К содержанию
РецензированоUZ2025

DINIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA MUQADDAS QADAMJOLARNING O‘RNI (FORISH TUMANI MISOLIDA)

INNOVATSION YONDASHUVLAR · (FORISH TUMANI MISOLIDA) · Xakimov Koshkar Maxkamovich · Usmanov Mashrab Rustamovich · Xakimov Bekzod

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqolada moddiy, muqaddas tarixiy maskanlar, madaniy va arxeologiya merosi obyektlari, muqaddas tarixiy maskanlar, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” gi Qonuni, Jizzax viloyati ziyoratgohlari, “Hazrati eshon xalifa” ziyoratgohi va Andagin nomining etimologiyasi hamda ajdodlardan meros qolgan toshbitiklar (petrogliflar) haqida ilmiy tushunchalar berilgan. Kalit so‘zlar: muqaddas qadamjo, moddiy meros obyekti, “Hazrati eshon xalifa” ziyoratgohi, Andagin nomining etimologiyasi, toshbitiklar. Milliy istiqlol sharofati bilan xalqning umummilliy boyligi bo‘lmish moddiy, madaniy va arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, noyob moddiy meros ob’ektlarini har tomonlama o‘rganish, ommalashtirish va targ‘ib qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Shu bois, xalqimizning moddiy meros ob’ektlariga bo‘lgan ixlos va havasi oshdi hamda bunday barhayot sarchashmalardan bahramand bo‘lish ma’naviy zaruriyatga aylandi. Binobarin, ajdodlardan meros bo‘lib qolgan muqaddas tarixiy maskanlarni muhofaza qilish, asrab-avaylash va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish respublikani davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda shu zaminda yashayotgan barcha yurtdoshlarimizning muqaddas vazifasidir. Masalan, so‘nggi yillarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” gi Qonuni (2001 y. 30.08. № 269) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy va arxeologik meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarori (2014 y. 21.07. № 200), bu sohadagi barcha ishlarga davlat miqyosida ahamiyat berilayotganidan dalolat beradi. Aytish joizki, xalq e’zoziga sazovor bo‘lgan madaniy meros ob’ektlari Jizzax vohasida ham ko‘p, ularni katta faxr va g‘urur bilan tilga olish mumkin. Ana shular qatoriga, X-asrda to‘g‘oni granit toshlar va suvga chidamli maxsus qotishmalardan tayyorlangan qadimiy Xonbandi gidrotexnik inshootini kiritish mumkin. Mutaxassislarning aniqlashicha, mazkur to‘g‘on inshooti O‘rta Osiyo - ko‘hna To‘ron xalqlari bunyod etgan sug‘orish inshootlari orasida eng qadimgisidir. 2021-yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda moddiy madaniy meros ob’ektlari soni 8208 tani tashkil etdi. Bugungi kunda Jizzax viloyatida jami 427 ta madaniy meros ob’ektlari davlat 4 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” muhofazasiga olingan bo‘lib, ularning 100 tasi tarixiy obida ziyoratgohlar, 268 tasi arxeologik yodgorliklar, 59 tasi monumental san’at ob’ekt yodgorliklari hisoblanib, ushbu turistik destinatsiya ob’ektlari, diqqatga sazovar joylar, tarixiy yodgorliklar va muqaddas diniy qadamjolar viloyat turizm istiqbolini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bu hozirgacha, aniqlangan va davlat ro‘yxatiga kiritilgan muqaddas qadamjolar hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlash joizki, hali o‘z tadqiqotchilarini kutayotgan tabiiy, tarixiy va arxeologik maskanlar juda ko‘p. Bunday tabarruk qadamjolarni aniqlash, davlat reestriga kiritish, tadqiq va targ‘ib qilish hamda, ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish nihoyat darajada muhim va savobli ishdir. Mazkur maqolada yaqinda madaniy meros obyekti sifatida muhofazaga olinib, davlat ro‘yxatiga kiritilgan (2015 y) va mahalliy xalq uchun mo‘tabar qadamjolardan biri hisoblangan “Hazrati eshon xalifa” ziyoratgohi haqida so‘z boradi. Ushbu tabarruk maskan Forish tumanining chekka tog‘li hududidagi Andagin qishlog‘ida joylashgan. Qadamjo Jizzax shahridan 120 km., tuman markazi - Bog‘don shaharchasidan 45 km. shimoli-g‘arbdagi uzoqlikdadir. Qishloq atrofidagi landshaft deyarli o‘zgarmagan, hudud tabiati nihoyatda go‘zal, baland tog‘lar, sersuv buloqlar ko‘p. Andagin nomining etimologiyasi haqida bir necha talqinlar mavjud. Shulardan biri, akademik A.Muhammadjonovga taaluqli, unga asosan qadimiy so‘g‘d tiliga xos bo‘lan, Andagin so‘zi andi - “yaqin”, gin - “suv”, ya’ni suv yaqin ma’nosini beradi. Olim Andagin, Andigon, Andijon kabi toponimlarni hamma’no ekanligini ta’kidlaydi. Ushbu hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, qishloqda taxminan IV-V asrlarda qurilgan, atrofi devor bilan o‘ralgan va mahalliy xalqni xavf-xatardan saqlash uchun xizmat qilgan, qadimiy istehkomli qal’a va qo‘rg‘on mavjud bo‘lgan. Rasmda qishloqdagi qadimiy qal’ani hozirgi ko‘rinishi aks etgan. “Hazrati Eshon xalifa” tarixiy yodgorligi Andagin qishlog‘ini o‘rta qismida joylashgan. Bu manzilni so‘ngi makon tutib, avliyolik maqomiga erishgan aziz zotning ismlari Jaloliddin ibn Abdukarim bo‘lgan. Niyati xolis ul kishi, haq va haqiqatga erishish yo‘lida astoydil harakat qilganlar. Buxoroning o‘z davrida mashhur bo‘lgan Mir Arab madrasasida o‘qigan, mukammal ta’lim olgan, zohiriy ilmlarni maroq bilan o‘rganganlar. O‘z davrining donishmandi bo‘lgan, ushbu mo‘

Доказательный фрагмент

«Maqolada moddiy, muqaddas tarixiy maskanlar, madaniy va arxeologiya merosi obyektlari, muqaddas tarixiy maskanlar, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” gi Qonuni, Jizzax viloy…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada moddiy, muqaddas tarixiy maskanlar, madaniy va arxeologiya merosi obyektlari, muqaddas tarixiy maskanlar, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” gi Qonuni, Jizzax viloy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
toshbitiklar., moddiy meros obyekti, muqaddas qadamjo, “Hazrati eshon xalifa” ziyoratgohi, Andagin nomining etimologiyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники