К содержанию
РецензированоRU2026

TALABALAR O‘QUV FAOLIYATINI PEDAGOGIK IMPROVIZATSIYA ASOSIDA RIVOJLANTIRUVCHI OMILLAR

RIVOJLANTIRUVCHI OMILLAR · Ergasheva Muhayyoxon G‘anijonovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В данной статье анализируется сущность педагогической импровизации и факторы, способствующие развитию учебной деятельности студентов на её основе. Обоснована роль импровизационной методики в современном образовании, её значение для формирования мотивации учащихся, развития креативного мышления и создания свободной коммуникативной среды через анализ научной литературы. Ключевые слова: педагогическая импровизация, учебная деятельность, студент, креативность, мотивация, образовательные технологии. Zamonaviy oliy ta’lim tizimi talabalardan nafaqat nazariy bilimlarni, balki mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va amaliy muammolarni hal etish ko‘nikmalarini talab qilmoqda. Bu esa o‘qituvchidan moslashuvchan, interaktiv va ijodiy yondashuvlarni qo‘llashni talab etadi. Bunday yondashuvlardan biri — pedagogik improvizatsiyadir, ya’ni o‘quv jarayonida rejalashtirilmagan, ammo mazmunga mos ijodiy harakatlar majmuidir 1. Oliy ta’lim tizimida talabalarni o‘qitishda innovatsion va zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati ortib bormoqda. Talaba nafaqat bilim egasi, balki faol ishtirokchi, mustaqil fikrlovchi va ijodkor shaxs sifatida shakllanishi lozim. Shu nuqtai nazardan pedagogik improvizatsiya zamonaviy ta’limda o‘qituvchi faoliyatining ajralmas jihati sifatida qaralmoqda. Mazkur maqolada talabalarning o‘quv faoliyatini pedagogik improvizatsiya orqali rivojlantirish omillari, ularning ta’lim jarayonidagi roli va metodik asoslari yoritiladi. Pedagogik improvizatsiya mohiyati Pedagogik improvizatsiya — bu o‘qituvchining dars davomida vaziyatga qarab moslashuvi, ijodiy yondashuvi va talaba bilan erkin muloqotni tashkil etishidir. Bu yondashuv talabalarning o‘quv jarayoniga faol jalb qilinishini ta’minlaydi. 1 Tojiboyev O. “Pedagogik texnologiyalar asoslari”. – T.: TDPU, 2021.-136 b. 45 A.A. Ostapenko fikriga ko‘ra, “pedagogik improvizatsiya — bu nafaqat ijodkorlik, balki pedagogik holatni anglash, tahlil qilish va unga javob berish madaniyatidir”2. Improvizatsiya asosida talabalar o‘quv faoliyatini rivojlantiruvchi omillar 1. O‘qituvchining improvizatsion mahorati Talaba improvizatsiyani o‘z ustozidan “yuqtiradi”. Yuqori kasbiy tayyorgarlik, improvizatsiyaga tayyorlik o‘qituvchining asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi 2. Erkin muloqot muhiti Talabaning o‘z fikrini erkin ifoda etishi, savollarga bemalol javob bera olishi — darsda ijtimoiy-psixologik iqlimga bog‘liq. Improvizatsion muhitda talabalar passiv emas, faol bo‘lishadi. 3. Faol ta’lim metodlari Role o‘yinlari, debatlar, hayotiy vaziyatlar tahlili (case-study), “aqliy hujum” (brainstorming) kabi metodlar darsni jonlantiradi. Bunday usullar pedagogik improvizatsiyani talab qiladi va talabalarni o‘z fikrini asoslashga o‘rgatadi. 4. Texnologiyalarni integratsiya qilish Multimedia, vizual platformalar (Kahoot, Mentimeter, Padlet) orqali o‘qituvchi darsga turli yangiliklar kiritishi mumkin. Bu talabani diqqat bilan tinglash va interaktiv ishtirok etishga undaydi. 5. Motivatsiyani oshirish Talabani darsga qiziqtirish — bu ta’limning eng muhim jihatlaridan biridir. O‘qituvchining improvizatsiyasi orqali dars “jonli”, talabaga yaqin bo‘lib, o‘quv motivatsiyasi ortadi.3 Zamonaviy ta’lim jarayonining rivojlanish asoslarini izohlash davomida M.M. Potashnikning o‘qituvchining o‘quv jarayonidagi mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini pedagogik improvizatsiyaning negizi deb hisoblashi ayni haqiqat deb bilish mumkin.Zero uning fikricha, bunday yondashuv o‘quvchi shaxsining erkin fikrlovchi bo‘lib shakllanishiga yordam beradi.4 Pedagogik jarayondagi tadqiqotlari natijasida L.Yu. Berikhanovaning ta’kidlashicha, pedagogik improvizatsiya — bu o‘qituvchining o‘ziga xos o‘zgartiruvchi faoliyat shakli bo‘lib, u o‘quvchilar bilan jonli muloqot jarayonida namoyon bo‘ladi va pedagogik ijodiy g‘oyani tez va samarali amalga oshirishda, darsni aniq sharoitlar va pedagogning ijodiy imkoniyatlariga mos tarzda muvofiqlashtirishda ifodalanadi.5 Ayni O‘zbekiston tarixining kechagi va bugungi g‘oyalar targ‘ibotini o‘quv faoliyatdagi taqqoslash jarayonida o‘qituvchi uchun improvizatsion hiisy tezkorlik muhim ahamiyatli hisoblanadi. Dars jarayonida mavzuga oid teatrlashgan qisqa tasavvur shakllantiruvchi epizotlarni yuzaga keltirish tarix o‘qituvchisining zamonaviy darslarni tashkil etish yuzasidan belgilangan talablariga aylanib bormoqda. Zero V.N. Xarkinning ta’rificha, pedagogik improvizatsiya — bu ijro etish jarayoni obyektiv yoki subyektiv jihatdan yangilik yaratish bilan bir vaqtda yoki darhol undan keyin amalga oshadigan hodisa bo‘lib, u pedagogik faoliyatning bir unsuri sifatida namoyon 2 Ostapenko A.A. “O‘qituvchining pedagogik mahorati nimalardan iborat?” – M.: Maktab texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, 2019. – 28 b. 3 Karimova M. “Ta’limda motivatsiya nazariyalari”, Oliy ta’lim ilmiy jurnali, 2021. – 279 b. 4 Potashnik M.M. “Учебний процэсс: новая педагогическая парадигма”. – Moskva, 2005. – 49 b. 5 Берикханова, Л.Ю. Об импровизационных моментах в творчестве учителей новаторов / Л.

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируется сущность педагогической импровизации и факторы, способствующие развитию учебной деятельности студентов на её основе.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируется сущность педагогической импровизации и факторы, способствующие развитию учебной деятельности студентов на её основе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pedagogical improvisation, learning activity, student, creativity, motivation, ijodkorlik, talaba, pedagogik improvizatsiya, motivatsiya, ta’lim texnologiyalari., o‘quv faoliyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники