American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
SUNʼIY INTELLEKT ASARLARI UCHUN HUQUQIY HIMOYA INNOVATSIYALARI VA NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI · Shomurodov Sanjar Ilhomovich
Talqin va tadqiqotlar · 46 · 2026
Аннотация
Sunʼiy intellekt (SI) tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar hajmi va murakkabligi ortib borayotgani anʼanaviy mualliflik huquqi modelining yetishmovchiligini yuzaga chiqarmoqda. Mazkur maqola SI mahsulotlari uchun innovatsion huquqiy himoya yondashuvlarini tahlil qiladi hamda Integratsiyalashgan shartli huquqiy himoya (IShHH) modelini taklif etadi. Yangi model inson ijodi va SI mahsulotlari oʻrtasida muvozanatni taʼminlash, Oʻzbekiston va xalqaro tajribalarni uygʻunlashtirish imkonini beradi. Kalit soʻzlar: Sunʼiy intellekt, mualliflik huquqi, SI mahsulotlari, huquqiy himoya, vakil-inson modeli, “datasets”, yaratuvchilik boshqaruvi, IShHH modeli, shartli huquqiy maqom, Oʻzbekiston qonunchiligi, xalqaro standartlar, intellektual mulk huquqi. Kirish. Soʻnggi yillarda sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida inson ishtirokisiz yoki minimal inson aralashuvida yaratilayotgan mahsulotlar va asarlar hajmi misli koʻrilmagan darajada ortib bormoqda. Sanʼat, adabiyot, dizayn va boshqa kreativ sohalarda SI tizimlari tomonidan yaratilgan kontentlarning xilma-xilligi hamda texnik murakkabligi koʻplab yangi huquqiy savollarni yuzaga chiqaryapti. J.C. Ginsburg “Bu holat mavjud mualliflik huquqi tizimining imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazmoqda, chunki anʼanaviy yondashuvlarda asosan insonning ongli ijodiy ishtiroki asosiy mezon sifatida koʻriladi”, deydi [1; B. 8]. Bugungi huquqiy tizimlar inson yaratuvchiligiga tayanadi va inson ijodi natijasida vujudga kelgan mahsulotlargina mualliflik huquqi doirasida huquqiy himoya ostiga olinadi. Biroq SI tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar — rasm, matn, musiqiy asarlar, grafikalar va boshqa kontentlar — inson aralashuvi minimal yoki umuman boʻlmagan holatlarda ham yaratilyapti. Natijada, bu mahsulotlarning huquqiy maqomi, mualliflik huquqi doirasidagi himoyasi va undan kelib chiqadigan mulkiy hamda nomulkiy huquqlarning taqsimlanishi murakkab muammoga aylangan [3; B. 511]. Xalqaro va milliy darajada SI mahsulotlarining huquqiy maqomini belgilash va ularni tartibga solishga oid muammolar tobora dolzarb tus olgan. Ayrim mamlakatlarda, masalan AQShda, SI mahsulotlariga nisbatan faqat inson tomonidan qoʻshilgan ijodiy hissa himoya qilinishi belgilangan boʻlsa, boshqa yurisdiksiyalarda ~ 59 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 9(67) bu masala hali toʻliq yechimini topmagan [4; B. 5]. Yevropa Ittifoqining amaldagi normativ-huquqiy bazasi, xususan “Database Directive” kabi hujjatlar zamonaviy SI mahsulotlarining oʻziga xos xususiyatlarini toʻliq qamrab olmaydi [6; B. 4]. Mazkur maqolaning asosiy maqsadi — SI mahsulotlari uchun samarali va adolatli huquqiy himoya mexanizmlarini tahlil qilish hamda innovatsion yechim sifatida Integratsiyalashgan shartli huquqiy himoya (IShHH) modelini ishlab chiqishdan iborat. Taklif etilayotgan model orqali SI mahsulotlari inson aralashuvi darajasiga qarab farqlangan shartli huquqiy maqom ostiga olinishi mumkin. Uslubiyat. Mazkur tadqiqot zamonaviy huquqiy muammolarni chuqur tahlil qilishga qaratilgan boʻlib, asosan kompleks yondashuv asosida amalga oshirildi. Dastlab, normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Xususan, AQSh, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, hamda soʻnggi yillarda eʼlon qilingan rasmiy tavsiyalar oʻrganildi. Jumladan, AQSh Mualliflik huquqi idorasi tomonidan ishlab chiqilgan sunʼiy intellekt mahsulotlariga oid rasmiy koʻrsatmalar [4; B. 5], Yaponiyaning 2022-yildagi “Intellectual Property Strategic Program” hujjati [5], shuningdek, Oʻzbekistonda qabul qilinayotgan yangi qonun loyihalari tahlil qilindi. Tadqiqotning yana bir muhim metodologik jihati huquqiy-nazariy yondashuv hisoblanadi. Bunda SI mahsulotlarining huquqiy maqomini belgilashga oid uchta asosiy model — “Yordamchi ijodkorlik” (Assisted Creativity), “Avtonom ijodkorlik” (Autonomous Creativity) va “Tartibga solinmagan ijodkorlik” (Unregulated Creativity) konseptlari asosida huquqiy mezonlar va himoya mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilindi [1; B. 8; 2; B. 7]. Shuningdek, tadqiqotda SI faoliyatining asosi hisoblangan maʼlumotlar bazalari — “datasets” tushunchasi va ularning huquqiy maqomi alohida oʻrganildi. Bu borada Yevropa Ittifoqining “Database Directive” normalari [6; B. 4], shuningdek, T. Skassaning “datasets” ustidan nazorat va boshqaruvni kuchaytirishga doir ilmiy takliflari asos qilib olindi [7; B. 137]. Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunining 27-1-moddasi va milliy maxfiylik talablariga alohida eʼtibor qaratildi. Amaliy tajriba sifatida esa sunʼiy intellekt mahsulotlariga oid global voqealar, milliy qonunchilikdagi tendensiyalar va xalqaro huquqiy hamjamiyatda shakllanayotgan innovatsion yondashuvlar oʻrganildi. Jumladan, “Leonardo AI”, “DALL-E 3”, “Midjourney” kabi ilgʻor SI tizimlari asosida yaratilgan asarlarning huquqiy maqomi va ularni tartibga solishga oid xalqaro bahs-munozaralar misol tariqasida ta
Доказательный фрагмент
«Sunʼiy intellekt (SI) tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar hajmi va murakkabligi ortib borayotgani anʼanaviy mualliflik huquqi modelining yetishmovchiligini yuzaga chiqarmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюSunʼiy intellekt (SI) tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar hajmi va murakkabligi ortib borayotgani anʼanaviy mualliflik huquqi modelining yetishmovchiligini yuzaga chiqarmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mualliflik huquqi, huquqiy himoya, sunʼiy intellekt, shartli huquqiy, yaratilayotgan mahsulotlar, huquqiy maqomi, tomonidan yaratilayotgan
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016