Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAHON ADABIYOTIDA FENTEZING TUTGAN O’RNI: TURLARI VA TASNIFI
Series А · Xujaqulova Aziza Elbek qizi
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 2025
Аннотация
The article is devoted to the emergence,classification and development of the term “fantasy” which is considered a new genre in literary criticism and has caused considerable controversy among literary scholars and critics.In science the difference of fantasy from fiction,the types of this term and 18 Jоurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9 Vоlume 1, Issue 5, Series А 2025 their application are discussed.In science,the difference of fentesis from fiction, the types of the term and their place of application are discussed.In world literary studies, scientific and theoretical opinions on works written on the basis of this genre were expressed by the author. Kalit so’zlar:Fentezi, XX asr voqelari, mif, ertak, qahramonlik asarlari, jahon adabiyoti. Ключевые слова:фэнтези,события ХХ века, миф,сказка, героические произведения, мировая литература. Keywords: Fantasy,events of the 20th century, myth, fairy tale,heroic works, world literature. Zamonaviy adabiyotshunoslikda adabiy yo'nalishlar takomillashib,ularning ommalashib borishi natijasida turli janrdagi asarlar yaratilmoqda.Qolaversa,fan va texnologiya rivoji,hamda globallashuv kabi jarayonlari adabiyotga ham yangi kayfiyat bag'ishladi.Darhaqiqat,insonlarning yashash sharoiti o'zgarishi bilan adabiyot ham o'zgaradi ,bu esa adabiyotga yangi janrlarni,yangi yo'nalishlarni olib kiradi.Jahon adabiyotida ,xususan ingliz adabiyotida yangidan yangi yozilgan asarlar o'z ma'no-mazmuni,ajoyib voqea-hodisalari bilan ko'pchilikning e'tiborida bo'lib,minglab insonlar tomonidan o'qib kelinmoqda.Bu esa o'z navbatida yozuvchilarning yangi janrlarga nisbatan e'tiborining oshishi va ularning bu yo'nalishlarda yetarlicha ijod qilayotgani mahsulidir. Fentezi janri hozirgi kungacha olimlar orasida eng katta muhokamalarga sabab bo'lib kelgan.Bu janr xususida olimlar ko'p izlanish olib borish orqali,uning xususiyatlarini ochib bergan.Fentezi ,aslida,(inglizcha:fantasy-"fantaziya") XX asrning ikkinchi yarmidan buyon rivojlanib kelmoqda.Fentezini ma'lum bir model 19 Jоurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9 Vоlume 1, Issue 5, Series А 2025 tizimiga solish imkonsizdir.Fentezida mif ,tarixiy asar ishq- muhabbat haqidagi asar ,xalq ertaklari va masallarini guvohi bo'lamiz.Zamonaviy fentezi adabiyotining rivojlanish bosqichida ularni kengroq o'rganib chiqish muhimdir. XX asrda olimlar orasida bu janrga bo'lgan qiziqish oshdi.Bu janr xususida ko'pdan ko'p muzokaralar olib borildi.Fentezi romanlari nashr ettirildi.Bu romanlar shakllanishida turli xil sehrli mavjudotlar,ertak va afsonalar qahramonlari katta ahamiyat kasb etdi.Mif,ertak va afsonalardan salmoqli foydalanish bu janrni yanada yuksaltirdi. Mif-koinotning yaratilishi, inson, oʻsimliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo boʻlishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, maʼbudlar va ilohlar toʻgʻrisidagi eʼtiqodiy qarashlarni oʻz ichiga olganqadimgi odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui hisoblanadi.Miflardagi hodisalarda sehr-jodu asosiy vosita sifatida tasvirlanadi.Shu sababli ham mif fentezi asarlarining yaratilishidagi eng asosiy omillardan biridir. Shu bilan birgalikda ertaklar ham fentezida muhim ahamiyat kasb etadi. Ertak- xalq og'zaki ijodi bo'lib,folklar janrida ribojlanib kelmoqda. Ertaklar o'zining qirol va qirolichalari, shahzoda va malikalari,gapiradigan hayvonlari,yalmog'iz kampirlari va jodugarlari,hamda odamxo'r maxluqlari bilan qiziq hisoblanadi.Ertaklarning fentezi bilan aloqadorligi shundaki,ularning ikkalasida ham voqelik noreallikda sodir bo'lishidadir.Fentezi asosan ertaklar qonuniyati asosida yaratiladi va ulardagi syujetlar tizimini o'zgartiradi. XX asrda fentezi janri faqat romanlar bilan chegaralanib qolmadi. Bu davrga kelib,O'rta asr madaniyatidan darak beruvchi hikoyalar fentezi bilan bog'landi. Bu jarayon Britaniya orolida yashovchi Anglo-Saksonlarning epik asari sifatida mashhur " Beovulf" asarining yaratilishi bilan boshlandi. Beovulf odamxo'r maxluqlarga qarshi kurashadigan xalqning jasur qahramoni sifatida aks 20 Jоurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9 Vоlume 1, Issue 5, Series А 2025 ettirildi.Keyinchalik,buning davomi sifatida Qirol Artur afsonalari yuzaga chiqdi.Ritsarlik romanlarida keltirilishicha,uning makoni bu - Avalon oroli.Bu joy o'zga olamdagi eng tinch va barcha narsalarga ega bo'lgan joy sifatida ko'rsatiladi. Ritsarlik romanlarida qahramonlik tuyg'usi yuqoriroq bo'ladi.Asosiy obrazlar jasur,mard ,xalqiga yordam beradigan inson qiyofasida tasvirlanadi.Voqealar esa o'rta asr adabiyoti va tarixiga oid bo'lgan "qilich va sehrgarlik" - tushunchasi asosida sodir bo'ladi. Demak,fentizining kelib chiqishi epik turlarning uyg'unlashuvi bilan bo'gliq.Ba'zi asarlar mif va ertaklar bilan uyg'unlashgan bo'lsa,boshqalari esa ritsarlik asarlari bilan hamohangdir.Shunda miflar,ertakla
Доказательный фрагмент
«The article is devoted to the emergence,classification and development of the term “fantasy” which is considered a new genre in literary criticism and has caused considerable controversy among literary scholars and cr…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article is devoted to the emergence,classification and development of the term “fantasy” which is considered a new genre in literary criticism and has caused considerable controversy among literary scholars and cr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fantasy, events of the 20th century, myth, fairy tale, heroic works, XX asr voqelari, ertak, mif, jahon adabiyoti., Fentezi, qahramonlik asarlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025