Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LYOSSIMON GRUNTLARNING KO’PCHISH XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
LYOSSIMON GRUNTLARNING KO’PCHISH · XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH · Maxmudova Dilfuza Abdulazizovna · Abdullayeva Diyora Xabibulla qizi
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada sug‘oriladigan hududlarda keng tarqalgan lyossimon gruntlarning ko‘pchish bosimini o‘rganish masalasi yoritilgan. Tajriba asosida gruntning namlik darajasi va "quritish–namlash" jarayoni sonining ko‘pchish bosimiga ta’siri aniqlangan. Tadqiqot natijalari gruntning zichlanish darajasiga va suv bilan davriy ta’siriga qarab bosim o‘zgarishini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: lyossimon grunt, ko‘pchish bosimi, quritish-namlash, zichlanish koeffitsienti, avtomobil yo‘li, yo‘l poyi. ANNOTATION This article examines the swelling pressure characteristics of loess soils commonly found in irrigated regions. Experimental analysis explores the relationship between moisture content, repeated wetting–drying cycles, and swelling pressure. Results indicate that pressure increases with each cycle, especially during the initial stages. Keywords: loess soil, swelling pressure, drying–wetting, compaction coefficient, highway, road subgrade. Respublikamiz hududida joylashgan avtomobil yo’llarining ko’p qismi sug’oriladigan hududlarda joylashgan bo’lib, bu hududda lyossimon gruntlar keng tarqalgan. Lyossimon gruntlardan yo’l poyini qurish uchun foydalanganda ularda hosil bo’ladigan ko’pchish bosimini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Avtomobil yo’llarini loyihalash va qurishga oid adabiyotlarning tahlili yo’l poyidagi lyossimon gruntlarning ko’pchish xususiyatlariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar kam o’tkazilganligini ko’rsatadi. Avtomobil yo’llarida lyossimon gruntlari zichlanish koeffitsienti 0.94 dan 1.02 gacha zichlangan holatda ishlaydi. Shuning uchun bu gruntlarni zichlangan holatda tadqiq etish lozim bo’ladi. Lyossimon gruntning ko’pchish bosimini aniqlash uchun lyossimon changli supesdan foydalanildi. Bu gruntning plastiklik soni - 5.25, oquvchanlik chegarasidagi namligi - 25.51%, jo’valash chegarasidagi namligi - 22.42%, qulay namligi 16.80%, maksimal zichligi 17.50 kg/m3. Zichlangan gruntning ko’pchish bosimini aniqlash uchun uni [1] da berilgan uslubga asosan, har xil namlikda zichlanish koeffitsienti K =0,96 gacha kompressiya Z https://scientific-jl.com/new 11 66 55 Volume–80_Issue-1_July-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS asbobini ishchi silindrga zichlashtirilib, asbobga o’rnatildi va tagidan suv yuborildi. Asbobning shtampi ma’lum balandlikka ko’tarilishini, ya’ni erkin ko’pchish qiymatini boshqarish uchun unga arretir o’rnatildi. Gruntning tagidan ikki hafta davomida suv berilgandan so’ng, shtampga 0,025 MPa miqdorda yuk asta-sekin qo’yilib borildi. Ko’pchish bosimi qiymati sifatida siqilish deformatsiyasi boshlangan vaqtdagi yuk qabul qilindi. Ko’pchish bosimini aniqlash bo’yicha o’tkazilgan tajribalar natijasi 1- rasmda keltirilgan. 1-rasm. Gruntning ko’pchish bosimini uning namligiga bog’liqlik grafigi W - gruntning qulay namligi K 1-rasmdan ko’pchish bosimining zichlik o’zgarmaganda namlikka bog’liqligi ko’rinadi. Bu bog’liqlik quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: R =R (1 - 0.33W/W ) , (1) K 0 Q bu yerda W = W (W - gruntning qulay namligi) bo’lganda R =0,03 MPa ga teng. Q Q 0 Ko’pchish bosimi gruntning namligiga qarab, zichlanish koeffitsienti K =0,96 Z bo’lganda 0,022 dan 0,026 MPa gacha o’zgarishi kuzatildi. Shu bilan birgalikda avtomobil yo’llaridagi yo’l poyi ishchi qatlami vaqti-vaqti bilan davriy ta’sir qiluvchi suv tartibi ostida bo’ladi. Ya’ni yo’l poyi ishchi qatlamida grunt «quritish-namlash» jarayonida ishlaydi. Namlikning davriy o’zgarishi gruntning ko’pchishiga katta ta’sir qiladi. Davriy ravishda lyossimon grunt namunasini quritish va namlashda strukturaning bog’lovchi kuchlarining bo’shashishi natijasida ko’pchish va ko’pchish bosimi qiymatlari oshadi [2]. Bu mulohazani tekshirish uchun laboratoriya sharoitida, lyossimon changli supesdan namuna tayyorlanib, kompressiya asbobining silindrida mahsus eksperiment o’tkazildi. Bunda silindrdagi zichlashtirilgan grunt suv ta’sirida ko’pchib, zichligi bizga kerakli qiymatdan kamayib ketishining oldini olish uchun uni arretirga o’rnatildi https://scientific-jl.com/new 11 66 66 Volume–80_Issue-1_July-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS va 8 marta «quritish-namlash» jarayoni ta’sir ettirildi. Namligi 0.6W va zichligi K =0,96 ga teng bo’lgan namunani quritishdan avval OQ Z arretir bilan birgalikda tarozida tortib, og’irligi aniqlandi. Undan so’ng, avval xona temperaturasi (=+20C) da, keyin qurituvchi shkafda =3035C da quritildi. Kechasi quritish jarayoni hona temperaturasida davom ettirildi. Lyossimon grunt namunasi yo’l poyining yuqori qatlami ega bo’ladigan minimal namlikkacha, ya’ni 0.3W gacha quritildi. Bu namlik qiymati vaqti-vaqti OQ bilan namuna og’irligini nazorat qilib aniqlandi. So’ng, uni avvalgi namuna tayyorlanganidek, suv berib namlandi. Shu tartibda namuna 8 marta «qurish-namlash» jarayoni ta’sirida bo’ldi. Har 1, 2, 3, 4, 5 va 8 marta «quritish-namlash»dan so’ng yuqorida keltirilganidek, ko’pchish bosimi aniqlandi. Laboratoriyadagi tajribalar natijasi (qayta o’tkazilgan oltita tajribaning o’rtachasi) 2-rasmda keltirilgan. 2
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada sug‘oriladigan hududlarda keng tarqalgan lyossimon gruntlarning ko‘pchish bosimini o‘rganish masalasi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada sug‘oriladigan hududlarda keng tarqalgan lyossimon gruntlarning ko‘pchish bosimini o‘rganish masalasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- loess soil, swelling pressure, drying–wetting, compaction coefficient, Kalit so'zlar: lyossimon grunt, avtomobil yo‘li, ko‘pchish bosimi, zichlanish koeffitsienti, quritish-namlash, yo‘l poyi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025