Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY NEYRO O‘YINLAR ORQALI TALABALARDA AQLIY RIVOJLANISH VA O‘QUV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH
Nazirqulova Nodira G‘anijanovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
В настоящее время цифровые технологии широко используются в образовательном процессе. Особенно эффективно в развитии умственной активности, внимания, памяти и критического мышления студентов проявляют себя игры, основанные на нейротехнологиях (нейроигры). В данной работе рассматриваются современные виды нейроигр, их влияние на когнитивные способности студентов, а также интеграция в учебный процесс. В исследовании на основе экспериментов, наблюдений и анкетирования обоснована роль нейроигр в развитии учебной мотивации, способности к самостоятельному мышлению в проблемных ситуациях, быстрому и правильному принятию решений. Ключевые слова: нейроигры, умственное развитие, учебные компетенции, цифровое образование, инновационные технологии, критическое мышление. Annotation Nowadays, digital technologies are widely used in the educational process. In particular, games based on neuro technologies (neuro games) serve as an effective tool for developing key cognitive functions such as mental activity, attention, memory, and critical thinking in students. This thesis explores the types of modern neuro games, their impact on students' cognitive abilities, and their integration into the learning process. The research justifies the role of neuro games in enhancing students’ learning motivation, independent thinking in problem-solving situations, and the ability to make quick and accurate decisions, based on experiments, observations, and surveys. Keywords: neuro games, cognitive development, learning competencies, digital education, innovative technologies, critical thinking. Bugungi axborot asrida ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan raqamli texnologiyalarning qanchalik muvaffaqiyatli integratsiya qilinishiga bog‘liq. An’anaviy o‘quv vositalarining o‘rnini asta-sekin zamonaviy texnologiyalar, xususan, neyrotexnologiyalarga asoslangan raqamli o‘yinlar egallamoqda. Neyro o‘yinlar inson miyasining faoliyatini 75 stimulyatsiya qilish, ya’ni faollashtirish orqali aqliy (kognitiv) salohiyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi interaktiv vositalardir. Ushbu vositalar nafaqat ko‘ngilochar maqsadlarga xizmat qiladi, balki zamonaviy o‘quvchilarning bilim olish, fikrlash va qaror qabul qilish jarayonlarini ham faol tarzda qo‘llab-quvvatlaydi. Neyro o‘yinlar o‘z mohiyatiga ko‘ra psixologik va fiziologik bilimlarga asoslanadi. Ular inson miyasining turli funksiyalarini — diqqat, xotira, muammoli fikrlash, qaror qabul qilish, til va muloqot qobiliyatlarini — mashq qilishga mo‘ljallangan. Bu o‘yinlar odatda mobil ilovalar, kompyuter dasturlari yoki maxsus qurilmalar (masalan, EEG qurilmalari) orqali amalga oshiriladi. Ularning ba'zilari miyaning elektr signallarini o‘qish orqali real vaqt rejimida foydalanuvchi bilan interaktiv aloqani ta’minlaydi. Masalan, foydalanuvchi miyasining to‘lqin faolligiga qarab o‘yin xarakteri yoki murakkabligi avtomatik o‘zgaradi. Talabalar orasida neyro o‘yinlarning ommalashuvi tasodifiy emas. Birinchidan, bu o‘yinlar o‘quv jarayonini qiziqarli va interaktiv shaklga keltiradi, bu esa ta’limga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Ikkinchidan, neyro o‘yinlar orqali mashq qilingan kognitiv ko‘nikmalar — masalan, axborotni tezda tahlil qilish, muammoni anglash va to‘g‘ri qaror qabul qilish — real hayotdagi turli holatlarda qo‘llanilishi mumkin. Uchinchi jihat esa, bu o‘yinlar orqali o‘quvchilar o‘z o‘quv faoliyatini mustaqil ravishda boshqarishni o‘rganadi, ya’ni metakognitiv qobiliyatlar rivojlanadi. Zamonaviy ta’lim tizimi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangani sababli, neyro o‘yinlarning o‘quv kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni ayniqsa dolzarbdir. O‘quv kompetensiyalari — bu faqatgina bilim emas, balki uni amalda qo‘llash, yangi sharoitlarda ishlash, o‘z-o‘zini baholash va boshqalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritish qobiliyatidir. Neyro o‘yinlar talabalarda quyidagi asosiy kompetensiyalarni rivojlantiradi: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi – o‘yin davomida talaba katta hajmdagi axborotni tezda anglab, ajratib olishga o‘rganadi. Muammoli fikrlash kompetensiyasi – nostandart vaziyatlarda muammo yechimini izlash orqali mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmasi shakllanadi. Kommunikativ kompetensiya – ko‘p o‘yinchi (multiplayer) shaklidagi neyro o‘yinlar orqali muloqot, jamoaviy ishlash va fikr almashish malakasi rivojlanadi. Raqamli kompetensiya – raqamli vositalardan samarali foydalanish, ularni tushunish va boshqarish qobiliyati ortadi. O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi – o‘yin davomida o‘z natijalarini tahlil qilish, xatolar ustida ishlash, maqsad qo‘yish va unga erishish kabi metakognitiv ko‘nikmalar mustahkamlanadi. Bundan tashqari, neyro o‘yinlar o‘quvchilarda stressga qarshi chidamlilikni oshiradi. Ayniqsa, imtihon oldidan yoki og‘ir mavzularni o‘zlashtirish jarayonida bu o‘yinlar diqqatni jamlash va mantiqiy fikrlashni faollashtiradi. Shuningdek, talabalar ongini dam oldirish, emotsional zo‘riqishdan chiqib ketish, ruhiy barqarorlikni saqlash uchun ham neyro o‘yinlarda
Доказательный фрагмент
«В настоящее время цифровые технологии широко используются в образовательном процессе.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ настоящее время цифровые технологии широко используются в образовательном процессе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- neuro games, cognitive development, learning competencies, digital, neyro o‘yinlar, tanqidiy fikrlash., o‘quv kompetensiyalari, aqliy rivojlanish, raqamli ta’lim, innovatsion texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026