К содержанию
РецензированоUZ2022

SIRDARYO VILOYATI SHO‘RLANISHGA MOYIL TUPROQLARINING KIMYOVIY HOLATI

Eshonqulov M. A. · Norov B.N. · PSUYAITI Sirdaryo ITS

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2022

Аннотация

Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo tumanlarining sho‘rlanishga moyil eskitdan o‘zlashtirilgan och tusli bo‘z tuproqlarining kimyoviy tarkibi,sho‘rlanish darajalari keltirilgan. Tadqiqotning dolzarbligi. So‘ngi yillarda inson omili ta’sirida dunyoda qishloq xo‘jaligi yerlarining 34 foizi degradatsiyaga, eroziyaga uchrashi, oziqa moddalar zaxirasi kamayishi va sho‘rlanish darajasi ortishi kuzatilmoqda. Bu jarayonlar shu zaylda davom etishi oqibatida 2050 yilga kelib 90 foiz maydon tuproqlari turli darajada ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha degradatsiyadan ko‘rilayotgan yillik zarari 490 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Yuzdan ortiq mamlakatlarda 2,6 mlrd. odam tuproq degradatsiyaga uchrashi va cho‘llanish ta’siridan aziyat chekmoqda. Qolaversa, yaylovlarning taxminan 73 foizi, lalmi yerlarning 47 foizi hamda sug‘oriladigan ekin maydonlarining salmoqli qismi degradatsiyaga uchragan. Bugun mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi yerlari holatini yaxshilash hamda tuproq xossa va xususiyatlarini maqbullashtirish, tuproq unumdorligini cheklovchi omillarni aniqlash, xususan, tuproq resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, sohani raqamlashtirish masalalariga ham davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Oxirgi yillarda bu borada huquqiy asos yaratilib, ko‘plab farmon va qarorlar qabul qilingani va ular asosida muayyan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Mazkur yo‘nalishda Prezidentimizning 2022 yil 10 iyundagi “Erlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2022 yil 25 martdagi “Paxta maydonlarida tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu hujjatlarda respublikadagi sho‘rlangan tuproqlar maydonini 2026 yilga qadar 120 ming gektarga kamaytirish, sifati 61 balldan past bo‘lgan 450 ming gektar tuproq unumdorligini yaxshilash, agroklaster va fermer xo‘jaliklariga qarashli bo‘lgan 1 mln. gektar ekin maydonlarida “Tuproq klinikasi” xizmatlarini ko‘rsatish, tuproqdagi gumus miqdori bir foizgacha bo‘lgan maydonlarni 1,1 mln. gektarga kamaytirish, degradatsiyaga uchragan yaylov maydonini 1,8 mln. gektarga tushirish va 26 ming gektar maydonda ixotazorlar barpo etish ustuvor vazifa etib belgilangan. Respublikamiz miqyosida o‘tkazilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijasida jami 2 mln 418,8 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlarining 1 mln 743,6 ming (72,1%) turli darajada sho‘rlanganligi, shunldan 930 ming gektar (38,4%) kuchsiz darajada, 550,5 ming gektar (22,8%) o‘rtacha, 149,5 ming gektar (6,2%) kuchli va 113,6 ming gektar (4,7%) juda kuchli darajada sho‘rlanganligi aniqlangan. Jumladan Sirdaryo viloyatida jami 266,7 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlaridan 211,4 ming gektar (79,3%) turli darajada sho‘rlangan, shundan 39,8% kuchsiz, 30,4% o‘rta, 6,4% kuchli va 2,7% juda kuchli darajada sho‘rlanganligini aniqlashgan [1]. 78 Sho‘rlanish tipiga ko‘ra, sizot suvlari barcha holatlarda sulfatli, kationlar kesimida (kalsiyli-magniyli) ayrim kesmalarda natriyli-magniyli sho‘rlanish tiplari uchragan. Viloyatda sug‘orish uchun ariq suvlariga qo‘shimcha sifatida kollektor suvlaridan foydalanish tufayli ikkilamchi sho‘rlanish kuchayotganligi kuzatilgan [2]. Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar tarkibida gumus va oziqa moddalari bilan kam ta’minlangan. Haydalma qatlamdagi gumus 0,6-0,8%, ayrim joylarda 1,0% ni tashkil etadi. Quyi qatlamlarda esa 0,2-0,4% gacha kamayadi. Gumus miqdoriga bog‘liq ravishda umumiy azot ham juda kam. Mexanik tarkibiga ko‘ra bu tuproqlar o‘rta va yengil qumoqlardan, ayrim hollarda esa qumloqlardan iborat [3]. Sirdaryo viloyati tuproq sharoitlari. Sirdaryo viloyatining ma’muriy chegarasidagi umumiy yer maydoni 427,6 ming gektarni, shundan sug‘oriladigan yerlar esa 287,2 ming gektarni tashkil etadi. Shundan 213,7 ming gektari kuchsiz, 59,9 ming gektar o‘rtacha va 5,4 ming gektar maydon kuchli sho‘rlanish darajasiga kiradi. Viloyat hududida gidromorf va yarim gidromorf tuproqlar keng tarqalgan. Sirdaryo viloyatining sug‘oriladigan tuproqlari och tusli bo‘z, o‘tloqi-bo‘z, bo‘z-o‘tloqi tuproqlardan iborat. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar viloyat umumiy maydonining 13,2 %ni tashkil etib, asosan Guliston, Sayxunobod va Sirdaryo tumanlarida tarqalgan. Sug‘oriladigan och tusli o‘tloqi bo‘z tuproqlarda yer osti suv satxi kuchli o‘zgarib turadi, asosan kuchsiz va o‘rtacha darajada sho‘rlangan. Tajriba maydoni tuproqlari qatlamlar bo‘yicha namuna olinib, tuproqdagi gips miqdori o‘rganilganda quyidagi natijalar olindi (jadval). jadval Tajriba maydonining tuproqlarida gips miqdori tahlili natijalari Namuna olingan Кesma, № SO4 % Gips miqdori qatlam, sm 0-30 3,932 Kuchsiz 31-60 3,423 Kuchsiz 1 61-90 4,607 Kuchsiz 91-120 9,006 Gips bor 0-30 4,256 Kuchsiz 31-60 4,607 Kuchsiz 2 61-90 5,117 Kuchsiz 91-120 11,375 Gips bor 0-30 3,208 Kuchsiz 31

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo tumanlarining sho‘rlanishga moyil eskitdan o‘zlashtirilgan och tusli bo‘z tuproqlarining kimyoviy tarkibi,sho‘rlanish darajalari keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo tumanlarining sho‘rlanishga moyil eskitdan o‘zlashtirilgan och tusli bo‘z tuproqlarining kimyoviy tarkibi,sho‘rlanish darajalari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ming gektar, sug oriladigan, sho rlanish, darajada sho, och tusli, kuchsiz kuchsiz, turli darajada
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники