К содержанию
РецензированоUZ2026

KOMPYUTER DASTURLARIDA TARIXIY SHAXSIYAT TASVIRI: JALOLIDDIN MANGUBERDI OBIDASIGA TAKLIF LOYIHA MISOLIDA

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sherzod Shamuratovich Duschanov (in-academy.uz/index.php/yo) · Xorazm Ma’mun akademiyasi PhD doktoranti (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Jaloladdin Manguberdi maqbarasiniloyihalash uchun zamonaviy dasturlardan AutoCAD, 3ds MAX, Lumion kabiy dasturlardan foydalanish va Jaloladdin Mangubrdi xayoti bilan bog’liq ma’lumotlarni taklif loyiha bilan bog’lash haqida so’z boradi. Zamonaviy texnologiyalar hayotimizning deyarli barcha sohalariga kirib kelgan bir davrda, tarixiy shaxslar va ularning merosini yangi ko‘rinishda taqdim etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, kompyuter grafikasi, 3D modellash va vizualizatsiya dasturlari orqali tarixiy obidalar, shaxsiyatlar hayoti va ularning yodgorliklari aniq va jozibali shaklda aks ettirilmoqda. Ushbu maqolada buyuk sarkarda va vatanparvar qahramon Jaloliddin Manguberdi hayoti va uning tarixiy obidasi kompyuter dasturlarida tasvirlangani tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Zamonaviy komiyuter dasturlari, me’moriy obida, AutoCAD, 3ds MAX, Lumion, 3D format, vizual. Jaloliddin Manguberdi — tarix sahnasidagi so‘nggi sulton Jaloliddin Manguberdi (1199–1231) — Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori bo‘lib, tarixda jasorat, vatanparvarlik va qat'iyat ramzi sifatida tanilgan. U mo‘g‘ullarga qarshi olib borgan qahramonona kurashlari orqali nafaqat o‘z davrida, balki keyingi avlodlar qalbida ham chuqur iz qoldirgan. Uning jasoratini abadiylashtirish uchun yaratilgan obidalar va yodgorliklar bugungi kunda xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismiga aylangan. Kompyuter texnologiyalarining tarixiy merosni yoritishdagi o‘rni Axborot texnologiyalari, xususan AutoCAD, 3ds Max va Lumion dasturlari yordamida tarixiy yodgorliklarni vizual rekonstruksiya qilish — zamonaviy ta’lim, arxitektura va tarixiy tadqiqotlar uchun yangi ufqlarni ochmoqda. Bu dasturlar yordamida: - Obidalar 3D formatda tiklanadi; - Tarixiy muhitni virtual tarzda aks ettirish mumkin bo‘ladi; - Tomoshabinga vizual va estetik jihatdan boy material taqdim etiladi. Jaloliddin Manguberdi obidasi — 3D formatda yondashuv Mazkur loyiha doirasida AutoCAD dasturida Jaloliddin Manguberdi maqbarasining asosiy loyihasi ishlab chiqildi. So‘ngra, 3ds Max orqali obida 3D formatda modellashtirildi, uning hajmi, proporsiyalari va bezaklari aniqlik bilan aks ettirildi. Yakuniy bosqichda esa Lumion dasturi yordamida yoritish, muhit va animatsion effektlar orqali realistik ta’sir kuchaytirildi. Loyihada J. Manguberdining tug’ilgan-vafot etgan yili, ilk janga kirishgan yoshi, jang maydonida necha yil bo’lgani, Yoshi va hakazo ishlari asos qilib olingan. (1-rasm). 64 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo (1-rasm). Taklif loyiha. Umumiy ko’rinishi. Bu ish orqali tarixiy yodgorlik nafaqat statik rasm sifatida, balki virtual muhitda har tomonlama ko‘riladigan, o‘rganiladigan va baholanadigan ob'ektga aylandi. Loyiha: Jaloladdin Manguberdi yashab o’tgan davr arxitekturasiga mos ko’rinishda loyihalangan. (2-rasm). (2-rasm). Old-yon tarz va bosh reja loyihasi. 65 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Xulosa Tarixni faqat matnlar orqali emas, balki vizual, texnologik yondashuvlar bilan ham ifodalash zamonaviy yosh avlodni tarixga qiziqtirish, tarixiy merosni asrash va anglashda muhim vositaga aylanmoqda. Jaloliddin Manguberdi kabi tarixiy shaxsiyatlarning raqamli texnologiyalar orqali ifodalanishi ularning hayoti va faoliyatiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiradi. Kompyuter grafikasi yordamida ishlangan bunday loyihalar ilm-fan, ta'lim va madaniyat sohalarida katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Jaloladdin Manguberdi maqbarasiniloyihalash uchun zamonaviy dasturlardan AutoCAD, 3ds MAX, Lumion kabiy dasturlardan foydalanish va Jaloladdin Mangubrdi xayoti bilan bog’liq ma’lumotlarni taklif loyiha…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Jaloladdin Manguberdi maqbarasiniloyihalash uchun zamonaviy dasturlardan AutoCAD, 3ds MAX, Lumion kabiy dasturlardan foydalanish va Jaloladdin Mangubrdi xayoti bilan bog’liq ma’lumotlarni taklif loyiha… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Zamonaviy komiyuter dasturlari, me’moriy obida, Lumion, vizual., AutoCAD, 3ds MAX, 3D format
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники