Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PAXTA XOM ASHYOSINI TOYLASH VA SAQLASH JARAYONIDA NAMLIKNI ANIQLASH USULLARI VA NAMLIKNING TOLA SIFATIGA TA’SIRI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mamarasulov Eliboy Qaxramon o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada paxta tolasini dastabki qayta ishlash va saqlash jarayonida namligini aniqlash usullari, stndart talablar va namlikning tola sifatiga ta‘siri haqida hamda sohdagi yetakchi izlanishlar haqida ko‘proq ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Paxta tozalash sanoati, O‘lchash usuli, o‘lchashni o‘tkazishga tayyorgarlik, quritish shkafi, quritish aparati, Namlikni tezkor o‘lchash yoki quritish, standart, Guliston Paxtani qayta ishlash zavodi. Keyingi yillar davr talabiga ko‘ra respublika paxta tozalash sanoatida yuz berayotgan o‘zgarishlar, joriy etilayotgan yangi texnologiyalar, paxtani dastlabki ishlashda ko‘proq va sifatli tola ishlab chiqarish maqsadida ixchamlashtirilgan texnologiyalarni joriy qilish bilan mahsulot tannarxini kamaytirish, ishchi-xizmatchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash va og’ir qo‘l mehnati talab qiluvchi ishlarni mexanizatsiyalashtirish bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonida undan tola, chigit va momiq ishlab chiqariladi. Bu maxsulotlar kundalik hayotimizda, sanoatda, tibbiyotda va texnik maqsadlarda keng foydalaniladi. Toylash paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonining so‘ngi bosqichidir. Kondensordan chiqayotgan tolaning zichligi 12-15 kg/𝑚3 atrofida bo’ladi. Kondensordan chiqqan (toylamagan) tolani saqlash yoki tashish noqulay va yong‘in chiqish xavfı bo’ladi. Bundan tashqari presslanib toylanmagan tola yoki momiq tez ifloslanadi va uning sifat ko’rsatkichlariga salbiy ta'sir etadi. Toylanmagan tolani yoki momiqni saqlashda omborlar xajmidan va transport vositalaridan samarali foydalanilmaydi, shuningdek ortish, tushirish va tashish mexanizmlaridan to’liq foydalanish mumkin bo’lmaydi. Shuning uchun paxta tozalash zavodlarida maxsus presslarda tola, momiq va tolali chiqindilar zichlanadi va toy holatiga keltiriladi. Bu jarayonda ma’lum bir oraliqlarda tolaning namligi kuzatib boriladi. O‘lchash usuli: Paxta tolasi namunalari tarozida tortiladi, o‘zgarmas haroratda quritiladi va tarozida qayta tortiladi. Namunaning dastlabki massasi bilan quritilgan massasi orasidagi farqning quritilgan massaga nisbati foizlarda hisoblanadi. (namlikning massaviy nisbati) Paxta tolasini namligini aniqlashda oadatda O‘lchashni o‘tkazishga tayyorgarlik Namlikni tezkor aniqlovchi o‘lchash yoki quritish qurilmalari sinov natijalarini belgilangan tartibda tasdiqlangan qo‘llanma bo‘yicha vaqti vaqti bilan quritish shkaflari sinov natijalariga solishtirish orqali tekshirib turilishi kerak. O‘lchash bajarilishidan oldin quritish shkaflari (1101,5)°С, quritish aparatlari (1072) )°С, namlikni tezkor aniqlovchi o‘lchash va quritish qurilmalari (1952) °С gacha qizdirilishi kerak. Namlikning massaviy nisbatini aniqlash uchun namunani tanlash O‘z DSTga muvofiq bajariladi. 53 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Qo‘llanilayotgan asbobga muvofiq, har bir birlashtirilgan namunadan, sinash uchun, birinchi namunada ko‘rsatilgan massaga muvofiqnamuna tanlab olinadi. Quritish shkaflarida sinaladigan har bir sinash uchun namuna birlshtirilgan namunaning har yeridan tahminan teng qilib olingan tutamchalarni tashkil etadi. Sinash uchun tanlangan namunalar darhol tortiladi. 1-jadval Quritish shkafi Namuna massasi, Namuna Tortish aniqligi ko‘pi g kamida soni, dona bilan, mg Quritish shkafi 5 4 5 Quritish aparati 200 1 100 O‘lchash yoki 20 2 10 quritish qurilmasi O‘lchashlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1.Quritish shkaflari yordamida. Ochiq byukslaridagi sinash uchun olib kelingan namunalar quritish shkaflariga joylashtiriladiva 2 soat mobaynida quritiladi. Keyin byukslar chiqariladi, qopqoqlari yopilib eksikatorda sovitish uchun 15 daqiqa saqlanadi. 2. Quritish aparatlari yordamida aniqlash usuli. Og‘irligi o‘lchangan sinash uchun namuna quritish aparati savatchasiga titilgan holda tekis qavatlarga iflos aralashmalarni yo‘qotmasdan joylashtitiladi. Savatcha quritish aparatiga joylastiriladi, keyin uni beritib havo oqimi o‘tkaziladi. Bir soatdan keyin havo oqimi berkitiladi va sinash uchun namunaning massasi ko‘pi bilan 0,1 % hatolik bilan o‘lchanadi.Sinash uchun namunaning ikkita ketma-ket o‘lchangan massasi 0,1% dan yuqori bo‘lmagan kattalikda farq qilingunga qadar massani o‘lchash har 20 daqiqada takrorlanadi. 3. Namlikni tezkor aniqlovchi o‘lchash yoki quritish qurilmalari yordamida o‘lchash usuli. Ishga tayyor Namlikni tezkor aniqlovchi o‘lchash yoki quritish qurilmasining quritish zonasiga sinash uchun olingan namuna bir tekis qilib yoyilib, qopqog‘i yopiladi va sekundnomer yurg‘iziladi. Quritish boshlanganidan 3 daqiqadan so‘ng quritish kamerasi qopqog‘i ochilib, sinash uchun namuna chiqarib olinadi, to‘kilgan iflos aralashma kurakcha yordamida yig‘ishtiriladi. Sinashn uchun namuna bilan iflos aralashma byuksga joylanadi, qopqog‘i berkitilib darhol massasi o‘lchanadi. So‘ngra byuks qopqog‘i bilan birga tortiladi. Guliston paxta tozalash zavodida dastlabki qayta ishlovdan o‘tgan paxta toylaridan olingan tola na’munalari Sifa
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada paxta tolasini dastabki qayta ishlash va saqlash jarayonida namligini aniqlash usullari, stndart talablar va namlikning tola sifatiga ta‘siri haqida hamda sohdagi yetakchi izlanishlar haqida ko‘proq ma’…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada paxta tolasini dastabki qayta ishlash va saqlash jarayonida namligini aniqlash usullari, stndart talablar va namlikning tola sifatiga ta‘siri haqida hamda sohdagi yetakchi izlanishlar haqida ko‘proq ma’… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Paxta tozalash sanoati, quritish aparati, o‘lchashni o‘tkazishga tayyorgarlik, O‘lchash usuli, Namlikni tezkor o‘lchash yoki quritish, Guliston Paxtani qayta ishlash zavodi., standart, quritish shkafi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025