-quvvatlashni muhim deb hisoblagan.2 Abu Bakr ar-Roziy ham inson azobini yengillashtirish muammosiga jiddiy e'tibor qaratgan tabiblardan biridir. Uning asarlarida shifokor va bemor o‘rtasidagi insoniy aloqalarning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Olim o‘zining "Kitab al-Havi" (Shifokorlar uchun keng qamrovli darslik) asarida, kasallikning jismoniy va ruhiy jihatlarini birga ko‘rib chiqadi. U, shuningdek, shifokorlar va bemorlar o‘rtasidagi insoniy aloqaning ahamiyatini alohida ta'kidladi. Ar-Roziy bemorning ruhiy holatini tibbiy yordamning ajralmas qismi deb bilgan. U bemorning his-tuyg‘ularini, umidini va qiziqishlarini inobatga olish, unga mehr- oqibat ko‘rsatishni shifokorning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblagan. Misol tariqasida, ar-Roziy o‘lim arafasida bo‘lgan bemorlarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash, ularni qo‘rqitmaslik va ular bilan muloyim aloqada bo‘lish zarurligini bildirgan. Shuningdek, u og‘riqni kamaytirish uchun dorilar va muolajalar tavsiya qiladi, shifokor bemorning holatini yengillashtirish uchun har qanday imkoniyatni ishga solishi lozimligini uqtiradi. 2 Ibn Sino. Tib qonuni (Al-Qonun fi’t-tibb). 1-jild. – Toshkent: Fan, 1995. – 450 b. (Betlar: 50–75). https://scientific-jl.com/wsrj 1 0 1 Volume-41_Issue-1_July-2025 World scientific research journal Bu qarashlar palliativ yordamning asosiy tamoyillariga asos bo‘lib xizmat qiladi, chunki palliativ yordamning maqsadi bemorni nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham qo‘llab-quvvatlashdir.3 Al-Farobiy o‘z asarlarida baxtga erishishning eng muhim omillaridan biri sifatida ruhiy tinchlikni ko‘rgan. Olim o‘zining "Baxtga erishish haqida" kabi asarlarida sog‘liq va baxt o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, insonning jismoniy va ruhiy holati o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Ruhiy tinchlik va ichki xotirjamlik salomatlikni mustahkamlovchi omillar sifatida qaraladi. Bu qarashlar palliativ yordamdagi asosiy tamoyillardan biriga — bemorning ruhiy va ma'naviy holatini yaxshilashga — to‘liq mos keladi. Al-Farobiy insonning ruhiy holatini tiklash orqali uning jismoniy azobini ham yengillashtirish mumkinligini ilgari suradi. Bundan tashqari Al-Farobiy o‘limni hayotning bir qismi sifatida qabul qilishni, o‘lim qo‘rqinchli holat emas, balki muqaddas yo‘l deb tasavvur qilish palliativ yordamni
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the approaches of Eastern thinkers and mystics Abu Ali ibn Sina, Abu Bakr ar-Razi, Al-Farabi, Jalaluddin Rumi, Abu-l-Hasan al- Jujani, Al-Ghazali, and Alisher Navoi to the processes of providing c…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the approaches of Eastern thinkers and mystics Abu Ali ibn Sina, Abu Bakr ar-Razi, Al-Farabi, Jalaluddin Rumi, Abu-l-Hasan al- Jujani, Al-Ghazali, and Alisher Navoi to the processes of providing c… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Eastern thinkers, palliative care, medical-philosophical views, og‘riqni kamaytirish, tibbiy-falsafiy qarashlar, palliativ yordam, ruhiy qo‘llab-quvvatlash, kasallikni davolash, o‘lim va hayot falsafasi., Kalit so‘zlar: Sharq mutafakkirlari, sog‘liq va baxt
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024