Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK SURDOPEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLILIGINING RIVOJLANGANLIGI MEZONLARI
RIVOJLANGANLIGI MEZONLARI · Xayitov Lazizbek Rustamjon o‘g‘li
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 1 · 2026
Аннотация
This article is aimed at establishing scientifically based criteria for assessing and developing the professional competence of future sign language teachers and analyzing the practical application of these criteria. In the modern education system, the problem of training highly qualified specialists for working with children with hearing impairments is becoming increasingly urgent. The lack of objective criteria for assessing the professional competence of sign language teachers hinders the training of high-quality personnel in this area. The developed criteria can be used to improve the quality of training sign language teachers at pedagogical universities and advanced training courses, as well as to assess the qualifications of existing 40 specialists. A systematic approach is necessary to develop the professional competence of sign language teachers, and this process should be carried out on the basis of constant monitoring and evaluation. Keywords: sign language pedagogy, professional competence, assessment criteria, hearing impairment, special education, professional training Bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart- sharoitlarini ishlab chiqish uchun, avvalo, talabalarda kasbiy kompetentlik rivojlanganligining mezonlari, ko‘rsatkichlarini belgilash va dastlabki darajalarini aniqlash zarur. Mazkur vazifani hal etish uchun surdopedagog kasbiy kompetentligining asosiy strukturaviy komponentlarini aniqlash talab etiladi. Avvalo bu yo‘nalishda boshqa tadqiqotchilar tomonidan nimalar amalga oshirilganligini tahlil qilamiz. D.Yakubjonova tomonidan esa bo‘lajak defektologlarni kasbiy kompetentligi strukturasida quyidagi komponent ajratilgan: mazmunli (bilimlar), faoliyatli (ko‘nikmalar), shaxsiy (o‘z-o‘zini anglash), ijtimoiy (kasbiy faoliyatning ijtimoiy ahamiyati) [1]. Muallif kasbiy kompetentlikning faoliyatli komponentida pedagogik ko‘nikmalarning quyidagi guruhini ajratadi: gnostik, loyihalash-konstruktorlik, tashkiliy, kommunikativ va tadqiqotchilik, ularning tavsifi umumiy ko‘rinishda berilgan va boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligini aks ettirmaydi. O‘qituvchi uchun bazaviy kompetentlik – bu bolaning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan, o‘quvchini o‘qitish uchun axborot va texnologiyalardan foydalanishdir. Faoliyatning kasbiy sohasini ifodalovchi maxsus kompetentlik, muallifning fikricha, o‘qituvchi uchun bolalarni axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish qobiliyatida ifodalanadi. Bundan tashqari, kasbiy kompetentlikning ko‘rib chiqilgan turlarida pedagogik faoliyatni amalga oshirishga tayyorlik kabi shaxsiy komponent mavjud emas. Mavjud ishlar tahlili surdopedagog kasbiy kompetentligi strukturasidagi quyidagi komponentlarni ajratish imkonini berdi: psixologik-pedagogik, kasbiy, metodik va shaxsiy kompetentlik. Har bir komponentning mohiyatini ochib beramiz. Psixologik-pedagogik kompetentlik surdopedagog uchun uning kasbiy faoliyati asosi hisoblanadi. O‘qituvchi ko‘pgina o‘quv fanlarini o‘rganish uchun asos hosil qiladi va dunyoqarashni, o‘ziga, atrof-muhitga, o‘quv mehnatiga munosabatni rivojlantiradi va bularni boshlang‘ich sinf yoshidagi bola to‘g‘risida, uning yosh, individual xususiyatlari, rivojlanishning ijtimoiy omillari to‘g‘risidagi bilimlar tizimisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ko‘pgina tadqiqotchilar (L.S.Vigotskiy, V.V.Davidov, V.N.Vvedenskiy, N.L.Dmitriyeva, M.I.Lukyanova) psixologik-pedagogik kompetentlik ostida o‘z mehnatining eng asosiy qadriyati sifatida o‘quvchiga yo‘nalganlikni hamda quyidagilarni bilishni tushunadilar [2, 3, 4, 5, 6]: boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning ta’limi va tarbiyasi psixologiyasi, pedagogik faoliyat va surdopedagog shaxsi psixologiyasini; boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning ta’limi, rivojlanishi va tarbiyasining o‘zaro aloqadorligini; ta’lim va tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning shaxsining rivojlanishidagi harakatlantiruvchi kuchlar tavsifini; 41 boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning ta’limi va tarbiyasi metodlarining psixologik asoslanganligini; bola shaxsining fiziologik va psixik rivojlanish xususiyatlarini inobatga olib uning rivojlanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini; boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning “o‘zlik” psixologik jarayonlari va mustaqil ijodiy rivojlanish qonunlarini; Maxsus ta’lim pedagogik jarayonlari qonuniyatlari va tamoyillarini; Maxsus ta’limda ta’lim hamda tarbiya maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirish mohiyati, mazmuni, shakl va metodlarini; boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishning psixologik qonuniyatlari va ularni amalga oshirish sharoitlarini; boshlang‘ich sinfdagi alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarning mustaqil ijodiy rivojlanish maqsadlari, tamoyillari, mazmuni, me
Доказательный фрагмент
«This article is aimed at establishing scientifically based criteria for assessing and developing the professional competence of future sign language teachers and analyzing the practical application of these criteria.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is aimed at establishing scientifically based criteria for assessing and developing the professional competence of future sign language teachers and analyzing the practical application of these criteria. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sign language pedagogy, professional competence, assessment criteria, hearing, surdopedagogika, kasbiy kompetentlik, baholash mezonlari, maxsus ta'lim, professional tayyorgarlik, eshitish buzilishi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024