К содержанию
РецензированоRU2026

TIL VA MILLAT MADANIYATI ORASIDAGI MUNOSABATNING LINGVISTIK HAMDA LINGVOKULTUROLOGIK AHAMIYATI

HAMDA LINGVOKULTUROLOGIK AHAMIYATI · Murodova Mutabar Ibodullayevna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В языке отражается жизнь, традиции и история каждого народа. Изучение языка определённой нации открывает путь к более глубокому пониманию истории, культуры и ценностей данной страны. Взаимосвязь между языком и национальной культурой имеет важное значение в лингвистике, лингвокультурологии, лингвострановедении и культурологии. Ключевые слова: язык, национальная культура, сравнительное языкознание, культурология, межкультурная коммуникация. Tilning ko‘p jihatlarini anglash uchun uning ijtimoiy-antropologik mohiyatini o‘rganish zarurligi bugungi kunda barchaga ma’lum. 19-asrning birinchi yarmidayoq V. Humboldt til milliy ruhning oʻziga xos xususiyatlarini ifodalaydi va shakllantiradi, ushbu millatning dunyo haqidagi tasavvurlarini o’zida aks ettiradi, degan fikrni bildirgan edi. Nemis olimining ushbu fikrlarini keyinchalik amerikalik olimlar bo’lmish F. Boas (1915), E. Sepir (1934), B. Uorf (1960) va boshqalar rivojlantirib til va madaniyatni birgalikda o’rganish zaruratini ilgari suradilar. D. Hayms (1962) boshchiligida AQSHda etnolingvistika maktabi shakllanadi, uning o’z oldiga qo’ygan vazifasi “sof tilshunoslik” chegarasidan tashqariga chiqib tilni jamiyatga nisbatan munosabatini ko’rib chiqish, shuningdek, til orqali madaniyatni ham tasvirlash edi. Madaniyatlararo muloqot – nazariy va amaliy tilshunoslikning muhim muammolaridan biridir. U insonlar orasidagi muloqot jarayonini har bir xalqning til va madaniyat birligi nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi. Til xalqning hayoti va ruhiy holatini va uni o’rganish jarayonida uning tarixini, madaniyati va mamlakat realiyalarini anglashga, shuningdek, millatlararo aloqalarni mustahkamlashga yo’l ochadi. Til va millat madaniyati orasidagi munosabat tilshunoslikda ham madaniyatshunoslikda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Muloqotning milliy-madaniy o’ziga xosligini ko’rib chiqishda odatda turli tillarni qiyoslashda namoyon bo’lishiga e’tibor qaratiladi. Bu albatta tasodif emas, chunki qiyosiy metod ularni alohida ko’rib chiqish nuqtai nazaridan chetda qolgan yangi lingvistik va madaniy 45 faktlarni aniqlash imkonini beradi. Ikki yoki undan ortiq tillarni solishtirib tavsiflash g’oyasi yangilik emas. Eramizgacha IV asrdayoq yunon faylasufi Makrabiusning yunon va lotin fe’llarini solishtirib o’rganishga harakat qilgan. 1803 yilda nashr etilgan Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’at it-turk” (Turkiy tillar lug’ati) kitobi katta qiziqish uyg’otdi, unda muallif qiyoslashdan maxsus ilmiy tamoyil sifatida foydalanadi. 1499-yilda Alisher Navoiy “Muhokamat al-lug’atayn” (Ikki til muhokamasi) kitobini yozib bitirdi, unda o’zbek va fors tillari grammatikasini solishtirgan. Eramizgacha IV asrdan to eramizning XV asrigacha va X-XVII asrlarda Angliyada nashr etilgan lotin tili grammatikasida, ingliz va lotin tillari qiyosiy tahlilidan parchalar mavjud edi. Uyg’onish davri Yevropa grammatikasi asosan lotin va yunon tillari grammatikasini qiyoslash orqali yozilgan. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida ko’p tilli lug’atlar paydo bo’la boshladi. Bunga misol qilib P.S. Pallasning “Oliymaqom shaxsning qo’li bilan to’plangan barcha tillar va lahjalar qiyosiy lug’ati” (1877) va 300dan oshiq til tahlil etilgan Lorenso Ervas-i-Panduroning “Mashhur xalqlar tillari katalogi, ularning hisobi, lahjalari va dialektlaridagi farqlariga ko’ra joylashuvi va tasnifi”ni (1804) ko’rsatish mumkin. 1871 yilda esa Berlinda X. Adelung “Mitridat” to’rt tomdan iborat umumiy tilshunoslik kitobini chop ettirdi. XIX asrning oxirida turli til darajalari birliklari tahlil etilgan ilk qiyosiy ishlar chiqa boshladi. Bular jumlasiga “Ingliz va nemis tilarida nutq tovushlari” (1892), K. Grenjni “Nemis, ingliz va fransuz fonetikasi bo’yicha ocherklar” (1894), V. Vyotor, V. Matezius (1926) va Sh. Balli (1932) asarlarini kiritish mumkin. Bu kabi ishlar kelib chiqishi va qarindoshlik darajasidan qat’iy nazar turli tillarni qiyoslash imkoniyati bor ekanligini isbotladi. Bundan tashqari ular tillarning sinxron qiyoslashni o’z oldiga maqsad qilib olgan yangi ilmiy yo’nalish shakllanishiga yo’l ochdi. Bugunga kelib qiyoslashga oid tadqiqotlar anchagina kengaydi va qiyosiy tilshunoslikning qiyosiy pragmalingvistika, matnning qiyosiy lingvistikasi, diskursning qiyosiy tahlili, qiyosiy sotsiolingvistika, qiyosiy etnolingvistika, qiyosiy leksikologiya, qiyosiy lingvomadaniyatshunoslik va h.k. sohalarining shakllanishiga turtki bo’ldi. Pragmalingvistik va lingvomadaniy xususiyatlar madaniyatlararo muloqot jarayonida nutq strategiyalarini tanlashga imkon beradi. Qiyosiy pragmalingvistika va lingvomadaniyatshunoslik orasidagi bog’liqlikni o’rganishda ushbu yo’nalishlarning maqsadi ona tili va o’rganilayotgan tildagi nutqiy aktlarni qiyoslash muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. So’zlovchining muloqot vaziyati ijtimoiy va pragmatik parametrlarni hisobga ola bilish va shu bilan birga birdan ortiq variantlarni tanlay olish qobiliyati unda kommunikativ va sotsial kompetensiyalarning borligidan dalolat beradi. Ya’ni nutq etiketi birliklari sohas

Доказательный фрагмент

«В языке отражается жизнь, традиции и история каждого народа.»

Образец извлечения

Демо-превью

В языке отражается жизнь, традиции и история каждого народа. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
language, national culture, comparative linguistics, cultural studies, madaniyatlararo muloqot., til, qiyosiy tilshunoslik, milliy madaniyat, madaniyatshunoslik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники