К содержанию
РецензированоUZ2024

BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA XORIJIY TILNING AHAMIYATI

Abduraufova Gulbahor Oʻtkirbek qizi

Talqin va tadqiqotlar · 2024

Аннотация

bugungi kun talablaridan biri boʻlgan ingliz tilini oʻqitishga katta eʼtibor qaratilmoqda, uning barkamol avlod tarbiyasidagi oʻrni haqida fikr- mulohazalar oʻz aksini topgan. Annotation: one of the requirements of today is that a lot of attention is paid to the teaching of the English language reflected in the feedback on its role in the upbringing of the harmonious generation. Kalit soʻzlar: chet tillar, xorijiy tillar, barkamol avlod, hozirgi kunda, taʼlim muassasalari. Keywords: foreign languages, harmonious generation, nowadays, educational institutions. Kirish. Mamlakatimizda soʻnggi yillarda chet tillarni oʻrganish va oʻrgatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunga 2024 yil 2-fevraldagi PQ-53-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-son qarori yaqqol misol boʻla oladi. Jahonga yuz tutayotgan hamda jahon hamjamiyatida oʻz oʻrniga ega boʻlib borayotgan mamlakatimiz yoshlari kelgusida mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishlari, shuningdek, ilm-fan sohasidagi yutuqlardan samarali foydalana olishlari va kelgusida jahon intellektual mulkidan doimiy ravishda boxabar boʻlib turishlari uchun ham chet tillardan birini yanada yaxshiroq va puxta egallashlari lozimligi mazkur qarorda oʻz aksini topgan. Hozirgi kunda biz yashayotgan zamonaviy jamiyatni keng qamrovli xalqaro aloqalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Shunday ekan, inson oʻz ona tilidan tashqari, yana bir chet tilini bilishi esa bugungi kunda nafaqat madaniyat, balki, iqtisodiyot talabi hamdir. Hozirgi kunda jamiyatda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar, xalqaro aloqalarning kengayishi, tashqi iqtisodiy maydonga kirib borish chet tillarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishni kuchaytirdi. Barkamol avlod – bu nafaqat jismoniy sog‘lom, balki ma’naviy yetuk, zamonaviy bilimlarga ega, keng dunyoqarashli va raqobatbardosh yosh avlodni anglatadi. Bugungi ~ 44 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 9(67) globallashuv davrida xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini o‘rganish barkamol avlodni tarbiyalashda muhim omillardan biridir. Xorijiy tilning barkamol avlod tarbiyasidagi asosiy ahamiyati: Ilm-fan va texnologiyalarga ochiq eshik: – Xorijiy tillarni bilgan yoshlar dunyodagi ilg‘or ilmiy manbalar, darsliklar, maqolalar va texnologik yangiliklardan bevosita foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa ularning bilim doirasini kengaytiradi. Madaniyatlararo muloqot va tolerantlik: – Xorijiy tilni o‘rganish orqali o‘quvchilar boshqa xalqlar madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlari bilan tanishadi. Bu esa ularda hurmat, bag‘rikenglik va ochiqlikni shakllantiradi. Raqobatbardosh kadr bo‘lish imkoniyati: – Mehnat bozorida xorijiy tilni biladigan yoshlar doimiy talabga ega. Ular xorijiy kompaniyalarda ishlashi, xalqaro loyihalarda ishtirok etishi yoki chet elda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ijodkorlik va mustaqil fikrlashni rivojlantirish: – Til o‘rganish – bu nafaqat lug‘at yodlash, balki mantiqiy fikrlash, eslab qolish va tahlil qilish qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Xorijiy tilda yozish va fikr bildirish yoshlar ijodiy salohiyatini kuchaytiradi. Milliy taraqqiyotga hissa qo‘shish: – Chet tillarni bilgan yoshlar xalqaro maydonda O‘zbekistonni munosib tarzda tanitish, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish orqali milliy taraqqiyotga hissa qo‘shadilar. Bizning oʻzbek xalq maqollarida shunday deyiladi: “Ish bilganga oʻn tanga, til bilganga ming tanga”, “Til bilgan – el bilar” chunki, til bilgan kishi bir qancha imkoniyatlarga ega boʻladi va oʻsha tilda bilimlar xazinasi oʻz eshiklarini ochadi. Bu esa, oʻz navbatida uning dunyoqarashining kengayishiga, komil inson boʻlib yetishishiga xizmat qiladi, hamda oʻzi uchun bir qancha yangiliklar kashf etadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda mamlakatimizdagi barcha taʼlim muassasalarida taʼlimni rivojlantirishning muhim shartlaridan biri sifatida yosh avlodga xorijiy tillarda aloqaga kirisha olish malakasini shakllantirishga eʼtibor qaratilmoqda. Aytish mumkinki, chet tilini oʻrganishdan asosiy maqsad – barkamolavlodni kommunikativ malakalarini shakllantirish va rivojlantirish, chet tilini amaliy oʻzlashtirishga qartilmoqda. Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan xorijiy tillarni oʻqitilishi va oʻrgatilishi borasida yaratilib berilayotgan shart-sharoitlar buning yorqin namunasidir. Yana shuni ham alohida taʼkidlab oʻtish joizki, bunday sharoitlarning yaratilishi ayni paytda xorijiy tillarni oʻrganuvchilardan qatʼiy sabr va matonatni, shuningdek, soxa mutaxasislaridan esa yuksak mahorat, tajriba va izlanuvchanlikni talab etadi. Har bir tilning oʻziga xos tomonlari mavjud boʻlib, bu oʻziga xoslikni oʻquvchi tinglovchiga qay darajada, qanday yetk

Доказательный фрагмент

«bugungi kun talablaridan biri boʻlgan ingliz tilini oʻqitishga katta eʼtibor qaratilmoqda, uning barkamol avlod tarbiyasidagi oʻrni haqida fikr- mulohazalar oʻz aksini topgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

bugungi kun talablaridan biri boʻlgan ingliz tilini oʻqitishga katta eʼtibor qaratilmoqda, uning barkamol avlod tarbiyasidagi oʻrni haqida fikr- mulohazalar oʻz aksini topgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
foreign languages, harmonious generation, nowadays, educational
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники