Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA AGROSANOAT TIZIMIDA EKOLOGIK BARQARORLIK VA SUV RESURSLARINI BOSHQARISH
Maxmudova Dilora Ibragimovna · Omonboyeva Maftuna Hamro qizi
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
The article explores the issues of ensuring ecological sustainability of the agro-industrial system and effective water resource management under global climate change. It analyzes the impact of climate change on water supply, soil fertility, and agricultural production, while discussing water-saving technologies and innovative governance mechanisms. Keywords: climate change, agro-industry, ecological sustainability, water resources, management, technology Kirish. XXI asrda insoniyat duch kelayotgan eng katta tahdidlardan biri bu — global iqlim o‘zgarishidir. Ushbu jarayon nafaqat tabiiy ekotizimlarga, balki inson faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan agrosanoat tizimlariga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, haroratning oshishi, yog‘ingarchilik rejimining o‘zgarishi, ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishi natijasida yer va suv resurslarining tabiiy holati o‘zgarib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi beqaror holatga kelmoqda. Iqlim o‘zgarishining eng og‘riqli oqibatlaridan biri — bu suv resurslarining qisqarishi va suv taqchilligining kuchayishidir. Jahon bo‘yicha qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan suv hajmi 70% dan ortiqni tashkil etadi. Shu bois suv resurslarining kamayishi bevosita oziq-ovqat xavfsizligi, tuproq unumdorligi va aholi farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi ham iqlim o‘zgarishiga eng sezuvchan mintaqalardan biri hisoblanadi. Respublikaning katta hududi arid va yarim arid iqlim sharoitida joylashgani sababli, haroratning ortishi va yog‘ingarchilikning kamayishi bu yerda qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, eroziya, suv tanqisligi kabi ekologik muammolarni yanada kuchaytirmoqda. 63 ` Ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi suv resurslarining pasayishi qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, ayniqsa paxtachilik, g‘allachilik va sabzavotchilik uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Ushbu holatlarda agrosanoat tizimining barqarorligini ta’minlash uchun resurslardan oqilona foydalanish, suvni tejash, ekologik yondashuvlar asosida ishlab chiqarish tizimlarini qayta ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Agrosanoat tizimi — bu faqat dehqonchilik va chorvachilik emas, balki ularga xizmat ko‘rsatuvchi, mahsulotni qayta ishlovchi, saqlovchi va iste’molchiga yetkazuvchi butun bir tizimdir. Ushbu tizimning har bir bo‘g‘inida iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan, ekologik barqaror yondashuvlar zarurdir. Shu munosabat bilan, mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi — global iqlim o‘zgarishi sharoitida agrosanoat tizimida ekologik barqarorlikni ta’minlash va suv resurslarini boshqarishning ilmiy asoslarini aniqlash, ularning samarali modellarini tahlil qilish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: iqlim o‘zgarishining suv resurslari va agrosanoat tizimiga ta’sirini aniqlash; suvni tejovchi texnologiyalar va ekologik muhofaza choralarini tahlil qilish; zamonaviy boshqaruv modellarini o‘rganish va ular samaradorligini baholash; O‘zbekiston sharoitida agrosanoat tizimini iqlimga moslashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot obyekti — iqlim o‘zgarishi sharoitida faoliyat yuritayotgan agrosanoat tizimlari va ularda qo‘llanilayotgan suv resurslarini boshqarish tizimlari. Tadqiqot predmeti — suv resurslari boshqaruvi, agroekologik barqarorlikni ta’minlash texnologiyalari, iqlimga moslashuv strategiyalari. Ilmiy – amaliy ahamiyati. Mazkur tadqiqot global iqlim o‘zgarishi sharoitida ekologik va iqtisodiy tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ilmiy asosda ochib berishga xizmat qiladi. Amaliy ahamiyati – tadqiqot natijalari suv resurslarini samarali boshqarish, qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etish, iqlimga mos agroekotizimlar yaratish bo‘yicha siyosiy qarorlar, strategiyalar va investitsion loyihalarni ishlab chiqishda qo‘l keladi. Shuningdek, mahalliy fermer xo‘jaliklari va suv foydalanuvchi tashkilotlarga amaliy maslahatlar beradi. Shunday qilib, mazkur tadqiqot mavzusi zamonaviy ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy tahdidlar sharoitida bevosita dolzarb bo‘lib, milliy va global darajada ahamiyat kasb etadi. Metodologiya. Tadqiqotda tahliliy usul, taqqoslash usuli, sistemali yondashuv usullari asosida olib borildi: Natijalar. Iqlim o‘zgarishi so‘nggi o‘n yilliklarda inson faoliyatining global ekologik oqibatlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Atmosferaga issiqxona gazlarining (asosan CO₂, CH₄, N₂O) ortiqcha chiqarilishi natijasida Yer sharining o‘rtacha harorati barqaror tarzda oshib bormoqda. BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ekspertlar guruhi (IPCC) ma’lumotlariga ko‘ra, 1850–1900 yillardagi darajaga nisbatan global harorat hozirgacha 1,2 °C ga ortgan va bu jarayon davom etmoqda [1]. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi iqlim o‘zgarishiga nisbatan eng sezuvchan hududlar sirasiga kiradi. Hududda haroratning yillik o‘rtacha ko‘rsatkichi 1960 yildan beri 1,5 °C ga oshgan, yog‘ingarchilik tartibi buzilgan, ya’ni bahor oylarida ko‘proq, yozda esa kamroq 64 ` yog‘adi, qurg‘oqchil
Доказательный фрагмент
«The article explores the issues of ensuring ecological sustainability of the agro-industrial system and effective water resource management under global climate change.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article explores the issues of ensuring ecological sustainability of the agro-industrial system and effective water resource management under global climate change. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- climate change, agro-industry, ecological sustainability, water resources, iqlim o‘zgarishi, agrosanoat, ekologik barqarorlik, suv resurslari, boshqaruv, texnologiya.
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025