Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTAB O’QUVCHILARIDA MUTOLAA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA KUTUBXONACHI, OTA-ONA VA O’QITUVCHILAR HAMKORLIGI
MAKTAB O’QUVCHILARIDA MUTOLAA · MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA · Sulaymonova Shoira Riskulovna · Jizzax viloyat Arnasoy tuman Axborot-kutubxona
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025
Аннотация
This article discusses the issues of forming a reading culture among schoolchildren, increasing interest in books among students, and family reading. Kalit so`z: kutubxona kitob, oilaviy kitobxonlik, kitobga qiziqish, mutolaa madaniyatini shakllantirish. Ключевые слова: Библиотечная книга, семейное чтение, интерес к книге, формирование культуры чтения. Keywords: Library book, family reading, interest in books, formation of reading culture. Kutubxona - bu o’rganishga tayyor bo’lgan barcha odamlarni birlashtiradigan platforma. Bunda yoshlar va maktab o’quvchilarida kitob mutolaa qilish qobiliyatini 45 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 5, Series B 2025 shakllantirishda o’qituvchi, kutubxonachi va ota-onalar muhim rol o’ynaydi. Bu o’quvchilarning bilimini oshirish va kengaytirishga ham yordam beradi. XXI asr texnika rivojlangan bir davrda, o’quvchilarning kitob mutolaa qilish madaniyatini rivojlantirish hozirgi kundagi dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Ho’sh, hozirgi kunda nega o’quvchilarda kitob mutolaasi juda kam? Buning bir necha sabablari bor. Buning sabablaridan biri odamlarning bo’sh vaqtlari uchun kitob mutolaasiga raqobatdosh bo’ladigan striming xizmatlari hamda ijtimoiy tarmoq chatlari kabi raqamli ko’ngilochar variantlarning ko’payishidir. Albatta, bu jarayon kelajagimiz bo’lgan yosh avlodga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Misol uchun, uyda bo’sh vaqtini o’tkazayotgan kattalar farzandlariga namuna bo’lishadi. Ya’ni ular kitob o’qishsa, farzandlar ham ularga taqlid qilishadi. Ota-onalarining ijtimoiy tarmoqda vaqtini o’tkazganini yoki striming (jonli efir)da muloqot qilayotganini ko’rgan farzandlar o’zlarini e’tiborsiz qolayotganini his qilishadi va albatta ularda kitob mutolaasi o’rnini gadjetlar egallaydi. Bundan tashqari, turmush tarzi, ish tartibi va ta'lim ustuvorliklaridagi o'zgarishlar ham rol o'ynashi mumkin. Shunga qaramay, shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pchilik hali ham kitob o‘qishni qadrlaydi va zavqlanadi, nashriyot sanoati esa rivojlanishda davom etmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora- tadbirlar dasturi to’g’risida” PQ 3271-sonli qarori ham o’quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish qanchalik muhim ekanligini ko’rsatadi.[1] Bunda kutubxonachi, ota-onalar va o’qituvchilarning hamkorligi va ularning vazifalarini belgilab olishimiz zarur. Har birimiz, qaysi kasb egasi bo’lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik imkon va sharoitimizdan kelib chiqib, kitob bilan muayyan darajada muloqotda bo’lamiz. 46 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 5, Series B 2025 Darhaqiqat, kitob insonni yerdan ko’kka ko’taruvchi, uning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma’naviy-ma’rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko’rsatib borishga qodir mash’ala hisoblanadi. Albatta, kitob bu – ziyo, uni tarqatuvchisi esa bu kutubxonachidir. Ular kutubxona ma'lumotlar bazasini tashkil qiladi. Odamlarga materiallar va resurslarni topishga yordam beradi. Ularning mas'uliyati ular ishlaydigan kutubxonaga qarab farq qilishi mumkin. Masalan, yirik kutubxonalarda kutubxonachilar odatda ma’muriyat, IT boshqaruvi yoki bolalar kutubxonasi kabi ma’lum bir sohaga ixtisoslashgan bo’ladi. Bunda biz jamoat va maktab kutubxona kutubxonchilariga katta ma’suliyat yuklagan holda maktab o’quvchilarida mutolaa madaniyatini shakllantirishda o’qituvchi va ota-onalar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotda maqsadni belgilab olish zarur. Kutubxonachi buning uchun xafta kunlarini o’quvchilar sinfi va yoshiga doir qiziqarli viktorina hamda loyihalar bilan boyitadi. Ishlab chiqilgan rejali loyihalar ota-onalar va o’qituvchilar bilan hamkorlikda o’quv muasassalarida joriy qilinadi. Masalan, “Otam, onam, kitob, men: birgalikda – kitob oilasi” loyihasi oilada kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida, kutubxona va joylarda yoshlarga ota-onasi uchun kitob olishi tavsiya qilinadi yoki aksincha yoshi kattalar uchun farzandi va turmush o’rtog’iga kitob olishi tavsiya qilinadi. Kitob o’qishga ma’lum bir muddat kerak bo’lishi sababli bunday loyihalarni haftada bir marta o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Xaftaning boshqa kuniga kitob o’qish viktorinalarini tashkil qiladi va ularni rag’batlantirib boradi hamda xafta yakuni bo’yicha ota-onalar va o’qituvchilar ishtirokida faol o’quvchilarni yutuqli sovrinlar bilan mukofatlaydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 21- dekabrdagi PQ-401-son qarori asosida 2024 yil davomida chora tadbirlar rejasi asosida oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “ Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona - kitobxon bola” g`oyasi va Kitobxon onalar kuni Oila va xotin – 47 Journаl of Аnаlyti
Доказательный фрагмент
«This article discusses the issues of forming a reading culture among schoolchildren, increasing interest in books among students, and family reading.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the issues of forming a reading culture among schoolchildren, increasing interest in books among students, and family reading. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Library book, family reading, interest in books, formation of, mutolaa madaniyatini shakllantirish., oilaviy kitobxonlik, kutubxona kitob, kitobga qiziqish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026