Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QORAQOLPOG‘ISTONNING IQLIMI EKSTREMAL AHOLI PUNKTLARIDA YOMG‘IR SUVLARINI YIG‘ISH VA ULARDAN FOYDALANISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
Наука и инновация · 3 · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada geografik iqlim sharoiti noqulay bo‘lgan aholi punktlari hududlarida suv resurslarining yetarli bo‘lmaganligi sababli suv ta’minotida jiddiy muammolar yuzaga kelgan Qoraqalpog‘istonning Orol bo‘yi mintaqasi hududlarida suv ta’minotida qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Yomg‘ir suvlarini yig‘ish usuli bilan suvtejamkor sug‘orish texnologiyalarini birgalikda qo‘llash orqali ekologik va landshaft muammolarini yechish bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Yomg‘ir suvlarini, noqulay bo‘lgan aholi punktlari, Amudaryo suvi, Konsepsiya, landshaft, filtirlash tizimi, Suv yig‘ish maydoni. Asosiy qism. Kirish. “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020- 2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi” qabul qilingan bo‘lib, Konsepsiyada 2030 yilga qadar qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2,0 mln gektargacha yetkazish belgilab qo‘yilgan. Shuningdek ayni paytda “Yashil makon” umummilliy loyihasi kabi loyixalar keng amalga oshirilib, respublikada daraxtlar sonini oshirish bilan havo tozaligini oshirish mamlakatimiz ekologiyasi va xalqimiz salomatligidagi ahamiyati beqiyos xisoblanadi [1], [2]. Ma’lumki mamlakatimiz, xususan respublikamizning Amudaryo suviga bog‘langan janubiy hududlari nafaqat aholi sonining oshishi va global iqlim o‘zgarishi kabi jiddiy muammolar balki davlatlaro suv munosabatlaridagi chigallik sababli o‘tkir suv tanqisligiga yuz kelmoqda. Bu esa xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarining rivojini xavf ostiga qo‘yadi. Suv yetishmovchiligi kelajakda misli ko‘rilmagan ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Amudaryodan yiliga 10 kilometr kub miqdorida suv olish maqsadida Afg‘oniston tomonidan qurilayotgan Qo‘shtepa kanali kabi transchegaraviy suv taqsi moti bo‘yicha muammolar o‘zi shundoq ham suv tanqisligidan aziyat chekayotgan respublikamizning suv xo‘jaligi va unga bog‘liq boshqa xalq xo‘jaligi tarmoqlarining faoliyati va rivoji uchun jiddiy xavf hisoblanadi [3]. Maskur maqolada ko‘tarilgan mavzu mamlakatimizning ko‘plab hududlarida suv resurslarining yetarli bo‘lmaganligi sababli suv ta’minotida jiddiy muammolar yuzaga kelgan va shu jumladan Qoraqalpog‘istonning Orol bo‘yi mintaqasi uchun o‘ta muhim bo‘lgan muammolardan xisoblanadi. Buning natijasida bu yerda suvni tejash texnologiyalari nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda tabiiy resurslarni tejashga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarga: suv iste’molini tejash masalasini targ‘ib qilish; suvni qayta regeneratsiyalash (iloji bo‘lsa); chiqindi suv va yomg‘ir suvlarini qayta ishlatish. Tadqiqot mavzusi bilan bog‘liq adabiyotlar soni juda kam, ular, asosan xorijiy nashrlardagi ilmiy maqolalar va ma’lumotnomalar tarzida bayon etilgan. Yomg‘ir suvini yig‘ishning asosiy sxemasi quyidagicha: (1- rasmga qarang) 90 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si 1-rasm. Yomg‘ir suvini yig‘ishning asosiy sxemasi • Suv yig‘ish maydoni (odatda, tom yoki boshqa suv o‘tkazmaydigan sirtlar); • Quvurlar va tarnovlar (yig‘ilgan suvni saqlash idishlariga yo‘naltiradi); • Filtirlash tizimi (suvni iflosliklardan tozalash uchun); suvni saqlashga mo‘ljallangan rezervuarlar; • Parallel suv ta’minoti. Suv yig‘ish maydoni – bu yomg‘ir yog‘adigan va yig‘iladigan yuza. Suv yig‘ish maydoni sifatida tom yoki maxsus qurilmalardan foydalanish mumkin. Yomg‘ir suvini yig‘ish va saqlash uchun suv ombori er osti yoki yer ustida bo‘lishi mumkin. Buning uchun vaqt o‘tishi bilan o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydigan materiallardan tayyorlangan idishlardan foydalanish lozim - beton, ruxlangan po‘lat, plastmassa, shisha tolali va boshqalar. Tabiy yomg‘ir suvini yig‘ish va undan o‘simliklarni sug‘orish va maishiy xo‘jalik extiyoji uchun foydalanishdan tashqari, 2023- yildan boshlab respublikamiz fermerlariga, shu jumladan Qoraqalpog‘iston fermerlari suvni tejashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishlari uchun «Alfa-disk» firmasi internet orqali boshqariladigan zamonaviy sug‘orish tizimini taklif etgan. Bunday tizimni fermer xo‘jaliklariga o‘rnatish va undan foydalanish sug‘orish tizimini masofadan turib boshqarish va suv sarfini real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beradi. Ana shunday suvni tejash texnologiyasidan biri Gidrogel texnologiyasidir. Gidrogel moddasi tuproqqa qushilganda suvni uzida saqlab, o‘simliklarga kerak bo‘lganda yetkazib beradi. Bu usul sug‘orishga sarflanadigan suv miqdorini 20-40% gacha tejash imkonini yaratadi. Qayta foydalanish uchun basseyn va akva zonasidagi suvni tozalash tizimlari. Yuzaga keladigan tabiiy va antropogen yuzlab moddalarning past konsentratsiyasini o‘z ichiga olgan manba suvi – suv tozalash stansiyasida har xil turdagi ishlov berishdan, shu jumladan dezinfeksiyadan o‘tkaziladi. Keyin suv suzish basseyniga tushadi, u yerda basseynning ekspluatatsiya sharoitlariga qarab, shuningdek dezinfeksiya va hovuzga tashrif buyuruvchilar bilan aloqa qili
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada geografik iqlim sharoiti noqulay bo‘lgan aholi punktlari hududlarida suv resurslarining yetarli bo‘lmaganligi sababli suv ta’minotida jiddiy muammolar yuzaga kelgan Qoraqalpog‘istonning Orol bo‘yi minta…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada geografik iqlim sharoiti noqulay bo‘lgan aholi punktlari hududlarida suv resurslarining yetarli bo‘lmaganligi sababli suv ta’minotida jiddiy muammolar yuzaga kelgan Qoraqalpog‘istonning Orol bo‘yi minta… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Konsepsiya, Amudaryo suvi, Suv yig‘ish maydoni., landshaft, noqulay bo‘lgan aholi punktlari, Yomg‘ir suvlarini, filtirlash tizimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026