К содержанию
РецензированоUZ2026

KON BOSIMI SHAROITIDA QAZIB OLISH USULLARINI TANLASHNING GEOTEXNIK ASOSLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · GEOTEXNIK ASOSLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Shomurodov Shavkat Maxmud o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Samarchuq oltin konining geologik va geomexanik xususiyatlari asosida kon bosimi ta’sirida optimal qazib olish variantlarini tanlash bo‘yicha geotexnik yondashuvlar, kon bosimining vertikal va gorizontal komponentlari, g‘ovaklik va qatlamlararo kontakt zonasining deformatsiyalanuvchanligi hisobga olingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qazib olish texnologiyasining tanlanishi konning kuchlanganlik holatiga bevosita bog‘liq bo‘lib, hududiy kuchlanganlik gradientlarini hisobga olgan holda kon xavfsizligi va samaradorligi ta’minlanadi. Kalit so‘zlar: Samarchuq koni, kon bosimi, geomexanika, qazib olish usullari, qatlamlararo siljish, qazib olish tizimi, kon bosimi, kon laximi, turg‘unlik, kuchlanganlik, tog‘ jinslari, darzdorliklar. Samarchuq oltin koni O‘zbekistonning tog‘li hududida joylashgan bo‘lib, o‘zining murakkab geologik tuzilishi va yuqori kon bosimi sharoitida joylashgani bilan ajralib turadi. Kon chuqurligi ortib borayotgan hozirgi davrda, qazib olishning xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash uchun geomexanik omillarni chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola kon bosimining ta’sirini hisobga olgan holda optimal qazib olish variantlarini tanlash bo‘yicha geotexnik asoslarni ishlab chiqishga qaratilgan. Kon zarbasi mavjud bo‘lgan rudali va noruda konlarida eng asosiysi, qazib olish ishlari davomida massiv yo‘nalishi bo‘ylab kon ishlarini olib borishda burilish va og‘ishlarga yo‘l qo‘yilmadi. Konning joylashgan joyiga qarab geodinamik vaziyatga mos kelishidan kelib chiqib, u joylashgan massivning kuchlanganlik holatini hisobga olgan holda kon hududida kuchlanishlarni analitik hisoblash uchun chegara shartlari aniqlanadi. Konni qazib olishda, ayniqsa yakuniy bosqichlarda minimal kuchlanganlikni tavsiflovchi eng maqbul usul tanlanadi. Shuningdek shaxta maydoning o‘lchamiga qarab, tektonik blok yaqinidan qirqim o‘tkaziladi. Stvollar va stvol atrofi kon lahimlari joylashuvini shunday joylashtirish zarurki, ular yer qobig‘ining harakatlanuvchi yoriqlar zonasiga tushmasligi kerak, ayniqsa yoriq paydo bo‘lgan joylarda. Shakllangan yoriqlarni hisobga olgan holda, stvol va stvol atrofi kon laximlari joylashishi mumkin. Bunday kon laximlarni blok tuzilishini hisobga olgan holda tegilmagan kon massivida maksimal kuchlanganlik xolatlari ta’sir yo‘nalishi bo‘yicha o‘tish tavsiya etiladi. Geomexanik sharoitlar tahlili. Samarchuq konining geologik kesimida metamorfik jinslar, granitoyidlar, kvartslangan zonalar va rudali qatlamlar mavjud. Kon zonasi bo‘ylab yer osti kuchlanishlari notekis taqsimlangan bo‘lib, bu esa lokal siljishlar, yoriqlar va deformatsiyalar xavfini oshiradi. Jadval 1. Qatlamlar fizik-mexanik xossalari (o‘rtacha qiymatlar) Qatlam turi Yig‘ilish moduli (GPa) Ichki ishqalanish Birikish (MPa) burchagi (°) Kvarsli jins 38 35 2.1 Slanets 22 30 1.5 Rudali zona 25 28 1.3 61 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Gorizontal kuchlanishlar (σ , σ ) va vertikal kuchlanish (σ ) orasidagi nisbiy farq kon x y z ichidagi kuchlanganlik holatining asimmetrik ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa, rudali jinslar orasidagi kontakt zonalar past qattiqlik va yuqori deformatsiyalanuvchanlikka ega bo‘lib, bu joylar ko‘pincha noaniqlik manbai sifatida baholanadi. Kon bosim sharoitida xavfsiz qazib olish. Chuqur konlarda kon bosimi tufayli quyidagi salbiy holatlar yuzaga keladi: Lahim va kameralar devorlarining buzilishi; Qatlamlararo sirpanish; Mustahkamlagich materiallarini buzilish holatlari kuzatiladi. Kuchlanganlik deformatsiya kuzatilgan zonalari aniqlangandan so‘ng, qazib olish jarayoni ularni hisobga olgan holda rejalashtirilishi lozim. Ayniqsa, gorizontal kuchlanishlar vertikaldan katta bo‘lgan zonalarda, qazib olish bosqichma-bosqich va mustahkamlash usullar bilan birga olib borilishi tavsiya etiladi. Hozirgi vaqtda tog‘ jinslarini kon zarbasini prognoz qilishning ishonchli vositalari mavjud emasligi sababli, xavfsizlik talablari katta chuqurliklarda tog‘-kon ishlarini olib borishning samarali usullarini yaratish uchun o‘z vaqtida zaruriy choralar ko‘rilmasa, foydali qazilmani qazib olish jarayonining intensivligini sezilarli darajada pasayishi mumkin. Kon zarbasi mavjud bo‘lgan ruda konlarini qazib olishning asosiy qoidalari orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish kerak. 1. Qazib olish kovjoyining to‘g‘ri chiziqli joylashuvi bilan rudani seliksiz yoppasiga qazib olishni amalga oshirish, kon ishlarida kuchlanish konsentratsiyasini tarqalishini hisobga olmaganda; qazib olingan bo‘shliqni to‘liq to‘lg‘azma bilan to‘lg‘azish yoki shiftni qulatish. 2. Ruda tanasini oldinga siljitish yoki buzish yuli bilan qazib olish ishlari hududida kon bosimni kamaytirish, massivni qulatishda tayyorlovchi kon laximlarini tayanch bosim zonasidan tashqarida joylashtirish. 3. Atrof kon laximlaridagi tog‘ jinslarining elastik deformatsiyaga va potensial energiyaning ortiqcha zaxirasini to‘planish qobiliyatini fizik-mexanik xususiyatlarini o‘zgartirib, portlashda tebranishlar, suv xaydash, skvaji

Доказательный фрагмент

«Samarchuq oltin konining geologik va geomexanik xususiyatlari asosida kon bosimi ta’sirida optimal qazib olish variantlarini tanlash bo‘yicha geotexnik yondashuvlar, kon bosimining vertikal va gorizontal komponentlari…»

Образец извлечения

Демо-превью

Samarchuq oltin konining geologik va geomexanik xususiyatlari asosida kon bosimi ta’sirida optimal qazib olish variantlarini tanlash bo‘yicha geotexnik yondashuvlar, kon bosimining vertikal va gorizontal komponentlari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
darzdorliklar., turg‘unlik, kon laximi, tog‘ jinslari, kon bosimi, qazib olish usullari, qatlamlararo siljish, Samarchuq koni, geomexanika, kuchlanganlik, qazib olish tizimi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники