К содержанию
РецензированоUZ2026

BADIIY MATNDA MUALLIF NUTQI NEOLOGIZMLARINING STRUKTUR-SEMANTIK TADQIQI (FARIDA AFRO‘Z VA NODIRA NAZAR IJODI MISOLIDA)

IJODI MISOLIDA) · Ibragimova Shoira Normuminovna · Nodira Nazar.

Talqin va tadqiqotlar · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining ikki yorqin vakili – Farida Afro‘z va Nodira Nazar ijodida uchraydigan muallif nutqi neologizmlarining struktur-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda qiyosiy- tahliliy, lingvistik, struktural-tipologik metoddan foydalanilgan. Lingvopoetik yondashuv asosida ularning grammatik shakllanishi, semantik yuklamasi va poetik funksiyasi o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: neologizm, muallif nutqi, stilistika, zamonaviy poeziya, Farida Afro‘z, Nodira Nazar. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida muallif nutqi neologizmlarning ahamiyati ortib bormoqda. Bunday birliklar ijodkorning ichki dunyosini, tafakkur tarzi va hissiy olamini til vositasi orqali ifodalashga xizmat qiladi. Badiiy asarda uslubiy-estetik vazifa bajarishdagi imkoniyatiga ko‘ra individual nutq neologizmlari yuqoriroq mavqe egallaydi. Bu borada Ma’ruf Yo‘ldoshev shunday yozadi: “Yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan neologizmlar vaqti-vaqti bilan tilda paydo bo‘lib tursada, badiiy matn uchun ko‘p ham ahamiyatli emas. Badiiy matn uchun ijodkorning o‘zi tomonidan badiiy niyatini ifodalash maqsadi bilan yasalgan, yaratilgan individual neologizmlar estetik qiymatga molikdir” Tadqiqotchi D.Shodmonova til/nutq/me’yor hamda individual birliklar munosabati haqida fikr bildirib, til uchun har bir ijodkorning individual uslubi xarakter kasb eta olishini aytadi. “O‘zbek she’riyatida, – deb yozadi tadqiqotchi, – an’anaviy poetik leksika tarkibida qaraluvchi ko‘plab birliklar adabiy til uchun me’yor sanalmaydi. Masalan, adabiy me’yor chizig‘idan tashqarida deb qaraluvchi, biroq she’riy nutqda faol uchraydigan qator birliklar borki, bu umumiylik sifatidagi adabiy tilni xususiylik sifatidagi she’riy nutqqa zid qo‘yadi”. Individual-uslubiy neologizmlarning paydo bo‘lishi quyidagi sabablar bilan bog‘liq: favqulodda so‘z yaratishga bo‘lgan ehtiyoj natijasi o‘laroq vujudga kelgan individual-uslubiy neologizmlar; she’riyatda qofiyani ta’minlash maqsadi bilan yuzaga kelgan individual uslubiy neologizmlar; she’riy ritmni ta’minlash maqsadi bilan yuzaga kelgan individual-uslubiy neologizmlar va h.k.z ~ 51 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 9(67) Shu xususda, Farida Afro‘zning “Bilsang edi” she’rida qofiyani ta’minlash maqsadida yaratilgan individual neologizm kuzatiladi: So‘ngra, so‘ngra esa ketar edik, sochlarimdek tun oralab/ Ketar edik bu dunyoni boshdan oyoq ovoralab... Muallif birinchi misralardagi oralab so‘ziga ikkinchi misrada shunga semantik-struktur jihatdan hamohang ovoralab so‘zini qo‘llashni ma’qul ko‘radi. Shoirlar qofiya vositasida kitobxonni she’rdagi asosiy fikrga yetaklaydi. Mazkur holatni ikki jihat bilan baholash mumkin: 1) til lug‘at qatlamida mavjud so‘zga hamohang – ohangdosh so‘zning yo‘qligi bois sun’iy so‘z yaratish; 2) muayyan bir mavjud qofiyadosh so‘zga ko‘na qolmay, yangi, ohorli (nutqiy) so‘z yaratishga bo‘lgan havasning ustunligi. Farida Afro‘z she’riyatidan yana bir misol: Tozarmoq istasang, sevgiga yukin, Muhabbat suvin sep, qaqroq dunyongga. Tozarmoq- tozalanmanmoq, toza bo‘lmoq so‘zlarining sun’iy qisqartirilgan shakli. Bu yerda soddalanish mahsuli sifatida hosil bo‘lgan individual-uslubiy neologizmni ko‘rishimiz mumkin. Soddalanish asosida yuzaga keladigan individual-uslubiy neologizmlarning she’riyatdagi ko‘rinishi ikki omil: shakliy-mazmuniy qisqarish yoki ellipsis hodisasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Favqulodda so‘z yaratishga bo‘lgan ehtiyoj natijasi o‘laroq vujudga kelgan individual-uslubiy neologizmlar. Badiiy niyatini ifoda etish, voqelik va tasvirni yorqinroq ifoda etish, qalb kechinmalaridagi ruhiy tug‘yonlarni yuzaga chiqarish, mavjud holatga o‘quvchini ishontirish, estetik zavq ulashish uchun mavjud so‘zlardan ham to‘laqonliroq ifodaga ega so‘z qidiradi, bu ayni haqiqat. Fransuz adabiyotshunosi R.Bartning so‘zlari bilan aytadigan bo‘lsak, “agar asarlarda faqat lug‘atlarda qayd etilgan muayyan bir so‘lar va ma’nolar bilangina ish ko‘rilsa edi, badiiy adabiyot ham bo‘lmas edi” Favqulodda so‘z yaratishga bo‘lgan ehtiyoj natijasi o‘laroq vujudga kelgan neologizmlar ikki omil bilan belgilanadi. Birinchidan, individual-uslubiy neologizmlar kitobxonga estetik zavq ulashish maqsadi bilan – subyektiv omil bilan yaratiladi. Ikkinchidan, ijodkor mavjud so‘z boyligiga qanoat qila olmasligi mahsuli sifatida paydo bo‘ladi. Masalan, Nodira Nazarning ijodidan kuzatamiz, Aybdorman, shunchalar gunohkorman men… Sen men deb sarg‘aygan umringga qara. Yo‘g‘asam, osmonga oyday osilgin, Men yashay zaminning sochlarin tarab. Nodira Nazar yo‘g‘asam so‘ziga e’tibor bering, bu so‘z bo‘lmasam, yoki bo‘lmasa so‘zlari o‘rnida ishlatilgan hamda badiiylikni bo‘rttirib ifodalashga xizmat qilgan. Quyida keltirilgan yukundim so‘zi ham shunday neologizmlardan biridir: Opa, ona bo‘lolmading, onamdan keyin, Yukundim, yugurdim, chopdim yoningga. Individual-uslubiy neologizmlarning tarkibiy tuzilishini quyidagicha tasniflash mumkin: ~ 52 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Fact

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining ikki yorqin vakili – Farida Afro‘z va Nodira Nazar ijodida uchraydigan muallif nutqi neologizmlarining struktur-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining ikki yorqin vakili – Farida Afro‘z va Nodira Nazar ijodida uchraydigan muallif nutqi neologizmlarining struktur-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
farida afro, yaratishga lgan, individual-uslubiy neologizmlar, nodira nazar, muallif nutqi, she riy, individual-uslubiy neologizmlarning
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники