К содержанию
РецензированоUZ2025

BROKA AFAZIYASI VA UNING NUTQDA AKS ETISHI

Series А · Nazarova Sabrina

Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 2025

Аннотация

Important fields of modern linguistics – neurolinguistics, as well as clinical linguistics - study the effects of changes and injuries to the human brain on speech and thinking. In this article, we want to give a linguistic description by giving an overview of the type of Broca's aphasia. Keywords: Wernicke's preference, Broca's aphasia, amnesic aphasia, syndrome, semantic aspects. Uchta asosiy afaziya sindromi bor – Vernike afziyasi, Broka afaziyasi va Amnestik afaziya – nevrologik adabiyotlarda tez-tez tasvirlangan bo‘lib, ular asosan 30 Jоurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9 Vоlume 1, Issue 5, Series А 2025 nutq naqshidagi o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi. So‘nggi vaqtlarda tilni qabul qilish (input) va ishlab chiqarish (output) o‘rtasidagi farqqa asoslangan terminologiya ommalashgan bo‘lsa-da, bu yondashuv amalda afaziya sindromlariga to‘g‘ri kelmaydi va noto‘g‘ri masalalarni keltirib chiqaradi va biz Broka afaziyasining bir nechta o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini ko ‘rib chiqamiz. Broka afaziyasi – bu miyaning Broka markazi ( chap yarimsharning pastki peshona sohasida joylashgan ) shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan til va nutq buzilishi. Bu afaziya turi bilan og‘rigan bemorlar nutqni tushunish qobiliyatini qisman saqlab qoladilar, ammo gapirish va grammatik jihatdan to‘g‘ri jumlalar tuzishda jiddiy muammolarga duch keladilar. Broka afaziyali bemorlar nutqining eng e’tiborga molik xususiyatlaridan biri – agrammatizm, ya’ni “funksional” so‘zlar va fleksiyali morfemalarning tushirib qoldirilishidir. Agrammatizm, odatda, sintaktik nuqsonning belgisi sifatida qaraladi. Biroq, bunday yondashuv grammatik tizimlilikdan holi ekanligi alohida ta’kidlanadi va faqat fonologik tuzilma nuqtayi nazaridan izoh yagona izchil va tizimli hisoblanadi. Tabiiy sinf – “funksional” so‘zlar va ba’zi bog‘liq morfemalar – fonologik so‘zlarni tavsiflaydigan bo‘g‘in xususiyatlarga asoslanib aniqlanishi mumkin. Aynan shu unsurlar agrammatik nutqda tushirib qoldiriladi. Nafaqat bir afazik sindromni talqin qilish uchun gipoteza taklif qiladi, balki lingvistik nuqsonlarni tushuntirishda grammatik tuzilmaning universallarini sinchkovlik bilan o‘rganish samaradorligini sinash va namoyish qilishni ham ko‘zda tutadi. Broka afaziyasida ko‘pincha kuch sarflab gapirish va nisbatan to‘g‘ri tushunish holatlari birga uchraydi. Agrammatik afaziyali bemorlar va neyrologik bo‘lmagan bemorlar, turli jumlalardan so‘zlarni tanlab, ularning har bir jumladagi o‘zaro 31 Jоurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9 Vоlume 1, Issue 5, Series А 2025 qanday bog‘liqligini his qilish asosida tasnifladilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Broka afaziyasi bo‘lgan bemorlar:1 • Grammatik tuzilmalarga asoslangan so‘zlarni ishlab chiqishda qiyinchiliklarga duch keladi, bu esa ularning jumla tuzish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Garchi Broka afaziyasi bemorlarining nutqi agrammatik bo‘lsa-da, (ya’ni so‘zlarni grammatik jihatdan to‘g‘ri tartibga solamasalar ham) ular ba’zan jumlaning umumiy ma’nosini tushunishi mumkin. Biroq, jumla tuzilishi va grammatik qoidalarni qoidalarni qo‘llashda sezilarli muammolar mavjud. Ular sinatktik jihatdan kerak bo‘lmagan elementlarni chetga surib, faqat asosiy ma’noni tushunishga harakat qiladilar. • Semantik jihatdan (so‘zlarning ma’nosini tushunishda) nisbatan yaxshi natijalar ko‘rsatishi mumkin, biroq grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantirish qobiliyatlari zaiflashgan bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, “Grammatik jihatdan tegishli semantik tizim” nazariyasiga ko‘ra, sintaktik qoidalarni shakllantirishga xizmat qiladigan cheklangan semantik xususiyatlar to‘olami mavjud. Broka afaziyasida aynan shu semantik xususiyatlarni grammatik jihatdan qo‘llashga javob beradigan miya qismlari shikastlangani sababli bemorlar grammatik jihatdan to‘g‘ri jumlalarni tuzishda qiynaladilar. Masalan, pour (quymoq), spill (to‘kmoq) kabi harakat fe’llari o‘xshash bo‘lsa ham, Broka afaziyasi bo‘lgan bemorlar ularni grammatik jihatdan to‘g‘ri qo‘llay olmaydi. Bu holat tezda motor apraksiya (harakatlarning buzilishi) va harakat qiyinlashuvi bilan tavsiflanadigan artikulyatsiyaga o‘tadi, ammo til funksiyasida doimiy buzilishlar kuzatilmaydi. An’anaviy tarzda Broka afaziyasi deb ataladigan murakkab sindrom esa uzoq muddatli mutizm (so‘zlasha olmaslik), nutqiy shablonlar va agrammatizm bilan tavsiflanadi. Bu sindrom Broka sohasini, insulin 1 A. D.Friederici “The time course of syntactic activation during language processing: A model based on Neuropyschological and Neuropyschological data” - Brain and Language jurnali, 1995. 32 Jоurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9 Vоlume 1, Issue 5, Series А 2025 va chap o‘rta miya arteriyasining yuqori qismi orqali qon bilan ta’minlanadigan qo‘shni miya qismlarini qamrab olgan ancha katta infarkt bilan bog‘liq.2 Xulosa qilib aytganda, Broka afaziyasi bemorlarida asosiy muammo sinta

Доказательный фрагмент

«Important fields of modern linguistics – neurolinguistics, as well as clinical linguistics - study the effects of changes and injuries to the human brain on speech and thinking.»

Образец извлечения

Демо-превью

Important fields of modern linguistics – neurolinguistics, as well as clinical linguistics - study the effects of changes and injuries to the human brain on speech and thinking. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Wernicke's preference, Broca's aphasia, amnesic aphasia, Vernike afziyasi, semantik jihatlar., sindrom, amnestik afaziya, Broka afaziyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники