Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARDA ALIMENT MAJBURIYATLARI
RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARDA · ALIMENT MAJBURIYATLARI · Teshayeva Zuhra Sherbek qizi
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
В статье юридически проанализированы алиментные обязательства развитых зарубежных стран, в том числе Франции, Германии, Украины и других. Также были даны заключения и предложения по применению к законодательству страны достижений по выплате алиментов в этих странах. Ключевые слова: алиментные обязательства, сумма алиментов, иск, суд, получатель алиментов, плательщик алиментов. Annotation: The article provides a legal analysis of alimony obligations in developed foreign countries, including France Germany, Ukraine and other countries. Also in these countries, conclusions and proposals were made on the application of the achievements of alimony payments to the legislation of our country. Key words: alimony obligations, amount of alimony, claim, Court, alimony recipient, alimony payer. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga asosan ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetgunicha boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi uchun, sog’lom to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g’amxo‘rlik qilishga majbur hisoblanadirlar [1]. Shuningdek, davlat va jamiyat yetim bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlashi ham keltirib o‘tilgan. Aliment majburiyatlari tushunchasiga turli olimlar turlicha ta’riflar keltirib o‘tganlar. O‘zbek huquqshunosi R.X.Xalilov aliment majburiyatini “qonunda ko‘zda tutilgan shaxslar o‘rtasidagi moddiy qo‘llab-quvvatlash majburiyati” deb ta’riflaydi. Olimning fikricha, bu majburiyat oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash uchun muhim vosita hisoblanadi. Fransuz huquqshunosi R.David “Yevropada oila huquqi” ilmiy- o‘quv qo‘llanmada aliment majburiyatini “davlat tomonidan oilaviy https://scientific-jl.com/new 33 11 99 Volume–80_Issue-1_July-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS birdamlikni rag’batlantirish vositasi” deb ta’riflaydi. Rus huquqshunosi A.M.Nechayeva alimentni “ijobiy huquqiy majburiyat” deb ta’riflaydi. Ya’ni aliment faqat sud qarori bilan emas, balki shaxslarning o‘z ixtiyori bilan ham bajarilishi mumkin[2]. Xorijiy mamlakatlarda ham aliment majburiyatlari o‘zining milliy qonunchiligida aks ettirilgan. Xususan Moldova Respublikasi Oila kodeksining 82- moddasida turmush o‘rtoqlarning o‘zaro ta’minot majburiyati belgilab o‘tilgan. Turmush o‘rtoqlar bir-birlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashi shart hisoblanadi. Bunday qo‘llab-quvvatlash rad etilgan taqdirda taraflar o‘rtasida aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv bo‘lmaganda aliment to‘lash to‘g‘risidagi da’vo bilan sud instansiyasiga quyidagilar murojaat qilish huquqiga ega: 1) moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan mehnatga layoqatsiz turmush o‘rtoq (pensiya yoshiga yetgan yoki o‘ta og‘ir, og‘ir yoxud o‘rtacha darajada imkoniyati cheklanganlar); 2) xotin homiladorlik davrida; 3) o‘rtadagi farzand dunyoga kelganidan keyin uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlayotgan turmush o‘rtoq; 4) o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga imkoniyati cheklangan bolani yoki bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandni parvarishlayotgan turmush o‘rtoq, agarda u shaxsiy ish joyiga ega bo‘lmasa hamda bolani parvarishlash zarur bo‘lgan hollarda. Aliment faqatgina yuqorida ko‘rsatilgan holatlarda aliment oluvchi yetarli darajada shaxsiy mablag‘larga ega bo‘lmagan-da, aliment to‘lashi shart bo‘lgan turmush o‘rtoq esa yetarli mablag‘larga ega bo‘lgandagina to‘lanadi[3] . Moldova Respublikasida er-xotinlar o‘rtasidagi moddiy ta’minotini undirish masalasida ikkala tomonning ham huquq va manfaatlari bir xil himoya ostiga olingan. Yetarli moddiy mablag‘ga ega bo‘lgan turmush o‘rtoq, zarur mablag‘larga muhtoj bo‘lgan er yoki xotinni moddiy ta’minlab, uni qo‘llab-quvvatlashi mantiqan qaralganda adolatli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 117-moddasida ham xuddi shunday qoida nazarda tutilgan bo‘lib, unda «yordamga muhtoj er yoki xotin yordam berishga qodir bo‘lgan xotin yoxud erdan» degan jumla bilan yoritib o‘tilgan [4]. Biroq bu qoidada «qodir bo‘lgan» tushunchasi yanada aniqroq va oydinroq ochib berilmagan. Bu esa sudlarga qaysi holatlarda er yoki xotin moddiy ta’minot berishga qodirligi masalasini hal etishda qiyinchiliklar tugdirmoqda. Shu nuqtayi nazarga asoslangan holda Oila kodeksining 117-modasiga qo‘shimcha ravishda yordam berishga qodir bo‘lish tushunchasiga aynan qanday holatlar kirishi keltirib o‘tilishi maqsadga muvofiq. Oila kodeksining 119-moddasida er yoki xotin biri biriga sud tartibida aliment to‘lash tartibi keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra taraflar o‘rtasida aliment to‘lash to‘g’risida kelishuv mavjud bo‘lmagan taqdirda sud tartibida undirilishi mumkin. https://scientific-jl.com/new 33 22 00 Volume–80_Issue-1_July-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Bugungi kunda sudlar tomonidan undirilayotgan kam miqdordagi alimentlar hozirgi zamonda odatiy hayot kechirish uchun yetarli emas. Mehnatga layoqatsiz er yoki xotin bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar ajratilgan eng kam oylik ish haqining 26,5 foizi miqdoridagi pul, bugungi kunda 306 075 so‘mni tashkil etadi, farzand u
Доказательный фрагмент
«В статье юридически проанализированы алиментные обязательства развитых зарубежных стран, в том числе Франции, Германии, Украины и других.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье юридически проанализированы алиментные обязательства развитых зарубежных стран, в том числе Франции, Германии, Украины и других. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- alimony obligations, amount of alimony, claim, Court, alimony, aliment oluvchi, da’vo, Kalit so’zlar: aliment majburiyatlari, sud, aliment to’lovchi., aliment miqdori
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025