К содержанию
РецензированоUZ2026

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA · MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH · Shaxobiddinova Aziza Shavkatjon qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

This article explores the pedagogical and psychological factors contributing to the development of musical culture in general education schools. Music education is analyzed as an integral component of students’ aesthetic upbringing and its impact on their moral and spiritual development is examined. The research employs a complex methodological approach, including pedagogical observation, questionnaire surveys, semi-structured interviews, and comparative analysis. Based on the findings, the article substantiates strategies to enrich the content of music lessons, integrate https://scientific-jl.com/new 22 11 22 Volume–80_Issue-1_July-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS national and global musical heritage, and foster students’ musical-aesthetic thinking through interactive methods. Keywords. Musical culture, general education school, aesthetic education, pedagogical methodology, national values, musical awareness, innovative approach. Kirish. Zamonaviy ta’lim tizimida shaxsning har tomonlama kamolotini ta’minlashda estetik tarbiya, xususan, musiqa madaniyatining tutgan o‘rni beqiyosdir. Musiqa san’ati inson ruhiyatiga bevosita ta’sir etuvchi eng kuchli estetik vosita bo‘lib, uning tarbiyaviy imkoniyatlari pedagogika fanida alohida yo‘nalish sifatida shakllanmoqda. UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, musiqa ta’limi bolalarning kognitiv, ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda ularning kreativ salohiyatini rag‘batlantiradi (UNESCO, 2021)1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Maktab ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi PQ–4884-sonli qarorida ham madaniyat va san’at ta’limining ta’sirchanligini oshirish, o‘quvchilarning estetik didini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu nuqtai nazardan qaralganda, umumta’lim maktablaridagi musiqa madaniyatini rivojlantirish nafaqat madaniy-ma’rifiy vazifa, balki shaxs taraqqiyotiga xizmat qiluvchi strategik yo‘nalish sifatida ko‘rilishi lozim.Mazkur maqolada musiqa madaniyatining o‘quvchi shaxsiga ko‘rsatadigan pedagogik va psixologik ta’siri, milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashuvi, o‘quv dasturlaridagi dolzarb muammolar hamda zamonaviy metodik yondashuvlar asosida o‘rganiladi. Shu orqali umumta’lim maktablarida musiqiy-estetik muhitni yanada boyitish va barkamol avlod tarbiyasida uning o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Asosiy qism. Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyatini rivojlantirish jarayoni ko‘p omilli va tizimli yondashuvni talab etadi. Musiqa darslari nafaqat bilim berish vositasi, balki o‘quvchilarning ichki dunyosini boyituvchi, ularning estetik- intellektual salohiyatini yuksaltiruvchi muhim pedagogik resurs sifatida maydonga chiqmoqda. Jahon miqyosidagi tadqiqotlar, jumladan, H. Gardnerning ko‘p intellekt nazariyasiga ko‘ra, musiqiy intellektning rivoji inson tafakkurining asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi va uni maktab davrida shakllantirish maksimal samaradorlikka ega2 (Gardner, 1983). O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yilgi hisobotiga ko‘ra, respublikadagi 65 foiz maktablarda musiqa fanini interaktiv va integratsiyalashgan yondashuv asosida o‘qitish samarali tajriba sifatida joriy etilmoqda. Biroq, mavjud ta’lim tizimida ushbu fanni o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishi, madaniy identiteti va yaratuvchanlik salohiyati bilan uyg‘unlashtirishda tizimli muammolar saqlanib 1 Qodirova, Z,X. Musiqa fanini o’qitishda innovatsion texnologiyalar., Toshkent:Iste’dod,2021, 198-bet. 2 Yo’ldoshev,O,M. Maktab ta’limida musiqa madaniyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari., Toshkent:Ilm, 2022,188-bet. https://scientific-jl.com/new 22 11 33 Volume–80_Issue-1_July-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS qolmoqda. Ayniqsa, dars mazmunining ko‘proq nazariyaga asoslanganligi, amaliy musiqiy faoliyat turlarining yetarli darajada tatbiq etilmasligi, darsda milliy va jahon musiqa merosi o‘rtasida uyg‘unlik yetishmasligi bu sohadagi rivojlanishni sekinlashtiradi. Shu o‘rinda, musiqa fanining tarbiyaviy, madaniy va psixologik funksiyalarini ta’lim jarayoniga integratsiyalashda xorijiy tajribalarga murojaat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Finlyandiyada maktabgacha yoshdan boshlab musiqa darslari interaktiv improvizatsiya, vokal terapiya va xalq ijodi elementlariga tayangan holda o‘rgatiladi. PISA (Programme for International Student Assessment, 2022) hisobotiga ko‘ra, ushbu yondashuv o‘quvchilarning umumiy akademik ko‘rsatkichlari bilan musiqiy faoliyat o‘rtasida ijobiy korrelyatsiyani ta’minlagan. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, musiqa madaniyatini kengaytirish faqat estetik jihat bilangina emas, balki umumiy ta’lim sifatini yaxshilashda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda esa, musiqa ta’limining milliy modelini ishlab chiqishda xalq og‘zaki ijodiyoti, maqom san’ati, va zamonaviy kompozitorlar ijodi asos bo‘lib xizmat qilishi zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “Maqom san’atini y

Доказательный фрагмент

«This article explores the pedagogical and psychological factors contributing to the development of musical culture in general education schools.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the pedagogical and psychological factors contributing to the development of musical culture in general education schools. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Musical culture, general education school, aesthetic education, musiqiy ong, innovatsion yondashuv., estetik tarbiya, pedagogik metodika, umumta’lim maktabi, Kalit so‘zlar. Musiqa madaniyati, milliy qadriyatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники