К содержанию
РецензированоUZ2026

BAYONCHI-MEN, MUALLIF OBRAZINING GENEZISI VA TARAQQIYOTI

G‘ofurova Shahnoza Alimovna

Молодые ученые · 28-37 · 2026

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif obrazi nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilib,Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” ma’rifiy romanida muallif obrazining roman qahramonlaridan biri sifatidagi roli tahlil qilinadi. Badiiy asar muayyan davr, xalq va shaxsning ruhiy-ma’naviy dunyosini ifodalovchi murakkab hodisa bo‘lib,unda muallif obrazi yetakchi nazariy tushunchalardan biri hisoblanadi. Adabiyotshunoslikda muallif obrazining shakllanishi, uning poetik mohiyati, funksional xususiyatlari va badiiy matndagi o‘rni yuzasidan turli yondashuvlar imkon doirasida tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: “Boburiynoma”, muallif obrazi, estetik, psixologik va falsafiy omillar, uslub, xarakter, bevosita va bilvosita qatnashuvchi, badiiy matn, mualliflik izohlari, tarixiy ong, milliy g‘urur. Muallif obrazi tushunchasi va uning adabiyotshunoslikdagi nazariy asoslarida muallif obrazi estetik, psixologik va falsafiy omillar bilan uyg‘un holda o‘rganilishi muhim. “Boburiynoma” ma’rifiy romanida muallif obrazi yuqoridagi omillar orqali shakllandi va o‘zini bosh qahramonlardan biri sifatida ko‘rsata oldi.Romanning kompozitsion tuzilishi muallif obrazining qanday namoyon bo‘lishini belgilaydi.Shu jumladan,“Boburiynoma”ma’rifiy romani kompozitsiyasi ham bundan mustasno emas. Xayriddin Sulton romanning muqaddima qismidanoq o‘z uslubini, xarakterini namoyon etadi. Undagi ideal,ma’rifiy romanni yozishdan bo‘lgan maqsadni yuzaga chiqaradi.Bu ideal esa Bobur Mirzo shaxsiyatidir. Muallif o‘n to‘rt yoshidanoq bu siymo qarshisida hurmat his qiladi.Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”sidan bir suhbatdosh, hamroh insonini topgani sabab aqlini tanibdiki, muallifning qo‘lidan bu devon tushmadi. Qariyib yigirma yildirki,idealining mardligi,matonati va tavakkuli, tengsiz shaxsiyatiga maftun bo‘lib,bir qancha badiiy va ilmiy-ommabop asarlar yozgani haqida biroz iftixor va sevgi bilan gapiradi.Muqaddima so‘ngida esa kitobxonga murojaat qilib,Hazrati Bobur va uning shavkatli sulolasiga bo‘lgan ehtirom,ixlosining samimiyati haqqi,ushbu ma’rifiy romanda uchrashi muqarrar bo‘lgan xato-nuqsonlarni kechirishini umid qiladi.Muallifdagi kamtarlik va samimiy xarakteri “Boburiynoma”dagi xato- nuqsonlarni bo‘lishi mumkin, deb emas bo‘lishi muqarrar deb hisoblaydi.Xayriddin Sulton roman syujetida shunchaki muallif obrazida bo‘lib emas,bilvosita roman syujetida bayon qilingan ekspeditsiya jarayonlarida,sarguzashtlarida bosh qahramonlardan biri sifatida ishtirok etadi.Shu sababdan ham muallif obrazi, ya’ni “men” qahramonining nutqi,xarakteri – o‘z g‘oyalarini bevosita yoki bilvosita qahramonlar orqali aks ettirishdan tashqari o‘z zimmasiga ham tushadi va ochiq fikriy bayonlarini, mulohazalarini, ekpeditsiya davomida ko‘rgan-kechirganlarini romanning bosh qahramonlaridan biri sifatida bemalol bildiradi. Muallifning syujetga aralashuvi boshqa asarlarda hikoyachining mavqeiga ko‘ra,obraziga ko‘ra turlicha shakllanadi. Masalan, bevosita, bilvosita qatnashuvchi, kuzatuvchi yoki oshkor bo‘lmagan kuzatuvchi sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin “Boburiynoma” ma’rifiy romanida Xayriddin Sulton obrazini bevosita qatnashuvchi muallif bilan bir qatorda bilvosita qatnashuvchi muallif obrazida ham ko‘ramiz.Uning muallif obrazidagi o‘ziga xos jihatlaridan 37 biri syujet rivojida faol ishtirok etishidir.Romanda muallif Boburiylar davrining murakkab tarixiy jarayonlarini nafaqat bayon qiladi,balki o‘zining shaxsiy munosabatlarini ham ifoda etadi.Yana bir e’tibor tortadigan muallifga xos estetik ideal va dunyoqarash asarning g‘oyaviy yo‘nalishini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.Biz muallif obrazidagi bu qirrani tarixiy voqelik va badiiy tasvir uyg‘unligini saqlab qolganda ko‘ramiz.Muallif tarixiy shaxslarni yoki o‘zi bilan ekspeditsiyada hamroh bo‘lgan zamondoshlari shaxsini yoritishda ularning ruhiy holati,siyosiy qarashlari va ijtimoiy mavqeini barchaga tushunarli bo‘lgan ommabop uslubda yoritadi.Muallifning tarixiy qahramonlari bilan munosabati ham ayricha diqqatingizni tortadi.Muallif tarixiy shaxslar bilan xayoliy muloqotga kirishadi,ularning ichki hissiyotlarini his qilishga,ruhiy kechinmalariga addekvat yondashishga urinadi.Ularga baho beradi,lekin bu baho gumanistik xarakter asosida amalga oshadi.Xayriddin Sulton ayrim voqealarga o‘z shaxsiy nuqtayi nazaridan yondasharkan ayrim tarixiy hodisalarning,siyosiy,axloqiy tanazzullarning sababini aniqlashga harakat qiladi. Ularning ichki kechinmalarini,ruhiy holatlarini muallif o‘z qalbidan, mental va badiiy tafakkuridan o‘tkazib tahlil qilib kitobxon bilan o‘rtoqlashadi.Muallifning diniy dunyoqarashi,muqaddasotlari,tushunchalari bilan parallel ravishda falsafiy tafakkuri ham roman syujetida voqealar rivojlangani sari yorqinlashadi. Asarda tarixiy haqiqatlar bilan bir qatorda,muallifning tarixiy faktlardan tashqari jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayoti haqidagi fikrlari mujassam bo‘lib,bu muallif obrazining murakkabligidan dalolat qiladi.Muallifning pozitsiyasini aniqlab olishda o‘zining uslubini qo‘llaganiga amin bo‘lamiz

Доказательный фрагмент

«Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif obrazi nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilib,Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” ma’rifiy romanida muallif obrazining roman qahramonlaridan biri sifatidagi roli tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif obrazi nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilib,Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” ma’rifiy romanida muallif obrazining roman qahramonlaridan biri sifatidagi roli tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Antik davr, muallif konsepsiyasi, zamonaviy adabiyot, yunon va rim adabiyoti, g‘arb klassik adabiyoti, Uyg‘onish davri, fenomen., muallif obrazi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники